152
VII bob. XALQARO MENEJMENTDA INVESTITSION
FAOLIYAT
7.1. Xalqaro investitsiyalar shakllari
Xalqaro investitsiyalar
– iqtisodiyotning o‘sishi va rivojlantirilishi
maqsadida moddiy va moliyaviy resurslarning harakati va birlashish
jarayonini qamrab oluvchi keng va ko‘lamli tushuncha.
Xalqaro
investitsiyalar
– moliyaviy kapital harakati shakli. Erkin xalqaro
kapitallar,
birinchi navbatda, jahonning eng yuqori foyda olish imkoni
bo‘lgan tarmoq va mintaqalariga intiladilar.
Xalqaro investitsiyalar zamirida, odatda, ayni vaqtda investitsion
jarayon ishtirokchilarining kelgusida daromad
olish maqsadida xorijiy
qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa mulkiy qimmatliklarga bo‘lgan zarur
ehtiyojlari qondirilgandan so‘ng qolgan erkin mablag‘larning
qo‘yilmalari tushuniladi.
Investitsiya jarayonining asosiy ishtirokchilari
ijroiya hokimiyatining
turli organlari, korporatsiyalar va jismoniy shaxslar nomidan davlatdir.
Turli bosqichlarda zarur ehtiyojlar ham turlichadir:
butun davlat darajasida
– bu ijtimoiy ahamiyatga ega inshootlar
(maktablar,
shifoxonalar, ko‘priklar, tozalovchi inshootlar va h.k.)ga
kapital qo‘yilmalari va budjet defitsitini moliyalashtirish (chegaralarni
mustahkamlash, davlat mudofaasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va
h.k.lar joriy xarajatlarni moliyalashtirish);
korporatsiyalar darajasida
– bu kapital qurilish, bino va inshootlar
xaridi, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy– Тexnika,
xomashyo va energiya ta’minoti, ishchilarga to‘lovlar va h.k.;
shaxs darajasida
– zarur turmush darajasini ta’minlash uchun tovar
va xizmatlar xaridi.
Iqtisodiy ma’noda xalqaro investitsiyalar
alohida xususiyatlarga ega
tovarlar –
xalqaro investitsion tovarlar
oldi-sotdisini namoyon etadi.
Ularning xususiyati tovar bozorlari tarkibida egallagan o‘rin va rollaridan
iborat.
Xalqaro investitsion tovarlar
kelgusida har qanday ehtiyojlarni,
agar ularni qondirishni biror muddatga qoldirish kerak bo‘lmasa,
qondirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan daromad keltiradi.
Investitsion jarayon rivojlanishi mobaynida bir qancha bosqichlardan
o‘tgan. Mehnat
taqsimotini rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlarini
murakkablashtirish, investitsion tovarlarning yangidan yangi turlari
paydo bo‘lishida qimmatli qog‘ozlar investitsiya bozorida mutlaqo
153
alohida ahamiyat kasb etdi. Qimmatli qog‘oz
har qanday investitsion
tovarni ifodalashning doimiy shakliga aylandi. Investitsion jarayon tarixan
va mantiqan izchil ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalardan real
aktivlarga yoki qimmatli qog‘ozlar mulkiy qimmatliklar yoki qimmatli
qog‘ozlar portfelida bilvosita investitsiyaga tomon rivojlangan.
Shunday qilib, qimmatli qog‘ozlar bilan asoslangan investitsion
jarayonni investitsion jarayonning oddiy shakli deb atash mumkin. Ushbu
shakl sxema ko‘rinishida 18-rasmda quyidagicha tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: