Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

Tavsiya etiladigan adabiyotlar 
 
1.
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston 
sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. -Т.: O‘zbekiston, 
2009. 
2.
Nazarova G.G., Nazarova R.R., Salixova N.M., Muxamedjanova 
G.A., Ismailova N.S. Xalqaro menejment. O‘quv qo‘llanma. –T.: TDIU, 
2009. 
3.
Пивоваров 
С.Э., 
Тарасевич 
Л.С., 
Майзель 
А.И. 
Международный менеджмент. – СПб., 2005.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


119 
V bob. XORIJIY MAMLAKATLARNING MENEJMENT 
MODELLARI VA ULARNING KOMPANIYA FAOLIYATIGA 
TA’SIRI 
 
5.1. Menejment uslubi 
 
Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat, psixologiya, temperament, 
an’analar ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish hamda 
korxonalarning samarali faoliyati uchun zarur tashkiliy sharoitlarni 
yaratish usuli sifatidagi menejment uslubiga ta’sir ko‘rsatadi. Global 
menejerning faoliyat doirasiga turli mamlakatlarda muloqot ko‘rinishi, 
ishlab chiqarish munosabatlari, muzokaralarda xulq-atvor xususiyatlarini 
hisobga olgan holda zamonaviy boshqaruv usullari asosida ishni tashkil 
qilish kiradi. Xalqaro menejer qabul qiluvchi mamlakatda o‘z 
faoliyatining dastlabki qadamlaridanoq menejment uslubi xususiyatlariga 
duch keladi. Global menejment bo‘yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy 
bitimning xalqaro menejment faoliyatining ilk davrida qiyinchiliklar 
keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yettita asosiy elementlarini ajratadilar: 
1. Yangi xorijiy sherik bilan muzokaralar muhiti. Bu yerda 
muzokaralar o‘tkazilayotgan mamlakatdagi sheriklar ma’naviy ustunlikka 
ega bo‘ladi. Ular muzokaralar davrida kam xarajat qiladi va mahalliy 
bozor ahvoli haqidagi tezkor axborot bilan yaxshiroq ta’minlangan. 
2. Qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy xususiyatlari. 
Ularni bilish ishbilarmonlik muhitiga tezroq moslashishga, mahalliy 
iste’molchilar va yetkazib beruvchilar bilan oson til topishga yordam 
beradi. 
3. Qabul qiluvchi mamlakatning mafkurasi (millatchilik, islom 
fundamentalizmi, xitoy vatanparvarligi va b.) xorijiy korxona biznesini 
tashkil qilish va faoliyat yuritishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
4. Byurokratik an’analar qabul qiluvchi mamlakatda tadbirkorlik 
faoliyati o‘rnatilishini uzoq muddatga cho‘zib yuborishi mumkin. 
Masalan, Rossiyada “Makdonalds” restoranlarini tashkil qilish haqidagi 
muzokaralar 10 yil atrofida davom etgan. Ekspertlar baholashicha, 90-
yillarda Xitoyda xorijiy va xitoy firmasi o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil 
qilish to‘g‘risidagi muzokaralar o‘rtacha ikki yil atrofida davom etgan.
5. Qabul qiluvchi mamlakat qonunlari. Ular xalqaro menejer 
tomonidan o‘rganilgan bo‘lishi va ularga qat’iy rioya qilinishi kerak. 
6. Turli pul tizimlari qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniya 
xorijiy filialining faoliyatini jiddiy qiyinlashtiradi.


120 
7. Qabul qiluvchi mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik 
xorijiy filial faoliyatida kutilmagan va keskin salbiy o‘zgarishlarni keltirib 
chiqarishi mumkin.
Bryusseldagi YeI shtab-kvartirasida osilgan plakatda YeIga a’zo 
mamlakatlar korxonalaridagi ishchi va xizmatchilarning bir-biridan keskin 
farqlanuvchi milliy xususiyatlariga duch keluvchi xalqaro menejerning 
qiyinchiliklari yumor yordamida ifoda etilgan.
UmumYevropa menejment uslubini yaratishga urinib ko‘ring, agar: 

nemislar yumorni tushunmasa;

finlar sukut saqlasa;

inglizlarning ovqati anglab bo‘lmas aralashmalardan iborat bo‘lsa; 

lyuksemburgliklar yulduz kasalligiga duchor bo‘lsa; 

fransuzlar rulda kutilmagan harakatlar sodir qilsa; 

ispanlar mag‘rur; 

italyanlar hissiyot og‘ushida; 

gollandiyaliklar ziqna; 

belgiyaliklar ish joyida o‘tirmasa; 

portugaliyaliklar kuvaldadan murakkabroq texnikani o‘zlashtira 
olmasa; 

shvedlar o‘ta fikrlash doirasi tor; 

greklar tashkiliy bo‘lmasa; 

irlandiyaliklar ichkilikni xush ko‘rsa; 

avstriyaliklar sabrsiz bo‘lsa. 
Sayyoramizda ikkita asosiy menejment uslubi: g‘arbiy va sharqiy 
menejment uslublari mavjud. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish