Rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi xalqaro menejment



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/214
Sana03.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#426662
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   214
Bog'liq
150 Xalqaro menejment. Darslik. T 2018

 
 
2.2. Xorijda atrof-muhitga moslashish omillari 
 
Xorijiy 
firma 
faoliyat 
yuritish 
jarayonida, 
odatda, 
milliy 
xususiyatlarga ega bo‘lgan sharoitlarga moslashishi kerak bo‘ladi. Bunda 
moslashish omillari ikki guruhga: 
sub’yektiv
(xorijiy firmaning tashkiliy 
tuzilmasi va strategiyasiga bog‘liq omillar) va 
ob’yektiv
(firma ta’sir 
ko‘rsata olmaydigan va faqat moslashishga majbur bo‘luvchi omillar) 
omillarga bo‘linadi (2.1.1.-rasm). 
Ushbu omillar quyidagilardan tashkil topgan. 
Huquqiy me’yorlar. Xorijiy kompaniyaning xorijda samarali faoliyat 
yuritishining so‘zsiz sharti bo‘lib, qabul qiluvchi mamlakat qonunlariga 
rioya qilish hisoblanadi. Ularga federal, mahalliy va mintaqaviy qonuniy 
hujjatlar kiradi. Bunda huquqiy me’yorlarning milliy xususiyatlari ko‘zga 
tashlanadi. Masalan, Yaponiyada tadbirkorlar shartnomalarda qonuniy 
hujjatlarga asoslanmaslik va muzokaralarga huquqshunoslarni jalb 
qilmaslikni ma’qul ko‘radi. Bu esa ularning sherikka nisbatan yuqori 
ishonchini namoyon qiladi. 
Kompaniya xodimlarining milliy mansubligi. Sayyoramizdagi etnik 
guruhlar o‘rtasidagi madaniy, iqtisodiy va siyosiy tafovutlar qabul 
qiluvchi mamlakatda menejment uslubiga, ishlab chiqarish va sotish 
usullariga moslashishga, mahalliy xodimlar bilan munosabatlarga va 
pirovardida mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir etadi. Xorijda o‘z 
millatidagi malakali ishchilar va xizmatchilarni, ya’ni bosh 
kompaniyaning shtab-kvartirasi joylashgan mamlakat fuqarolarini 
ishlatish firmani xorijdagi samarali faoliyati uchun ishonchliroq. Shu bilan 
birga, qabul qiluvchi mamlakat mutaxassislarini yollash bir qator 
afzalliklarga ega. Ularning mahalliy-mintaqaviy va federal hukumat 
muassasalari bilan munosabatlarni o‘rnatishlari yengilroq, o‘z milliy 
bozorining xususiyatlarini, iste’molchilarning didlari va talablarini yaxshi 
biladilar va pirovardida xorijiy kompaniyaning qabul qiluvchi mamlakat 
3
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари 
ва чоралари. –Т.: Ўзбекистон, 2009. 


59 
sharoitlariga tezroq va osonroq moslashishiga yordam beradilar. 90-
yillarda qabul qiluvchi mamlakat mutaxassislari sonining TMK 
boshqaruvining, hatto yuqori darajalarida ko‘payish holati ham ana shu 
sabablar bilan tushuntiriladi. 
Mahalliy urf-odatlar. Qabul qiluvchi mamlakatlarning urf-odatlari 
ba’zan sanoati taraqqiy etgan davlatlarda qabul qilingan biznes 
yuritishning umumiy me’yorlari va ishga doir etikadan jiddiy farq qiladi. 
Ayrim rivojlanayotgan davlatlarda rasmiy shaxslarni rag‘batlantirmasdan 
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish qiyin. 
Ishlab chiqarish munosabatlari. Xorijda xorijiy tadbirkorlik bilan 
shug‘ullanishni boshlashdan oldin qabul qiluvchi mamlakatda o‘rnatilgan 
ishlab chiqarish munosabatlarining prinsiplarini, kasaba uyushmalarning 
faoliyati va mehnat qonunchiligini o‘rganish maqsadga muvofiq. 
Aksiyadorlar uchun jozibali tomonlar. Qabul qiluvchi mamlakatda 
aksiyadorlarni birinchi navbatda, albatta, aksiyalarga belgilangan yuqori 
dividendlar qiziqtiradi. Bundan tashqari kompaniya yillik hisobotlarida 
potensial aksiyadorlar uchun kompaniyaning texnologik yutuqlari va 
faoliyat qaltisligini qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida 
ma’lumotlar chop etiladi. Tarmoqning birinchi beshligiga kiruvchi 
kompaniyalarning aksiyalari eng katta qiziqishga ega bo‘ladi. 
Raqobat. Xalqaro toifali menejer jahon bozoriga chiqish milliy 
bozordagi faoliyatdan ko‘ra raqobatchilar sonining o‘sishi bilan bog‘liq 
qo‘shimcha muammolarning paydo bo‘lishini hisobga olishi zarur. 
Iste’molchilar. Turli mamlakatlarda iste’molchilarning talabi va 
didlari 
jiddiy 
farqlanadi. 
Xalqaro 
toifali 
menejerning 
asosiy 
muammolariga ana shu turli– Тuman ehtiyojlarni qondirish yo‘llarini 
topish kiradi. Bu muammoning hal qilinishini turli davlatlarda mahsulot 
va xizmatlarni sotish uchun tajribali xodimlarni tanlash, shu jumladan 
qabul qiluvchi mamlakatdagi mahalliy mutaxassislarni yollash ancha 
osonlashtiradi. Masalan, AQShda avtomobillar bozorining 20 foizdan 
ortig‘ini egallagan Yapon avtomobillarini sotish bilan, odatda, Yaponlar 
emas, balki ular yollagan yuqori malakali Amerikalik menejerlar 
shug‘ullanadi.
Texnologiya. Xalqaro bozorda harakatlanuvchi kompaniyalarning 
fan–texnika taraqqiyot darajasi eng yuqori hisoblanadi. Ular turli 
davlatlardagi eng yetakchi firmalar bilan texnologiyalar ayirboshlash 
hisobiga uskunalarni, texnologiya va mahsulot assortimentini yangilashni 
tezroq amalga oshiradilar. Tabiiyki, xalqaro kompaniya menejeriga turli 
davlatlarda mualliflik huquqlari va patentlarini himoya qilish haqidagi 


60 
qonunlarni muntazam o‘rganish zarur. Bunda texnologiyalar almashuvi 
qo‘shma korxonalar yoki strategik alyanslar tashkil qilish shaklida sodir 
bo‘lishini nazarda tutish lozim. Masalan, yo‘lovchi samolyotsozligining
yetakchisi – “Boing” korporatsiyasi (AQSh) 260 yo‘lovchilik bortiga ega 
7000 milgacha uzluksiz parvoz qilishga mo‘ljallangan Boing – 767 
laynerini yaratish uchun ITTKI ishlarini o‘tkazishda Yaponiyaning 
“Kavasaki” va “Fudji” kompaniyalari bilan hamkorlik qildi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish