156
umumiy portfelning bir qismi mulkdori hisoblanadi
. Fondlar o‘z qimmatli
qog‘ozlar
portfellarini
shakllantirishda
tajribali
mutaxassislarni
yollaydilar.
Boshqa shakllarga nisbatan investitsiya fondlari bir qator ajralib
turuvchi o‘ziga xos qirralarga ega:
birinchidan
,
o‘z pul mablag‘larini investitsiya vositachisi
(boshqaruvchi)ga taqdim etuvchi shaxslar investitsiyalash bilan bog‘liq
risklarni zimmalariga oladilar;
ikkinchidan
, boshqaruvchi aksariyat shaxslar (jismoniy singari,
yuridik shaxslar)ning mablag‘larini, alohida
badallarni yagona pulda
egasizlashtirib hamda shu bilan birga, ko‘rsatib o‘tilgan risklarni jamoaviy
investitsion sxemaning ishtirokchilari uchun o‘rtachalashtirgan holda
birlashtiradi;
uchinchidan
, investitsiyalashning an’anaviy shakllaridan farqli
o‘laroq (banklar, sug‘urta kompaniyalari, individual (alohida) pensiya
schyotlari va h.k.) investitsiya fondlari sxemalari oldindan kelishib
olingan to‘lovlarni ko‘zda tutmaydi;
to‘rtinchidan
, investitsiya sxemalarida
ishtirok etuvchi investor
to‘plangan mablag‘larni investitsiyalash yo‘nalishi haqida xabardor
bo‘lishi va shu munosabat bilan u o‘zining investitsion afzalliklariga
ko‘proq mos keluvchi investitsiyalash shaklini tanlash imkoniga ega
bo‘ladi;
Alohida mamlakat va mintaqalar kabi, umuman, jahon iqtisodiyotida
ham
moliyaviy
tizimni
barqarorlashtirish
jarayonida
jamoaviy
investitsiyalarning ijobiy rolini baholash murakkabdir. Investitsiya
fondlari jahonda jamoaviy investitsiyalashning keng tarqalgan va istiqbolli
shakliga aylandi.
Investitsion fondlarning asosiy iqtisodiy ustunliklariga quyidagilar
kiradi:
• samaradorlik
va axborot shaffofligi;
• diversifikatsiya;
• malakali boshqaruv;
• likvidlik;
• qulaylik;
• soliq imtiyozlari;
• tartibga solish.
Samaradorlik va axborot shaffofligi
. Fond bozorining eng yuqori
daromadlari ushbu bozorning noaniqligi va yuqori o‘zgaruvchanligi bilan
bog‘liqligi ma’lum. Shuning uchun investitsion fondlarning aksiyalarini
157
uzoq muddatli investitsiyalar sifatida ko‘rib chiqish lozimligini qayd etish
muhimdir. Fond investorlari uzoq muddatli maqsadlarga ega bo‘lib, bozor
fluktuatsiyasi ularni qiziqtirmaydi, ular xavotirga tushmaydi hamda
moliya bozorida faollik pasayishi holatlaridan o‘z
paketlarini bekor
qilmaydilar.
Investitsiya fondlari amal qilishi va muvaffaqiyatining bosh asosi –
ular oddiy investorlarga ular uchun mutlaqo yangi manbalardan
daromad olish imkoniyatini berganliklaridadir
. Xullas, so‘nggisi
investorlar omonatlarini diversifikatsiyalash imkoniyatini anglatadi.
Investitsiya
fondlari
tufayli
investorlar
(omonatchilar)
diversifikatsiyalangan investitsiya portfelini
yaratish imkoniga ega
bo‘ldilar, bu esa qoplanmagan riskni kamaytirish va qoplangan riskni
oshirishga yordam beradi. Risk tarkibidagi bunday o‘zgarish risk uchun
ko‘proq kompensatsiya olish imkonini yaratadi.
Hozirgi vaqtda (yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek)
moliya bozorida
jamoaviy investitsiyalashning bir necha asosiy shakllarini ajratish
mumkin: tijorat banklari, nodavlat pensiya jamg‘armalari, sug‘urta
kompaniyalari, investitsiya fondlariga qo‘yilmalar. Qator holatlarda ular
daromadlilik darajasi, ishonchlilik darajasi, axborot oshkoraligi,
davlat
tomonidan tartibga solish darajasi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi.
Investitsiyalashning qayd etib o‘tilgan shakllari bir qator muhimroq
mezonlar bo‘yicha qiyoslab chiqiladi:
•
daromadlilik
– ushbu investitsion institut investorlarga qanday
daromad darajasini taklif etadi;
•
ishonchlilik
– ushbu investitsion institutga qo‘yilmalar qanchalik
ishonchli;
•
likvidlilik
– investor tomonidan kiritilgan mablag‘lar qanchalik oson
va tez undirilishi mumkin;
•
axborot oshkoraligi
–
investor, o‘zi qo‘ygan mablag‘laridan
foydalana olishi va ushbu investitsion institut faoliyati to‘g‘risida to‘liq va
to‘g‘ri ma’lumot olish imkoniga egami;
•
davlat tomonidan tartibga solish
– davlat tomonidan tartibga
solishning me’yoriy asosi qanchalik to‘liq ishlab chiqilgan va davlat
ushbu investitsion institutni qanchalik qat’iy tartibga solishi;
•
eng kam qo‘yilma bo‘yicha cheklovlar
– alohida investorlar uchun
eng kam qo‘yilma bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilganmi;
• qo‘shimcha (zaxira) talablar – ushbu investitsion institut uchun
majburiy zaxira fondlarini shakllantirish bo‘yicha talablar o‘rnatilganmi.
158
Aksariyat mezonlar bo‘yicha:
ishonchlilik, likvidlik, axborot
oshkoraligi, davlat tomonidan tartibga solish darajasi, eng kam qo‘yilma
bo‘yicha cheklovlar yo‘qligi – investitsiya fondiga qo‘yilmalar eng afzali
hisoblanadi
.
Do'stlaringiz bilan baham: