72
III bob. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT SOHASIGA CHIQISH
SHAROITLARINI TANLASH USLUBIYATI
3.1. Tashqi bozorda faoliyat sohasini tanlash
Tashqi bozorda faoliyat yuritish nuqtayi
nazaridan iqtisodiyotning
barcha tarmoqlarini 2 guruhga ajratish mumkin: 1) alohida milliy
bozorlarga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p millatli tarmoqlar, bunda har bir
tarmoq (oziq-ovqat sanoati, chakana savdo, sug‘urta) qabul qiluvchi
mamlakatga qarab o‘z xususiyatiga ega bo‘ladi. 2)
butun jahon bozorini
hisobga olgan iste’molchi-davlatlarda talab xususiyatlarini minimal aks
ettiruvchi global tarmoqlar (fuqaro aviatsiyasi, televideniya, yarim
o‘tkazuvchilar ishlab chiqarish)ning mavjudligi.
Iqtisodiyotning global tarmoqlariga ixtisoslashgan xorijiy filiallarni
boshqarish
uchun
xalqaro
kompaniyalar
dunyo
ko‘lamida
raqobatbardoshlik darajasini tutib turish maqsadida
global strategiyani
qo‘llaydi. Bunday kompaniyalar xorijiy filiallarning butunjahon
tarmog‘iga ega, sayyoramizning turli qit’alarida resurslarga ega, eng past
ishlab chiqarish xarajatlariga ega davlatlarda korxonalar tashkil qiladilar
va masshtab samarasini keng qo‘llaydilar. Ular o‘z tadqiqot markazlarini
bosh kompaniya joylashgan davlatlarda emas, balki ko‘pincha yaxshi
sotish bozorlari mavjud bo‘lgan mamlakatlarda joylashtiradilar.
Mahalliy va xorijiy raqobatchilar amal
qilayotgan qabul qiluvchi
mamlakatda shakllangan bozorda raqobatbardoshlik afzalliklariga ega
bo‘lish ancha qiyin, jiddiy tayyorgarliksiz esa deyarli mumkin emas.
Xalqaro kompaniyaning qabul qiluvchi mamlakatlarda eng samarali
faoliyat sohasini aniqlash uchun TMK izlanuvchi-iqtisodchilari va
marketologlari yangi xorijiy bozorga chiqish haqidagi qaror loyihasini
tayyorlash jarayonida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va jahon
bozoriga yetkazib berishda xalqaro kompaniya
imkoniyatlarini tanqidiy
baholaydilar va xorijda tadbirkorlik faoliyati sharoitlarini quyidagi bir
necha aspektlarda ko‘rib chiqadilar:
1. Raqobatchi korxonalar firma tuzilishi va strategiyasi aspekti. Bu
aspektda birinchi navbatda tanlab olingan faoliyat sohasida milliy
korxonalar va faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy firmalarga nisbatan xalqaro
kompaniyaning raqobatbardoshlik darajasini baholash zarur. Bundan
tashqari qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarishni boshqarish va
tashkil qilish uslubi TMK xorijiy filiali ega bo‘lgan
sharoitlarga javob
berishini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
73
Bunda mahalliy raqobatchi-firmalar qanday strategiya tanlashini,
raqobatli kurashda ulardan o‘zish imkoniyati darajasini, xalqaro
kompaniyaning mo‘ljallanayotgan faoliyat sohasi qabul qiluvchi
mamlakat millati psixologiyasiga javob berishini aniqlab olish zarur.
2. Xizmatlarni ishlab chiqarish va ko‘rsatish sharoitlari aspekti. Bu
yo‘nalishdagi tahlil predmeti bo‘lib, quyidagi omillar xizmat qiladi:
iqtisodiyotning qaysi tarmoqlarida qabul qiluvchi mamlakatning nisbiy
afzalliklari
yaqqolroq
namoyon
bo‘ladi,
xalqaro
kompaniyani
qiziqtiruvchi iqtisodiyot sohalarida ITTKI
uchun asos mavjudligi va
nihoyat, qabul qiluvchi mamlakat xalq xo‘jaligidagi zaif
tomonlarning (kapital yetishmasligi, fan-texnika sohada orqada qolish va
b.) xorijiy sarmoyadorlar faoliyati bilan to‘ldirilishi mumkinligi.
3. Sotish sharoitlari. Ular milliy iste’molchilar tomonidan talablarning
murakkablik darajasi va xususiyatlari, shuningdek, qabul qiluvchi
mamlakatda sotish kanallarining jahon
bozorida qabul qilingan
kanallardan farqlanishi bilan aniqlanadi. Ichki talabning rivojlanish
tendensiyalari TMK xorijiy filiali mahsulot assortimentini shakllantirish
yo‘nalishlarini belgilaydi.
4. Qardosh tarmoqlar va yetkazib beruvchilar. Bu holatda xalqaro
kompaniyani
qabul
qiluvchi
mamlakatda
mahsulotining
yirik
iste’molchilari mavjudligi haqidagi axborot qiziqtiradi. Ishlab chiqarish
xarajatlarini pasaytirish uchun u yerda loyihalashtirilayotgan korxonani
xomashyo va materiallar bilan ta’minlovchi
tarmoqlarni rivojlantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. TMK xorijiy filiali faoliyat sohasini
tanlashda keyingi muhim omil bo‘lib mahalliy firmalar – potensial
yetkazib beruvchilarning texnik darajasi (sifatli butlovchi detallarni
yetkazib berish imkoniyatiga egaligi) hisoblanadi.
90-yillarda jahon bozorlarida amal qilgan kompaniyalar qo‘llagan
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllari va turlari o‘z
ustunliklari va kamchiliklariga ega. Amerikalik iqtisodchilar tomonidan
taklif qilingan ularning turkumlanishi 1-jadvalda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: