Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

 
5.3. Osiyo menejment uslubi 
 
Osiyo menejment uslubi g‘arbiy menejmentdan farq qiladi va 
quyidagi xarakterli xususiyatlarga ega: 

turli “yumshoq” tuzilmalarga urg‘u berish, bunda firmalararo 
munosabatlar tegishli kelishuvlarni tuzish bilan rasmiy asosda emas, balki 
kompaniya rahbarlarining ishonchi, o‘zaro tushunishi, qardoshlik va 
do‘stona munosabatlar asosida olib boriladi; 


123 

menejerlarning yuqori ta’lim darajasi, ularning malakasini 
muntazam oshirish; bo‘ysunuvchilarning rahbarlar bilan munosabatlarida 
g‘amxo‘rligi; 

kompaniyalar strategik rejalarining muvaffaqiyatiga ishonish va 
sheriklarning bir-biriga ishonchi

firmani rivojlantirish umumiy maqsadiga qo‘shma hissa qo‘shish 
muhimligini tushunish.
Masalan, Yaponiya va Janubiy Koreyada kompaniyalar kishilarga 
faqat bandlik va daromadni ta’minlab qolmay, balki o‘zini namoyon 
etishga imkoniyat yaratadi, jamiyatda ma’lum o‘rinni egallashga 
ko‘maklashadi, ya’ni mehnatni motivlashtirishni o‘zgartiradi. Yapon 
firmalarida iqtidorli mutaxassisga uning g‘oyalarini rivojlantirish va 
hayotga tatbiq etish uchun maxsus departament tashkil qilingan, firma esa 
muvofiq tarzda o‘z faoliyat doirasini o‘zgartirgan yoki kengaytirgan hollar 
ma’lum.
Bu mamlakatlarda boshqaruv samaradorligi asosida do‘stona va 
jipslashgan jamoalarni tuzish yotadi. Ular mehnatni tashkil qilish va ishlab 
chiqarish munosabatlari rasmiy va norasmiy omillarini qo‘shish, 
menejment ratsional usullarini Shimoliy Amerika tipidagi individualistik 
madaniyatdan farqli holda faqat rahbarlarning ishonchi va o‘zaro 
tushunishiga asoslangan irratsional firmalararo aloqalar bilan qo‘shib 
uyg‘unlashtirish yordamida tashkil qilinadi. 
Yapon menejmenti uslubining Amerikanikidan tubdan farqlanishiga 
misol bo‘lib, ishga oid masalalarni sekin, ularning mohiyatiga asta-sekin 
yaqinlashib, muhokama qiluvchi Yapon tadbirkorlarining muzokaralar 
o‘tkazish odatini keltirish mumkin. Ular avval sheriklar o‘rtasida o‘zaro 
tushunish va ishonchga erishishga, so‘ngra asosiy muammolarni 
muhokama qilishga harakat qiladi. Shu bilan birga, munosib sheriklar 
o‘rtasidagi muzokaralarga huquqshunoslar jalb qilinmaydi. 
Mehnatni tashkil qilish va ishlab chiqarish munosabatlari bo‘yicha 
g‘arbiy mutaxassislar o‘n yillab Osiyo, xususan, Yapon menejmenti 
uslubini o‘rganadilar. 
Unga bo‘lgan qiziqish hozirda ham susaymagan. Xususan, 1999-yil 
avgustda “Ekonomist intillidjens yunit” tadqiqot markazi chop etgan 
obzorga binoan “Nissan”, “Toyota”, “Xonda” Yapon avtomobillarini 
ishlab chiqaruvchilar yiliga bir ishchiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar 
soni bo‘yicha birinchi o‘nlikka kirgan. Masalan, Buyuk Britaniyadagi 
“Nissan” kompaniyasi zavodi yiliga bir ishchiga 105 avtomobil ishlab 
chiqaradi, Yevropada o‘rtacha unumdorlik 52 avtomobilni tashkil qiladi. 


124 
Yapon menejment uslubini o‘rganish asosida Yapon menejmenti 
amaliyotiga quyidagi namunaviy chora-tadbirlar kiradi degan xulosaga 
kelish mumkin: 
– firmaning barcha xodimlari uchun ertalabki badantarbiya; 
– ish vaqtida maxsus kiyim; 
– har kuni konsensus usuli bilan qaror qabul qiluvchi rahbarlar 
majlisi; 
– kompaniyaga sodiqlikni unda ishlash sharti sifatida tarbiyalash
– ishchi va xizmatchilarning ish vaqtidan tashqari ishlashga tayyorligi 
bilan ishdagi muvafaqqiyatlari uchun albatta mukofotlash; 
– ishchilar, menejerlar, kompaniya rahbarlaridan iborat “sifat 
to‘garaklari” va “nol defektlar” guruhlarining amal qilishi (bu to‘garaklar 
va guruhlarning maqsadi – firma normal faoliyati uchun to‘siqqa aylangan 
maxsus muammoni hal qilish); 
– rahbarlar va ishchilar uchun bitta oshxona va kompaniyaning barcha 
xodimlari uchun “oilaviy” norasmiy ovqatlanishlar; 
– departament rahbarlarida kabinet yo‘qligi, ular bo‘ysunuvchilarga 
mehnatsevarlikni namoyish qilish uchun o‘z ish joyini ular bilan umumiy 
xonada joylashtirishni istaydilar; 
– mehnatga haq to‘lash va xizmat martabasining ko‘tarilishida asosiy 
omil bo‘lib firmadagi ish staji hisoblanadi; 
– ishga umrbod yollash; 
– rahbarlarning bo‘ysunuvchilar bilan odobli muomala qilishi; 
– katta omborxonalardan qutulish va firma xodimlarini intizomga 
o‘rgatish imkoniyatini beruvchi aniq muddatda yetkazib berish amaliyoti; 
– ishlab chiqarish jarayonida tanaffuslarni iloji boricha kamaytirish
– ishchi va xizmatchilar nafaqaga chiqqanidan so‘ng ularning barcha 
oila a’zolariga pensiya nafaqasini to‘lash. 
Yaponiyada ishlab chiqarishni va mahsulot sotishni tashkil etish 
xususiyatlariga “sogo shosha” savdo uylari va 
subyetkazib 
beruvchilarning katta rolini kiritish mumkin. Ikkinchi jahon urushidan 
so‘ng “sogo shosha” tizimi Yaponiyada sanoatning tez tiklanishi va uning 
dunyo yetakchilaridan biri darajasigacha zamonaviylashtirilishiga yordam 
berdi. Zamonaviy Yapon sanoatining barpo etilishi eng rivojlangan 
mamlakatlar tajribasini keng jalb etish yordamida amalga oshirilgan. U 
vaqtda “sogo shosha” rivojlangan mamlakatlardan samarali texnologiyalar 
va uskunalarni import qilish, so‘ngra esa boshlang‘ich materiallar va 
Yaponiyada zamonaviylashtirilgan samarali mashina va uskunalarni 
eksport qilish kanallari bo‘lib xizmat qildi. 


125 
90-yillar o‘rtasida “sogo shosha”ga Yapon eksportining 40 %dan 
ortig‘i va importning 70 %ga yaqini to‘g‘ri keldi. Jahon bozorida “sogo 
shosha”dan tashqari Yapon TMKlarining faoliyati kengayishi tendensiyasi 
kuzatilmoqda. Ular o‘z tashqi iqtisodiy aloqalari, xalqaro marketing va o‘z 
sotish tarmoqlarini tashkil qilmoqdalar. “Sogo shosha” ustunliklariga: 
jahon bozorlari konyukturalarini o‘rganish, butun dunyo bo‘ylab yetkazib 
beruvchilar va iste’molchilar bilan keng aloqalar, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan 
xorijda sotish tizimi, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar, xizmatlar, 
kapitallar oqimini tashkil etish tajribasi, narxlar tizimi, mahsulot sifati, 
mijozlarni bilish va yo‘lga qo‘yilgan yetkazib berish sxemasi, o‘rta va 
kichik firmalar uchun ichki va tashqi bozorlarga chiqish sharoitlarini 
yaratish kiradi.
Yaponiya sanoatida subyetkazib beruvchilar faoliyati tizimini 
sxematik ravishda piramida ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Masalan, 
Yapon avtomobilsozligida piramidaning yuqori qismida katta to‘rtlik – 
Yaponiyaning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari – 
“Nissan”, “Toyota”, “Mitsubisi motors”, “Xonda”, piramidaning o‘rta 
darajasida ularning 500 ta bevosita subyetkazib beruvchilari, pastki 
darajada subyetkazib beruvchilardan 20 mingta , asosan, o‘rta va kichik 
firmalar joylashgan.
Yapon menejment uslubining afzalliklari boshqa mamlakatlarda ham 
namoyon bo‘ldi. Masalan, 90-yillar boshida “yaxshi didli, yosh qalbli va 
yetarli daromadli kishilar uchun” avtomobillar ishlab chiqarish, german 
“Porshe” kompaniyasi sotuvlarining keskin kamayishi va firma 
rahbariyatining ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi ustidan nazoratni 
yo‘qotishi tufayli bankrotlik yoqasiga va mustaqillikni yo‘qotishiga kelib 
qoldi. Qarzlarga botgan kompaniyani Germaniya avtogigantlari – 
“Mersedes-Bens”, “BMV” va “Folksvagen” sotib olishga tayyor edi.
“Porshe” mustaqilligini ma’muriyatning “o‘z kamchiliklaridan nobud 
bo‘lishdan ko‘ra, o‘zga tajriba yordamida tuzalmoq afzal” degan g‘oyasi 
va “Sin gidzyutsu” (tarjima qilinganda – yangi texnologiya) Yapon 
maslahat firmasi mutaxassislarini taklif qilish qarori qutqarib qoldi. Yapon 
mutaxassislari uch yil ichida “Porshe”ni qayta qurdi. Natijada yig‘ma 
konveyer qisqartirildi, bir necha maydonlar va yordamchi xonalar 
yo‘qoldi, zavodning hududiy maydoni 30 %ga kamaydi, avtomobil yig‘ish 
sur’ati esa deyarli 40 %ga o‘sdi va ishlab chiqarish nosozligi (brak) 
kamaydi. 
Hal qiluvchi momentlardan biri bo‘lib, nemis intizomi va pedantizmi 
o‘rniga Yapon menejmenti tomonidan yaratilgan ijodiy muhit o‘rnatilishi 


126 
xizmat qildi. Mehnat avvalgi uskunalarda o‘sha ishchilar va muhandislar 
yordamida amalga oshirilmoqda. Ishchi va muhandislar Yapon 
menejmenti ta’sirida ratsionalizatsiya jozibadorligini anglab, har oyda 
Yaponlar 
tomonidan 
zamonaviylashtirilgan 
mehnat 
jarayonini 
takomillashtirishga qaratilgan ikki yarim mingta taklif– Тashabbuslar 
taqdim qilmoqdalar.
Yapon novatsiyalarining kiritilishi amalda menejment va butun ishlab 
chiqarish davrini tashkil etish nuqtayi nazaridan yangi “Porshe” 
kompaniyasi vujudga kelishiga olib keldi. “Porshe” moliyaviy 
qiyinchiliklardan qutildi, yuqori foyda ko‘rmoqda va bozorga yangi model 
– marketing taxmini bo‘yicha 50 ming AQSh dollari bahosida ikki o‘rinli 
olti silindrli “Bokster” avtomobilini chiqarmoqda. Bundan tashqari butun 
tarixi mobaynida ilk bor sport avtomobillari ishlab chiqarishdan tashqari 
vezdexod va mikroavtobuslar chiqarishni mo‘ljallamoqda. 
Boshqa misol – AQShda “Toyota” Yapon firmasi va “Djeneral 
motors” Amerika korporatsiyasining qo‘shma korxonasi tashkil qilinishi. 
“Nyu yunayted motor menyufekchuring ink.” (NYuMMI) nomli qo‘shma 
korxona Frimont shahridagi (Kaliforniya shtati) zavodda joylashgan. 
Yaponiyadagi 
“Toyota” firmasida, AQShda “Djeneral motors” 
korporatsiyasi zavodlarida va qo‘shma Amerika-Yaponiya “NYuMMI” 
korxonasida 
avtomobil 
ishlab 
chiqarishning 
texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini taqqoslash AQShda avtomobillar ishlab chiqarishga 
Yapon menejmentining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi (1-jadval). Dunyoda eng 
keng tarqalgan Yapon menejmenti usullarining ro‘yxati 2-jadvalda 
berilgan. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish