Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment


 Xorijiy texnologiyalar va uskunalarni qabul qiluvchi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

 
2.3. Xorijiy texnologiyalar va uskunalarni qabul qiluvchi 
mamlakatning sharoitlariga moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar 
 
Hozirgi davrda texnologiya va uskunalarni import qilmaydigan 
birorta mamlakat yo‘q, chunki hech bir davlat o‘z sanoati uchun barcha 
turdagi mashina, uskuna va texnikani ishlab chiqarishga qodir emas. Bu 
O‘zbekistonga ham taalluqli bo‘lib, hozirgi vaqtda bizning oldimizda eng 
yangi xorijiy texnologiya va uskunalarni jalb qilish orqali butun milliy 
moddiy texnika bazani zamonaviylashtirish vazifasi turibdi. 
Xorijiy texnologiya va uskunalarni qabul qiluvchi mamlakat 
sharoitlariga moslashtirish muammolarini o‘rganish bilan ko‘pgina 
tadqiqot markazlari shug‘ullanadi. Angliya Iqtisodiyot institutining 
olimlari shunday xulosaga keldilarki, import texnologiya va uskunalarni 
muvaffaqiyatli va o‘z vaqtida o‘zlashtirishning asosiy sharti, oldindan 
zaruriy texnik-iqtisodiy tadbirlarni o‘tkazish hisoblanadi. Zamonaviy 
texnologiya va uskunalarni import qiluvchi kompaniyalar tajribasiga 
ko‘ra, agregatlar va elektron-hisoblash tizimlarini yetkazib beruvchilarga 
qo‘yiladigan talablar maksimal mehnat unumdorligini, tejamkorlikni 
ta’minlashga, ekologik me’yorlar va standartlarga rioya qilishga 
asoslanishi lozim. Xususan, yetkazib beriladigan uskunalarning texnik 
tavsiflari 
quyidagilarni 
ta’minlashi 
kerak: 
davomli 
to‘xtovsiz 
ekspluatatsiya (amortizatsiya me’yorlarini kiritish ko‘p davlatlarning 
sanoat siyosatlarining tarkibiy qismiga aylandi); qayta ishlash rejimlarini 
elektron-hisoblash tizimlari yordamida qulaylashtirish yo‘li bilan jadal 


64 
texnologik jarayonlarni qo‘llash orqali mehnat unumdorligini oshirish; 
chiqindilarning minimal miqdori; sarflanadigan materiallarni keyinchalik 
ishlatish va ishlab chiqarish chiqindilari to‘la ishlatiluvchi texnologik 
jarayonlarni qo‘llash imkoniyati; ma’naviy eskirgan uskunalarning 
turlariga nisbatan mahsulot birligiga energiya va xomashyo sarfini 
qisqartirish; ishlab chiqarish maydonlarini qisqartirish. 
Bundan tashqari uzoqni ko‘ruvchi importerlar xarid qilinayotgan 
texnologiya va uskunalarga quyidagi talablarni ham qo‘yadi: 
1. Texnologik jarayonlar sanoati rivojlangan mamlakatlarning 
zavodlarida patentlangan va sinalgan bo‘lishi kerak. 
2. Uzatilayotgan texnologiyalar mahalliy sharoitlar, xususan mahalliy 
xomashyo resurslariga moslashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bundan 
tashqari importer xarid qilingan texnologiya va uskunalarni keyinchalik 
takomillashtirish imkoniyatiga ham ega bo‘lishi zarur. 
3. Ishlab chiqarish xarajatlari minimal, hech bo‘lmaganda ma’naviy 
eskirgan uskunalarning turlariga nisbatan past bo‘lishi kerak. 
4. Xarid qilinayotgan texnologiyalar va uskunalar, xaridorning 
zavodida ilgari o‘rnatilgan agregatlarga mos kelishi zarur. 
5. Uskuna yetkazib beruvchining taklifi tez yemiriluvchi detallarning 
ishchi chizmalarini (mahalliy korxonalarda ularni tayyorlash imkoniyatiga 
ega bo‘lish uchun), shuningdek uskunani o‘rnatish va ishlatish uchun mos 
xizmatlar va texnologiyalarning ro‘yxatini ham keltirishi kerak. 
Tajribali importerlar muzokaralarda narxlar, texnik shartlar va 
yetkazib berish muddatlarini muhokama qilish bilan bir vaqtda 
moliyalashtirish shartlarini ham kelishib oladilar. 
Xorijiy texnologiya va uskunalar samarali ishlashining zaruriy sharti 
sifatida xaridor zavodida ishlab chiqarish infratuzilmasi va yetarli texnik 
madaniyat darajasiga ega malakali mutaxassislarning mavjudligi xizmat 
qiladi. Tajriba ko‘rsatishicha, yangi texnologiya mahsulot va xizmatlar 
ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va tajribali xodimlarga ega 
bo‘lgan, uzoq vaqt faoliyat ko‘rsatayotgan eski zavodlarda eng qisqa 
muddatda o‘zlashtiriladi. 
Ko‘p hollarda import texnologiya va uskunalarni o‘zlashtirishdagi 
jiddiy o‘zgarishlar yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasida o‘zaro 
munosabatlarning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi yoki xaridorning 
kontrakt imzolashdan oldin o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga 
olmaganligi uchun resurslarining yetarli emasligi sababli vujudga keladi. 
Bunday holda importerning boshqaruv xodimlarini ishlab chiqarishni 
rivojlantirishning uzoq muddatli yo‘nalishlarini hisobga olmasdan qisqa 


65 
muddatli masalalarni hal qilishga urinishi va uning ishlab chiqarishga 
umuman yangi texnologik jarayonlarni tatbiq etish qaltisligiga moyil 
emasligi natijasida import texnologiya va uskunalar uzoq vaqt davomida 
ishlatilmay turadi. 
Shu bilan birga, yangi texnologiyalarni xarid qilishda shoshma-
shosharlik qilish kontrakt imzolash chog‘ida importerning uskuna 
imkoniyatlarini to‘la anglamasligiga olib kelish holatlari ham uchraydi. 
Natijada importer o‘zining yetarli bilimga ega emasligini ko‘rsatadi va 
ushalmagan umidlar og‘ushida qoladi. 
Import texnologiya va uskunalarni qabul qilish, yig‘ish, o‘rnatish va 
foydalanishga tushirish ishlariga jalb qilingan xodimlarning soni kafolatli 
sinovlar davri yaqinlashishi bilan qisqarib boradi (2.3.1-rasm). 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish