# Iqtisodiyotning asosiy muammolarini umumjamiyat nuqtai nazaridan xal qiladigan bo‘limi bu...
- iqtisodiyot nazariyasi
- mikroiqtisodiyot
+ makroiqtisodiyot
- iqtisodiyot asoslari
# Pulning aylanish tezligi nimaga ta’sir qiladi?
+ muomala uchun zarur pul miqdoriga
- tovar bahosiga
- ayirboshlash kurslariga
- foiz stavkasiga
# Quyidagi tengliklardan qaysi biri to‘g‘ri?
- YaMM - egri soliqlar = SMM
- YaMM - sof eksport = SMM
+ YaMM - amortizatsiya = SMM
- YaMM - joriy moddiy xarajatlar = SMM
# Quyidagi tengliklardan qaysi biri to‘g‘ri?
- SMM - amortizatsiya = milliy daromad
+ SMM - egri soliqlar = milliy daromad
- SMM - ish haqi milliy = daromad
- SMM to‘g‘ri soliqlar = milliy daromad
# Narx indeksi kanday hisoblanadi?
+ joriy yildagi iste’mol tovarlari narxini bazis yildagi iste’mol tovarlari narxiga taqqoslash orqali
- nominal YaMM hajmini real YaMM hajmiga ko‘paytmasi olinadi
- YaMMdan yillik amortizatsiya summasining ayirmasi
- YaMMdan sof eksport ayirmasi
# Yalpi ichki mahsulot qiymatini aniqlashda qanday usul qo‘llaniladi?
- maksimumlar usuli
- xarajatlar usuli daromadlar usuli
- qo‘shilgan qiymat usuli, xarajatlar usuli
+ daromadlar usuli, xarajatlar usuli, qo‘shilgan qiymat usuli
# Qaysi omil aholi iste’moli va pul jamg‘armalari darajasini belgilaydi?
+ shaxsiy daromad xajmi
- soliqlar darajasi
- foiz stavkasi
- milliy daromad
# Shaxsiy daromad 650000 so‘m bo‘lib, uning 520000 so‘mi iste’molga ketsa, iste’molga o‘rtacha moyillik necha foizni tashkil etadi?
- 50%
+ 80%
- 75%
- 60%
# 650000 so‘m shaxsiy daromaddan 130000 so‘mi jamg‘arma sifatida ishlatilsa, jamg‘armaga o‘rtacha moyillik necha foizni tashkil etadi?
+ 20%
- 60%
- 50%
- 25%
# Jamg‘arish normasi qanday aniqlanadi?
+ jamgarish fondining butun milliy daromad hajmiga nisbatining foizdagi ifodasi.
- shaxsiy daromadning iste’mol darajasiga nisbatining foizdagi ifodasi
- milliy daromadning investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi
- aholi umumiy daromadlarining xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi
# Quyidagilardan qaysi biri investitsiyalarning ichki manbai hisoblanadi?
+ foyda, amortizatsiya ajratmalari
- obligatsiya, bank kreditlari
- byudjet mablag‘lari
- aksiyalarni sotishdan mablag‘lar
# Respublikamiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini olib kirilishi uchun qanday siyosat olib borilmoqda?
+ ochiq eshiklar siyosati
- tabaqalashgan boj olish siyosati
- ishonchli sug‘urta bila himoyalangan siyosat
- soliq sohasida chegaralangan imtiyozlar siyosati
# Emitent kim?
+ kapitalni jalb qilish maqsadida qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqargan shaxs
- aksiyalar bilan oldi-sotdi qiluvchilar
- qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchisi
- veksellarni qayta rasmiylashtiruvchi shaxs
# Innovatsiya - .......
+ yangi texnika-texnologiyalarni ishlab chiqarish uchun mablag‘larni yo‘naltirish
- eksport uchun mablag‘larni yo‘naltirish
- kredit berish
- xalq xo‘jaligi tovarlari importini kuchaytirish
# Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga qanday erishiladi?
+ ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli
- sifat jihatdan takomillashtirish tufayli
- ishchi kuchiga ish haqi to‘lash tufayli
- talab va taklifning muvozanatlashuvi tufayli
# Intensiv iqtisodiy o‘sishga qanday erishiladi?
+ ishlab chikarish omillarini sifat jihatdan takomillashtirish tufayli
- ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli
- ishchi kuchiga ish haqi to‘lash tufayli
- talab va taklifning muvozanatlashuvi tufayli
# Milliy boylik nima?
+ insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat boyliklari
- ashyoviy buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat
- yalpi ijtimoiy mahsulotning yangidan hosil qilingan va uning qiymatda ifodalanadigan qismidir
- faqat tabiat resurslari majmuining qiymat shakli
# Quyidagi mutanosibliklardan qaysi biri umumiqtisodiy xarakterga ega?
+ YaMM va uning harakat shakllari o‘rtasidagi
- qazib oluvchi va qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi
- sanoat va qishloq xo‘jaligi o‘rtasidagi
- hududiy bo‘linmalar o‘rtasidagi
# Sikl qanday fazani o‘z ichiga oladi?
+ inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish
- turg‘unlik, jonlanish, yuksalish
- jonlanish, turg‘unlik
- inqiroz va yuksalish
# Sikl nechta boskichni o‘z ichiga oladi?
+ 2 ta
- 3 ta
- 4 ta
- 5 ta
# Iqtisodiy sikldan iqtisodiyotning qaysi sohalari ko‘proq yo‘qotishga uchraydi?
+ uzoq muddatli foydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari, investitsion tovar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari
- qisqa muddatli foydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlari
- investitsion tovar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari
- uzoq muddatli foydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlari
# Iqtisodiy inqirozlarning asosiy mazmuni nimada namoyon bo‘ladi?
+ ishlab chiqarilgan tovarlar massasining to‘lovga qobil talabidan oshib ketishi yoki kam bo‘lishida tovarlar ishlab chiqarishning kamayishida
- ishsizlikning o‘sishida
- narxlarning o‘sishida
- tovarlar ishlab chiqarishning kamayishida
# Iqtisodiy sikl qanday harakatni ifodalaydi?
+ milliy iqtisodiyotning bir iqtisodiy inqirozidan ikkinchisi boshlanguncha takrorlanib turadigan harakati
- iqtisodiyotnnig yuqorilab boruvchi chiziq shaklidagi harakati
- iqtisodiyotning yopiq doira shaklidagi harakati
- ishlab chiqarish o‘sish sur’atlarining o‘zgarishi
# Ishsizlik deganda...
+ mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xoxlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar tushuniladi
- mehnat rezervi armiyasiga aylangan aholining iqtisodiy faol qismi tushuniladi
- ish bilan ta’minlashini kutayotgan aholi tushuniladi
- ish bilan ta’minlashini kutayotgan yoshlar tushuniladi
# Fraksion ishsizlik deganda:
+ ish joylarini o`zgartirish tufayli ishdan bo`shab qolib malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o`rinlari bo`shashini kutayotgan ishsizlar tushuniladi
- ish turlariga ishchi kuchining talab va taklif nomuvofiqligi natijasida vujudga kelgan ishsizlik tushuniladi
- iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan ishsizlik tushuniladi
- ishlashni xoxlamaydigan ishsizlar tushuniladi
# Tarkibiy ishsizlik deganda:
+ iste’molchilik talabi va texnologiyaning o‘zgarishi tufayli turli hududlarda turli soha va ish turlariga ishchi kuchining talab va taklifga nomuvofiqligi natijasida vujudga kelgan ishsizlik tushuniladi
- ish joyini o‘zgartirish tufayli ishdan bo‘shab qolib, malakasiga mos ish qidirayotgan va ish o‘rinlari bo‘shashini kutayotgan ishsizlar tushuniladi
- iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq ravishda vujudga kelgan ishsizlik tushuniladi
- ishlashni xoxlamaydigan ishsizlar tushuniladi
# Ishchi kuchi 12,5 mln. kishini, ishsizlar 1,3 mln. kishini tashkil qilsa, ishsizlik darajasi necha foizni tashkil qiladi?
+ 10,4%
- 9,8%
- 10,2%
- 9,6%
# Ishsizlik darajasi (ID) qanday aniqlanadi?
+ ID=IS/IKx100.
- ID=(ISxIK)x100
- ID=IK/ISx100
- ID=(IS-IK)x100
# Moliyaviy munosabatlarning mohiyati qaysi bandda to‘la yoritilgan.
+ pulning harakati, ya’ni uning shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar
- faqat davlat tashkilotlari va muassasalari pul mablag‘larining ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar
- faqat aholi keng qatlamlari qo‘lidagi pul mablag‘larining ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar
- chet ellik jismoniy va huquqiy shaxslar pul mablag‘larining harakati bilan bog‘lik bo‘lgan munosabatlar
# Moliyaviy munosabatlarning sub’ektlari:
+ aholi keng qatlami, davlat tashkilotlari va muassasalari, chet ellik jismoniy va huquqiy shaxslar
- davlat tashkilotlari va muassasalari
- chet ellik jismoniy va huquqiy shaxslar
- aholi keng qatlami, davlat tashkilotlari, chet ellik jismoniy shaxslar
# Subsidiya - bu:
+ iqtisodiyotga byudjet orqali ta’sir etish vositalaridan biri bo‘lib, qaytarib bermaslik sharti bilan takrorlanmay, faqat bir marta beriladi
- maqsadli dotatsiya bo‘lib, u mahalliy byudjetlarga davlat byudjetidan ajratiladi, uni mo‘ljallangan maqsad uchun sarflash majburiy va buni davlat nazorat qiladi
- umumiy dotatsiya bo‘lib, uni ishlatish mahalliy hokimiyat ixtiyorida bo‘ladi, markaz unga aralashmaydi
- davlat byudjetidan muhim xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy tadbirlarni amalga oshirish, davlat ma’qullagan iqtisodiy va madaniy rivojlanish dasturlari, loyihalari uchun mahalliy hokimiyat idoralari (byudjetlar)ga ajratilgan pul mablag‘lari
# Subvensiya - bu:
+ iqtisodiyotga byudjet orqali ta’sir etish vositalaridan biri bo‘lib, ishlatilish maksadi anik kursatilgan mablag.
- maqsadli dotatsiya bo‘lib, u mahalliy byudjetlarga davlat byudjetidan ajratiladi, uni mo‘ljallangan maqsad uchun sarflash majburiy va buni davlat nazorat qiladi
- umumiy dotatsiya bo‘lib, uni ishlatish mahalliy hokimiyat ixtiyorida bo‘ladi, markaz unga aralashmaydi
- iqtisodiyotga byudjet orqali ta’sir etish vositalaridan biri bo‘lib, qaytarib bermaslik sharti bilan takrorlanmay, faqat bir marta beriladi
# Ob’ektiga kura soliqlar necha guruxga bulinadi?
+ 4 guruxga
- 3 guruxga
- 2 guruxga
- 5 guruxga
# Quyidagi soliqlarning qaysi biri ob’ektiga ko`ra soliklarga kiradi?
+ mol-mulk soligi
- aksiz
- KKS
- Bilvosita soliq
# Soliqlar iktisodiy mazmuniga kura kanday turlarga bulinadi?
+ Bevosita va bilvosita soliqlar
- Daromaddan olinadigan va aylanma mablaglardan olinadigan soliklar
- Mol-mulkidan olinadigan va egallagan yer maydonidan olinadigan soliklar
- Mol-mulkidan olinadigan va aylanma mablaglardan olinadigan soliklar
# Kuyidagilarning kaysi biri soliq tamoyiliga kiradi?
+ Oshkoralik
- Yashirin
- vaktinchalik
- doimiylik
# Soliq tulovchining mulkka egalik xukuki anglatuvchi kategoriya kanday nomlanadi?
+ Solik ob’ekti
- Solik predmeti
- Solik bazasi
- Solik sub’ekti
# Kanday soliqlar bevosita soliklar deyiladi?
+ Solik tulovchi xam uning xukukiy vakili xam bitta shaxs bulgan ob’ekti
- Solik predmeti
- Solik bazasi
- Solik sub’ekti
# Soliqlar tushunchasining mazmuni qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
+ soliqlar iqtisodiy tushuncha sifatida sof daromadning bir qismini ixtiyoriy ravishda byudjetga jalb qilishning shakli bo‘lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi
- soliqlar davlat va mahalliy hokimiyat tomonidan huquqiy shaxslar daromadining bir qismini majburiy ravishda byudjetga jalb etish shaklidir
- soliqlar davlat va mahalliy hokimiyat tomonidan huquqiy shaxslar daromadining bir qismini ixtiyoriy ravishda byudjetga jalb etish shaklidir
- soliqlar davlat va mahalliy hokimiyat tomonidan huquqiy va jismoniy shaxslar daromadlarining bir qismini ixtiyoriy ravishda byudjetga jalb etish shaklidir
# Soliq stavkasi qanday aniqlanadi?
+ soliq summasining soliq olinadigan daromad summasiga nisbatining foizdagi ifodasidir
- daromad summasining soliq summasiga nisbatining foizdagi ifodasidir
- soliq olinadigan daromad summasidan soliq summasi ayriladi
- soliq summasining soliq olinadigan daromad summasiga ko‘paytmasi
# Davlat byudjetining xarajatlar qismidagi xarajat turlarining qaysi biri sezilarli qismni egallaydi?
+ ijtimoiy- madaniy tadbirlar
- iqtisodiy
- mudofaa va boshqaruv
- boshqaruv organlari
# Quyidagi soliqlardan qaysi biri egri soliq?
+ aksiz solig‘i
- daromad solig‘i
- mulk solig‘i
- er solig‘i
# Soliq yukini kamaytirish nimaga olib keladi?
+ ishlab chiqarishni rivojlantirishga, eksport salohiyatini oshirishga
- eksport salohiyatini oshirishga
- ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga
- axoli farovonligiga
# Auksion tushunchasi nima?
+ tovar yoki mol-mulkning eng yuqori narx taklif qilgan shaxs tomonidan katta omma oldida oshkora sotib olinishi
- tovarlarni ayirboshlash jarayonidagi bitim tuzish jarayoni
- qimmatbaho qog‘oz turi
- qadimgi pul birligi
# Tender tushunchasi –
+ xaridor tanlovi
- ko‘rgazma
- talabnoma
- shartnoma
# Pul fondlarining xarakati, ya’ni ularning shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanishi bilan bog‘liq ravishda vujudga keladigan munosabatlar –
+ moliyaviy munosabatlar
- narx ko‘rsatkichlari
- byudjet pariteti
- sug‘urta deyiladi
# Davlat xarajatlari va ularni moliyaviy ta’minlash manbalarining tartiblashtirilgan rejasi –
+ davlat byudjetidir
- narx ko‘rsatkichi
- byudjet pariteti
- sug‘urta deyiladi
# Byudjet xarajatlaring daromadlar qismidan ortiqcha bo‘lishi natijasida vujudga kelgan farq bu-
+ byudjet taqchilligi
- narx ko‘rsatkichi
- byudjet pariteti
- sug‘urta
# Byudjet daromadlarning xarajatlar qismidan ortiqcha bo‘lishi natijasida vujudga kelgan farq bu-
+ byudjet profitsit
- byudjet taqchilligi
- byudjet pariteti
- sug‘urta
# Bank foydasi (marja) qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan.
+ olingan va to‘langan foiz summalari o‘rtasidagi farq
- bank tomonidan olingan foiz summalari
- ssuda foizida to‘plangan mablag‘
- to‘langan foiz summalari
# Pul emissiyasi nima ma’noni anglatadi?
+ iqtisodiyotga qo‘shimcha pul massasini chiqarish
- pullarning qadrsizlanishi
- pullarni almashtirish
- pulni yuridik kuchi bekor bo‘lishi
# Pul muomalasining mazmuni to’g’ri berilgan javobni toping.
+ Tovarlar aylanishiga va tovar bo’lmagan turli to’lovlarga xizmat etuvchi pul agregatlari harakati
- Muayyan vaqt ichida muomala uchun zarur bo’lgan mablag’lar
- Muomalaga yangidan chiqarilgan pullar miqdori
- Bir hisob varaqdan boshqasiga pulning o’tkazilishi
# Pul taklifi qaysi javob bilan izohlanadi?
+ Muomalaga chiqarilgan ma'lum turdagi pul miqdori
- Xo’jalik oboroti uchun kerak bo’lgan pulga ehtiyoj
- Pulning o’z vazifalarini muntazam bajarib turishi
- Muomalada pulning yetarli bo’lishi
# Pulga bo’lgan talabni ifoda etuvchi javobni toping.
+ Xo’jalik oboroti uchun kerak bo’lgan pulga ehtiyoj
- Pul birligining xarid etish qurbi
- Xo’jalik oborotida pulning doimo harakatda bo’lishi
- Pulning muomalaga chiqqan miqdori
# Stagflyatsiya qaysi holatda yuz beradi?
+ Inflyatsiya iqtisodiy tanglik bilan birga yuz berganida
- Muomalada keragidan ortiqcha pul paydo bo’lganida
- Harajatlar oshishi orqasida tovarlar narxi ko’tarilganda
- Tovar va xizmatlar miqdori yalpi talabdan orqada qolganida
# Inflyatsiya natijasida kimlar yutadi?
+ Bankdan kam protsentli 12 mln. so’m ssuda olgan shifokor
- Xalq bankiga inflyatsiya qisman indeksatsiya qilinishi e'tiborga olib 12 mln. so’m qo’ygan muhandis
- 600 ming pensiya oladigan pensioner
- Qarindoshiga protsentsiz 3 mln. so’m qarz bergan shifokor
# Valyuta:
+ Milliy doirada amal qiluvchi qadr-qiymati shu mamlakat boyligi bilan ta'minlangan pul
- Mamlakatning oltin zahiralari tushuniladi
- Mamlakatda to’plangan xorijiy valyutalar tushuniladi
- Milliy valyutaning boshqa valyutalarga almasha olish xususiyati tushiniladi
# Quyidagi javoblardan qaysi biri pulning likvidligini ifodalaydi?
+ Pulning xohlagan vaqtda va osongina boshqa narsaga aylana bilish xususiyati
- Pulning likvidligi - pulning xarid qobilyati
- Likvidlik muntazam ravishda pulning muomalaga chiqarib turilishi
- Aniq moddiy shaklga ega bo’lib, qo’ldan-qo’lga o’tib yuruvchi pullar
# Qaysi bir javob bozor iqtisodiyotiga xos taqsimot qonuni mazmunini ifodalaydi?
+ Moddiy ne'matlar va xizmatlar resurslar bergan pirovard natijaga qarab, ularning egalari o’rtasida taqsimlanadi
- Olinadigan daromad mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga bog’liq bo’ladi
- Daromadlar darajasi xalq xo’jaligi sohasiga bog’liq
- Daromadlar taqsimot munosabatlarining izchilligiga bog’liq
# Mayib - majruh va muhtojlar qanday daromad oladilar?
+ Nobozor daromadi
- Mehnat bilan topilgan daromad
- Mol-mulkdan topilgan daromad
- Bozor daromad
# Aholi daromadlari ichida asosiy o’rinni qaysi daromad egallaydi?
+ Ish haqi
- Dividend
- Shaxsiy (yordamchi) xo’jalikdan olinadigan daromad
- Nafaqalar
# Qaysi bir daromadning manbai qo’shimcha mahsulot emas?
+ Ish haqi
- Foyda
- Renta
- Dividend
# Qaysi daromad turi xodimlarning birgalikdagi mehnatining bevosita natijasiga bog’liq?
+ Dividend
- Renta
- Ijara haqi
- Ish haqi
# Daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi omillar qatoriga kirmaydiganini toping.
+ Kishilarning o’z ehtiyojlariga turlicha yondashishlari
- Insonlar salohiyati va ish qobilyatlarining farq etishi
- Insonlar salohiyatini ishga solish imkoniyatlari turliligi
- Oila tarkibining har xil bo’lishi
# Quyidagilardan qay biri adolatsiz daromadlar jumlasiga kiradi?
+ Aktsiya kursining o’zgarishi bilan topiladigan daromad
- Mulkdan keladigan renta
- Ishchi xodimlar ish haqi
- Tadbirkor foydasi
# Mamlakat aholisi daromadidagi tafovutlar darajasi tahlil etilganda, odatda, qancha miqdordagi aholi qatlamlari o’rganiladi?
+ 10% eng boy va 10% eng kambag’al odamlar
- Aholining chorak qismi
- Aholining yarmi
- Turli kasbga xos odamlardan tanlab olinadi
# «Turmush darajasi» tushunchasini to’g’ri aks ettiruvchi javobni ko’rsating.
+ Kishilar hayotiy ehtiyojlarining qondirilish me'yori
- Kambag’allar soni va salmog’ining qisqarib borishi
- Yashash minimumining avvalgi yilga nisbatan o’sishi
- Yil davomida iste'mol qilingan tovar va xizmatlar yig’indisi
# Indeksatsiya tushunchasi nima?
+ Narx oshishini hisobga olib, pul daromadlarini qisman yoki mos ravishda oshirib borish
- Pul emissiyasini oylik oshishi bilan ko’paytrish
- Bankdan beriladigan kreditni imtiyozli ravishda amalga oshirish
- Aholi pulini banklarga yaxshiroq joylashtirish
# Aholi real daromadining o’sishi qaysi holda ro’y beradi?
+ Nominal daromad narxlardan tez o’sganida
- Nominal daromad va narqlarning o’sishi mutonosib bo’lganida
- Narxlar nominal daromaddan tez o’sganida
- Soliqlar va majburiy to’lovlar nominal daromaddan tez o’sganida
# Jahon xo’jaligi mazmunini to’g’ri aks ettiruvchi javobni toping.
+ Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi va ularni amalga oshirish mexanizmi majmuasi
- Jahon miqyosida oldi - sotdi munosabatlarining keng yo’lga qo’yilishi
- Bir qit’ada joylashgan qo’shni mamlakatlar xo’jaligi
- Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yo’lga qo’yuvchi tashkilotlar tizimi
# Jahon xo’jaligi qachon shakllangan?
+ XIX asr oxiri - XX asr boshlari jahon xo’jaligi tashkil toppish davri hisoblanadi
- Jahon xo’jaligi XIX asr o’rtalarida shakllandi
- Jahon xo’jaligi XIX asr o’rtalarida shakllandi
- Jahon xo’jaligi xalqaro iqtisodiy aloqalar o’rnatila boshlangan vaqtdan beri mavjud
# Jahon xo’jaligi tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi omili nima?
+ Xalqaro mehnat taqsimoti
- Olamshumul (global) muammolarni hal etish zarurati
- Fan - texnika taraqqiyoti
- Turli mamlakatlarning o’zaro iqtisodiy aloqalari
# Xalqaro iqtisodiy munosabatlar qay shaklda bo’la olmaydi?
+ Aholini ijtimoiy tashkilotlar ishida ishtirok etish
- Valyuta-kredit munosabatlari
- Ishchi kuchi migratsiyasi
- Fan-texnika bo’yicha hamkorlik qilish
# Xalqaro iqtisodiy integratsiya mazmunini ifodalaydigan javobni aniqlang.
+ Milliy bozorlar va mamlakatlar milliy xo’jaliklari o’rtasidagi uzviy boqliqlik, hamjihat rivojlanishni ta'minlash, resurslarning erkin harakat qilishi, yagona umumiy bozorni tashkil qilish uchun birlashtirish
- Fan-texnika inqilobi asosida xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi
- Birgalikda umumiy bozorni shakllantirish
- Turli xil to’siqlar bartaraf etilgan hudud
# Ishlab chiqarishning baynalmillashuvi nimani bildiradi?
+ Ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarish va umumiy dasturlarni amalga oshirishda turli mamlakatlar xo’jalik sub'ektlarining birgalikda ish ko’rishini
- Transmilliy korporatsiyalar faoliyat doirasining kengayishini
- Har xil mamlakatlar milliy iqtisodiyotning bir-biriga yaqinlashuvini
- Ko’plab turli qo’shma korxona ochishni
# Jahon infratuzilmasini qaysi javob aniq ko’rsatadi?
+ Xalqaro xo’jalik aloqalaring samarali tashkil etishga imkon beruvchi turli xil korxona, tashkilot va muassasalar majmuasi
- Xalqaro investitsiyalar oqimining ta'minlanishi
- Tovarlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish masalalarining dunyo miqiyosida kelishib olinishi
- Xalqaro savdoning sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarilishi
# Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi aniq berilgan javobni toping.
+ Mehnat resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta'minlanishi maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishi
- Davlatlararo ishchi kuchi almashuvi
- Ishchi kuchining aynan shu mamlakatda doimiy yashash uchun kirib kelishi
- Ishchi kuchining bir mamlakatdan doimiy yashash uchun ko’chib ketishi
# Valyuta kursi aniq belgilangan javobni toping.
+ Bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasida ifodalangan bahosi
- Bir mamlakat valyutasining bahosi
- Xalqaro vayuta munosabatlarining davlatlararo bitimi
- Boshqa mamlakat valyutasining bozorda sotilishi
# Erkin iqtisodiy zonalarini aniqlang.
+ Bu turli mamlakat tadbirkorlari uchun imtiyozli turli iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan hududlar
- Bu erkin savdo qilinadigan hududlar
- Bu xorijiy kapitalga soliq imtiyozi beriladigan va boj puli kamaytiriladigan joylar
- Bu mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning ajratgan hududlari
# Jahon xo’jaligi rivojlanishiga qanday tendentsiya xos?
+ Taraqqiyot darajasi jihatidan turli mamlakatlarning bir-biriga yaqinlashuvi
- Ilg’or va qoloq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi
- Turli mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot darajasi jihatidan bir tekis rivojlanishi
- Industrial mamlakatlarning boshqa davlatlarga nisbatan tez o’sib borayotganligi
# Eng ko’zga ko’ringan jahon iqtisodiy tashkilotlaridan biri bo’lgan «Yevropa Ittifoqi» qachon tashkil topgan?
+ 1958 yil
- 1970 yil
- 1945 yil
- 1917 yil
# Bozor iqtisodayotini tanlashdan asosiy maqsad nima?
+ Iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy tanglikdan chiqish, iqtisodiyotni rivojlantirish
- Valyuta munosabatlarini tartibga solish
- Tashqi iqtisodiy munosabatlarni yaxshi yo’lga qo’yish
- Qishloq, xo’jaligi muammolarini hal etish
# Bozor iqtisodiyotining umuminsoniy qadriyat ekani nimada ko’rinadi?
+ Kishilarning mulkdan mahrum bo’lishiga barham berish va mulkdorlar sinfining shakllanishida
- Ko’p ukladli iqtisodiyotning vujudga kelishida
- Raqobatning paydo bo’lishida
- Tovar — pul munosabatlari keng qo’llanilishida
# Bozor islohotlari oxir-oqibat nimaga xizmat qiladi?
+ Mustaqillik strategiyasiga, ya'ni mustaqil va rivojlangan, xalq farovonligini ta'minlay oladigan kuchli iqtisodiyot barpo etishga
- Bozor munosabatlarini to’g’ri shakllantirishga
- Iqtisodiy aloqalarning kuchayishiga
- Turli hududlarning bir tekis rivojlanishiga
# Iqtisodiy islohotlar nima?
+ Iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakillantirishga qaratilgan chora- tadbirlar
- Ijtimoiy o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar
- Siyosiy o’zgarashlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar
- Ma'naviy va maishiy o’zgarishlarga qaratilgan tadbirlar
# Qaysi bir javob iqtisodiyotni isloh qilish strategik maqsadlariga xos emas?
+ Aholini ijtimoiy himoyalash
- Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich ishlab chiqarishni rivojlantirish
- Ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish
- Korxona va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish
# O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni o’tkazishdan asosiy maqsad nima?
+ Iqtisodiyotni bozor qoidalari asosida tashkil etish va rivojlantirish hamda shu asosda iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyotga erishish
- Iqtisodiyotda davlat rolini qisqartirish
- Rejali iqtisodiyotdan voz kechish
- Mamlakatdagi iqtisodiy muammolarni bartaraf etish
# Bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublika iqtisodiyotining negizini qanday mulk tashkil etadi?
+ Xilma-xil mulk
- Aralash mulk
- Jamoa mulki
- Davlat mulki
# Iqtisodiyotning asosiy muammolarini umumjamiyat nuqtai nazaridan hal qiladigan bo’limi bu...
+ makroiqtisodiyot
- mikroiqtisodiyot
- iqtisodiyot nazariyasi
- iqtisodiyot asoslari
# Pulning aylanish tezligi nimaga ta'sir qiladi?
+ muomala uchun zarur pul miqdoriga
- tovar bahosiga
- ayirboshlash kurslariga
- foiz stavkasiga
# Quyidagi soliqlardan qaysi biri bevosita soliq?
+ foyda solig’i
- aktsiz solig’i
- qo’shilgan qiymat solig’i
- Jismoniy shaxslarning gaz, benzin, dizel ishlatganligi uchun soliq
# Quyidagi soliqlardan qaysi biri bilvosita (egr)i soliq?
+ aktsiz solig’i
- daromad solig’i
- mulk solig’i
- yer solig’i
# Quyidagi soliqlardan qaysi biri soddalashtirilgani soliq?
+ yagona foyda solig’i
- mulk solig’i
- yer solig’i
- daromad solig’i
# O’zbekiston Respublikasida 2020 yilda necha xil soliq turi amal qiladi?
+ 9 ta
- 8 ta
- 10 ta
- 13 ta
# Soliq to’lovchi va uning huquqiy vakili bitta shaxs bo’lgan soliqlar qanday nomlanadi?
+ bevosita (to’g’ri) soliqlar
- bilvosita (egri) soliqlar
- soddalashtirilgan soliqlar
- aksiz solig’i
# Soliq to’lovchi va uning huquqiy vakili boshqa-boshqa shaxs bo’lgan soliqlar qanday nomlanadi?
+ bilvosita (egri) soliqlar
- bevosita (to’g’ri) soliqlar
- soddalashtirilgan soliqlar
- aksiz solig’i
# Quyidagi soliqlarning qaysi biri umumdavlat solig’i?
+ foyda solig’i
- yer solig’i
- mol-mulk solig’i
- obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig’i
# Quyidagi soliqlarning qaysi biri mahalliy soliq?
+ mol-mulk solig’i
- daromad solig’i
- qo’shilgan qiymat solig’i
- foyda solig’i
# Soliqlarning boshqa majburiy to’lovlardan farqini ko’rsating?
+ byudjetga undirilishiga ko’ra
- byudjetdan tashqari fondlarga undirilishiga ko’ra
- xayriya fondlariga undirilishiga ko’ra
- Moddiy rag’batlantirish fondiga undirilishiga ko’ra
# O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining 3-yo’nalish.
+ Iqtisodiyotni liberallashtirish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash
- Ijtimoiy sohani rivojlantirish
- Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish
- Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |