101
iste’molchilari mavjudligi haqidagi axborot qiziqtiradi. Ishlab chiqarish
xarajatlarini pasaytirish uchun u yerda loyihalashtirilayotgan firmani
xomashyo va materiallar bilan ta’minlovchi
tarmoqlarni rivojlantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. TMK xorijiy filiali faoliyat sohasini
tanlashda keyingi muhim omil bo‘lib, mahalliy firmalar – potensial
yetkazib beruvchilarning texnik darajasi (sifatli yig‘ma detallarni yetkazib
berish imkoniyatiga egaligi) hisoblanadi.
5. Bosh kompaniya xorijiy tadbirkorlik uchun mamlakat tanlashga
katta e’tibor qaratadi. Biror mamlakatda xorijiy filialni tashkil qilish
haqida qaror qabul qilishdan avval potensial qabul qiluvchi mamlakatlar
sharoitlarini to‘rtta
asosiy aspektda, ya’ni bozor, iqtisodiy, mahalliy
sharoitlar xususiyatlari va raqobatbardoshlik aspektlarida o‘rganib
chiqiladi.
6. Davlat xorijiy xalqaro kompaniyalar bilan o‘z munosabatlari
vakolatga ega davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarining xalqaro
kompaniyalar faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan qonunchilik,
ijroiy va nazorat xarakteridagi tadbirlar tizimi yordamida tashkil qiladi.
7. Xalqaro kompaniyalar investitsion faoliyatini
davlat tomonidan
tartibga solishning keng tarqalgan vositalariga milliy firmalar hissadorlik
kapitalida xorijiy investor ulushini cheklash; ishlab chiqarishni
boshqarishdagi cheklashlar foydani taqsimlashda maksimal ulushni
aniqlash; litsenziyalar patentlar berish shartlari;
buxgalterlik hisobotini
tekshirish kiradi.
8. Xalqaro kompaniyalarning qabul qiluvchi mamlakatda o‘z xorijiy
filiallarini tashkil etish maqsadlari:
–
sotish bozorlarini kengaytirish;
–
eksport hajmini ko‘paytirish;
–
xomashyo materiallari bilan ta’minlash;
–
antiqa texnologiyalarni xarid qilish;
–
faoliyat samaradorligini oshirish.
9. Qabul qiluvchi mamlakat xalqaro kompaniyalarni quyidagi
tadbirlar yordamida o‘z iqtisodiyotiga jalb qiladi: tartibli tadbirlar,
soliq
imtiyozlari, imtiyozli shartlarda subsidiyalar va qarzlar berish, savdo
imtiyozlari, xorijiy firmalar tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish.
10. Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalar faoliyati ikki
usulda – milliy-huquqiy va xalqaro-huquqiy yo‘llar bilan tartibga
solinadi.
11. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini
rivojlantirish uchun TMKlarni va xorijiy investitsiyalarni
jalb qilish
102
siyosati mavjud mablag‘lardan vaqt va imkoniyatdan samarali
foydalanishga, amaldagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, boyliklarni
samarali joylashtirish va shu yo‘l bilan respublika iqtisodiyotini
yuksaltirish, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishiga rag‘batlantirish
yo‘li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb
qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: