2.3.1-rasm. Техnologiya va uskunani yetkazib berish shartnomasini
bajarish bilan band xоdimlar sonining o‘zgarish dinamikasi
Dastlabki bosqichda shartnoma imzolangandan so‘ng sotib olingan
texnologiya va uskunalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish ishlariga,
xaridor xodimlarini o‘qitish, uskunalarni qabul qilish, yig‘ish va o‘rnatish
uchun maydon tayyorlash ishlariga mahalliy va xorij tadqiqot institutlari
va universitetlaridan muhandislar, loyihachilar va texnologlar, qurilish
kompaniyalarining mutaxassislari maksimal miqdorda jalb qilinadi (2.3.1-
rasmdagi uchburchak asosi).
Bu davrda, odatda, uskuna ishlab chiqaruvchilar xaridor xodimlarini
o‘qitishda asosiy rol o‘ynaydi, ilmiy tadqiqot institutlari, universitetlar,
loyiha va qurilish tashkilotlari esa xorijiy uskunani qabul qilishga
Kafolat sinovlari
Хоdimlarning soni
Uskunani yig‘ish
va o‘rnatishga
tayyorgarlikning
boshlanishi
Shartnomani
imzolashdan
kafolat
sinovlarigacha
bajarish vaqti
66
tayyorgarlik ko‘rishda yo‘rdam ko‘rsatadilar. So‘nggi yillarda texnologik
jarayonlar va kompyuterlashtirilgan agregatlar konstruksiyalarining
murakkablashuvi sababli tajribali importerlar sotib olingan uskunalarni
ishlatishga mutaxassislarni o‘qitish va uni qabul qilish ishlarini uskuna
ishlab chiqarilgan joyda amalga oshirishga katta e’tibor bermoqdalar.
O‘qitish agregatlarni o‘rnatish joyida, shuningdek, xorijiy ishlab
chiqaruvchi korxonalarda ham olib boriladi. O‘qitish kurslariga
texnologiyaga, uskunalarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tizimini,
agregatlarni boshlang‘ich materiallar, energiya, ehtiyot qismlar bilan
uzluksiz ta’minlashni tashkil qilishni o‘zlashtirish kiradi. Import
qiluvchining mutaxassislari xavfsizlik texnikasi, atrof-muhit muhofazasi
me’yorlarini, mahsulot sifatini nazorat qilish usullarini o‘rganadilar.
Yetkazib berish hajmiga sifatni buzmaydigan nazorat uskunalari –
rentgen, izotop, ultratovush o‘rnatmalari va spektral analiz uskunalarini
ham kiritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Buyurtmachi korxonaga uskuna yetkazib berishdan ancha oldin
agregatlarni ekspluatastiya qilish joyida mavjud infratuzilma, mahalliy
xomashyo materiallari, iqlim sharoitlari, xodimlarning texnik savodliligini
hisobga olgan holda xorijiy texnologiya jarayonlarini mahalliy
sharoitlarga moslashtirish bo‘yicha fan–texnika izlanishlar o‘tkaziladi va
chora-tadbirlar
ishlab
chiqiladi.
O‘tkazilgan tadqiqotlar hamda
texnologiya va uskunalarni yetkazib beruvchining asosiy agregatlarni
yetkazib berish muddatidan ilgari taqdim etgan texnik hujjatlari asosida
xomashyo materiallari, mahsulot nomenklaturasi va sifatiga texnik
talablarni umumlashtiruvchi texnologiya yo‘riqnomalari tuziladi.
Shu bilan bir vaqtda kontrakt shartlari asosida uskuna ishlab
chiqaruvchi zavodlarga uskunalarni ularni ishlab chiqarish joyida qabul
qilish
uchun
buyutmachining
nazoratchilari
yuboriladi.
Shu
nazoratchilarning uskunalarni loyihalashtirishda ham ishtirok etishi
maqsadga muvofiq, chunki ular o‘z korxonasida import agregatlarni
zamonaviylashtirish va takomillashtirishda qatnashish imkoniyatini qo‘lga
kiritadilar. Shu sababli import qiluvchi o‘zining nazoratchilarini uskunalar
ishlab chiqaruvchi zavodlarga o‘z vaqtida yuborish haqida qayg‘urishi
lozim.
Import uskunani foydalanishga tushirish muddati yaqinlashgan sari
jalb qilingan korxonalar va mutaxassislar doirasi qisqaradi. Ishga tushirish
vaqtida esa faqat o‘qitilgan xodimlar va uskunalar yetkazib bergan xorijiy
firmaning kam sonli mutaxassislari qoladi (2.3.1-rasmda uchburchak
cho‘qqisi – kafolatli sinovlar o‘tkazish nuqtasi).
67
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, import qiluvchi korxonada import
texnologiyalar va uskunalarni ishlatishni boshlash davrida yetkazib
beruvchi firma vakillari bo‘lishi kerak, negaki kafolatli sinovlar arafasida
import uskunaning ayrim zaruriy qismlari bilan butlanmaganligi va
mexanizmlar hamda elektron tizimlarda kamchiliklarning mavjudligi ayon
bo‘lish hollari ko‘p uchraydi. Bu ko‘pincha yordamchi agregatlar, yuklash
qurilmalari va transport tizimlariga tegishli bo‘ladi. Shunday hollarda
darhol yetkazib beruvchi firma vakillariga yetishmovchiliklar va
kamchiliklar to‘g‘risida e’tirozlar bildirish zarur. Shu bilan birga, kafolatli
sinovlar
davrida
uskunalardagi
va
texnologiya
jarayonlaridagi
kamchiliklar xorijiy uskunali obyektning texnik xizmat rahbarlari, ularni
yetkazib berish kontraktlarini imzolashda xorijdan va mahalliy yetkazib
beruvchilardan butlovchilarni yetkazib berish muddatlarini kelishib
olishga yetarli e’tibor bermaganligi, ko‘zda tutilmagan kamchiliklar va
kontrakt muddatlarini bajarmasligining oldini olish maqsadida qismlar va
detallarning
qo‘shimcha
miqdoriga
buyurtma
berishni
nazarda
tutmaganligidan dalolat beradi.
Import agregatlarni ishga tushirishning birinchi bosqichida, odatda,
texnik
xizmat
ko‘rsatishning
kamchiliklari,
ehtiyot
qismlarning
yetishmasligi, ayrim bo‘g‘inlar, shuningdek, tizimlar va mexanizmlarning
ishdan chiqish sabablarini aniqlashning yomon tashkil qilinganligi
aniqlanadi. Ayrim hollarda import qiluvchi korxonaning xorijda o‘qitilgan
mutaxassislari bir qismi uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarda
ishlashga qoladi, boshqa qismi yuqori ish haqiga qiziqib, boshqa milliy
korxonalarga o‘tib ketadi. Bunday vaziyatning oldini olish uchun
uskunani yetkazib berish kontraktida agregatlarni ishlab chiqaruvchi
zavodlarda va shunday agregatlarni ishlatuvchi korxonalarda ko‘zda
tutilmagan vaziyatlarni hisobga olgan holda o‘qitishni nazarda tutish
kerak.
Xorijiy texnologiyalar va uskunalarni ishlatishning birinchi
bosqichida
mahalliy
yetkazib
beruvchilar
bilan
shartnomalarda
belgilangan muayyan sifatli xomashyo, butlovchi mahsulotlar,
materiallar, ehtiyot qismlarni yetkazib berish muddatlariga rioya qilish
muhim hisoblanadi.
Xorijiy texnologiya va uskunalarni yetkazib beruvchi va xaridor
o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,
uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni imzolashda ikkala
tomon vakillarining yo‘l qo‘ygan quyidagi kamchiliklari ziddiyatlarni
keltirib chiqaradi:
68
– shartnoma matnida yetkazib beruvchining uskunalar va
texnologiyalarning texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha kafolatlarining noaniq
ifodalanishi;
– uskunani loyihalashtirishda xaridor mamlakatida agregatni
ishlatishning mahalliy sharoitlarini yetkazib beruvchi tomonidan hisobga
olinmaganligi;
– ishlab chiqarishning haqiqiy xarajatlari yetkazib beruvchining
shartnoma imzolash vaqtida kafolatlagan ko‘rsatkichlaridan oshib ketishi;
– shartnomalarda sotuvchi zavodlarida xaridorning ta’lim olayotgan
mutaxassislarining soni va ularni o‘qitish sifati mezonlari haqidagi noaniq
shartlar.
Litsenziatlar, ya’ni litsenziya xarid qiluvchilarning texnologiya va
uskunalar importi bo‘yicha shartnomalar imzolashdagi xatolarini
kamaytirish uchun bir qator xalqaro tashkilotlar (YUNIDO, YUNKTAD)
ishlab chiqarish vositalarini import qiluvchi rivojlanayotgan davlatlar
uchun qator tavsiyanomalar tayyorladilar. Xususan, texnologiyalarga
litsenziyalarni
import
qiluvchilar
litsenziyaviy
shartnomalarda
litsenziardan (litsenziya yetkazib beruvchidan) turli materiallar va
komponentlarni majburiy xarid qilish; ishlab chiqarishning hajmini,
mahsulotlarning sotish hajmini, baholarning darajasi, hamda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning assortimentini cheklash; litsenziar bilan
kelishmay turib, boshqa texnologiya jarayonlarini qo‘llash yoki
mavjudlarini takomillashtirishni taqiqlash; faqat litsenziarning sotish
tarmog‘i orqali majburiy mahsulot eksporti kabi shartlardan voz
kechishlari zarur.
YUNIDO ekspertlari zaif iqtisodiyotli davlatlarning hukumatlari
iltimoslariga ko‘ra u yoki bu mamlakatning import texnologiyalarni
o‘zlashtirishdagi imkoniyatlarini tahlili bilan xorijda texnologiya va
uskunalarni xarid qilishning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydilar;
import texnologiya va uskunalar komplektini o‘zlashtirish uchun zarur
texnik va moliyaviy mablag‘larning hajmini hisoblaydilar; import
texnologiya va uskunalarning negizida obyektlarni qurish, uskunalarni
o‘rnatish va ishga tushirishning keng dasturlarini tayyorlaydilar; milliy
mutaxassislarni
o‘qitishga
ko‘maklashadilar;
turli
davlatlarning
manfaatdor korxonalari o‘rtasida kooperatsiya va bevosita ilmiy ishlab
chiqarish aloqalarini yo‘lga qo‘yadilar.
Jahon texnologiyalar va uskunalar bozorining ishtirokchilari
tajribasining ko‘rsatishicha, eksport va import qiluvchilar o‘rtasidagi
kelishmovchiliklar ko‘pincha uskunalarni butlash, kafolat sinovlarini
69
o‘tkazish uslubi, yetkazib berilgan uskunalardagi nuqsonlar uchun
javobgarlik,
mahalliy
xomashyo
materiallarining
sotib
olingan
texnologiyaning texnik talablariga mos kelmasligi masalalari yuzasidan
vujudga keladi.
Ko‘p hollarda tomonlar orasidagi ziddiyatlarni shartnomada ikkala
tomonning bir-biriga har qanday texnologik yangiliklar kiritish to‘g‘risida
axborot berish majburiyati haqidagi shart ko‘rsatilishi bilan oldini olish
mumkin. Import qiluvchilar bu holda yetkazib beruvchilarning
texnologiya jarayonlarining takomillashtirilishidan unumli foydalanish
imkoniyatiga, uskunalar va texnologiyalarni yetkazib beruvchilar esa
xaridorlarning ularga xabar bermasdan hech qanday texnik yangiliklar
kiritmasligi kafolatiga ega bo‘ladilar. Uskuna va texnologiyani import
qiluvchilar uchun asosiy qoida: har qanday kelishmovchiliklar va
ziddiyatlardan so‘ng ham
yetkazib beruvchilar bilan do‘stona
munosabatlarni saqlab qolish zarur, chunki kelajakda ularga maslahatlar,
ehtiyot qismlar, texnik yordamlar bo‘yicha murojaat etish zarurati
tug‘ilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |