O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. N. Spaykmen dunyoni qanday qismlarga bo‘lgan?
2. N. Spaykmen ishlab chiqqan davlat geosiyosiy qudratini ta’minlovchi
mezonlar to‘g‘risida gapirib bering.
3. «O‘rta okean tushunchasi»ning mohiyati haqida so‘zlab bering.
4. N. Spaykmen ikkinchi jahon urushidan so‘ng qaysi davlatning mavqeyi
oshib borishini bashorat qilgan edi?
50-§. GEOSIYOSATDA KONTINENTAL YO‘NALISH
Geosioyatdagi kontinental yo‘nalish Angliya—Amerika yo‘na-
lishidan farq qilib, mintaqaviy xususiyatga ega.
Fransiyalik olim 
J. Gottman
kommunikatsion nazariya asos-
chisi hisoblanadi. Uning fikricha, faqat kommunikatsiyalar jara-
yonidagina makonning tabaqalanishi yuz beradi. Ushbu tabaqala-
nishning markazlari bo‘lib shaharlar, davlatlar, madaniyatlar (sivi-
lizatsiyalar) xizmat qiladi. Ammo mazkur jarayon bir yo‘nalishda
sodir bo‘lmaydi, monarxiyalardan so‘ng mintaqaviy bo‘linish,
undan keyin yangi shakldagi birlashmalar vujudga kelishi mumkin.
Birlashish, parchalanish geosiyosiy makonning rivojlanishini aks
ettiradi.
133
!
?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yevrosiyoda katta muqobil makonlarning mavjudligi bu yerda
siyosiy mustaqil, etnomadaniy o‘zlikni anglash, g‘oyaviy va dunyo-
viy qarashlarni aniqlashda erkinlikni saqlab qolishga imkon beradi.
Aynan mana shu jihatlar Rossiyani Germaniyadan, o‘z nav-
batida AQSh yoki Angliyadan ajratib turadi.
Kontinental yo‘nalishning «kontinental blok» nazariyasi asos-
chisi Karl Xausxofer hisoblanadi.
K. Xausxofer davlatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi uning
o‘z hayotiy makonini kengaytirishga qaratilgan kurashi hisoblana-
di, deb ta’kidlagan. Bunga u qo‘shni, asosan, kichik davlatlarni
bosib olib, o‘ziga qo‘shish hisobiga erishishi mumkinligini asoslab
bergan.
Xausxofer Germaniya qo‘shni davlatlar ustidan hukmdor bo‘li-
shi kerak deb hisoblagan. Uning kontinental bloki yoki geosiyosiy
o‘qi Berlin—Moskva—Tokio yo‘nalishiga ega edi. U Rossiya va
Yaponiya bilan tuzilgan ittifoq dengiz davlatlari strategiyasini tutib
turuvchi kuch deb hisoblardi. Mana shu maqsadga erishish yo‘lida
Xausxofer va uning safdoshlari «katta makon» konsepsiyasini ish-
lab chiqdilar.
Xausxofer AQShning G‘arb—Sharq yo‘nalishidagi geosiyosiy
muammolarini ochib berdi.

Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish