Moliya bozorida banklar va nobanklar



Download 14,26 Kb.
Sana12.11.2022
Hajmi14,26 Kb.
#864498
Bog'liq
MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA NOBANKLAR


MOLIYA BOZORIDA BANKLAR VA NOBANKLAR
Umuman olganda, bank – bu moliyaning mahsus faoliyat sohasi bo’lib, moliya bozori orqali pul resurslarini jamlab, ularni iqtisodiyotning turli samarali sub’ektlariga manfaatli taqsimlaydigan alohida moliyaviy institut hisoblanadi. Bunda bank pul va moliyaviy instrumentlar yordamida o’zi bilan bog’liq shaxslar (kreditorlar, egalari-investorlar, joriy operatsion hizmatidan foydanuvchi mijozlar, kredit oluvchilar, sheriklari) risklarini ma’lum (kelishilgan) haq evaziga qabul qilib oladi va jamlangan risklarni manfaatli (foyda olish va foyda bilan ta’minlash maqsadida) difersifikatsiyalash asosida professional boshqaradi. Moliya bozorida bunday faoliyatni ihtisoslashgan yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan turli mulkchilik shaklida tuzilgan banklar amalga oshiradi. Bunda banklar tijorat tashkilotlari sifatida ma’lum risklarga moyil bo’lganliklari sababli, ular moliya bozori orqali o’z risklarini boshqaradilar.
Banklar faoliyatining mexanizmi, hossa va xususiyatlari evaziga moliya bozori tarkibida alohida segment – bank kapitali va hizmatlari bozori faoliyat yuritadi va rivojlanadi. Bunda ular kredit, pul vositalari bilan bog’liq operatsiyalar institutlari, moliyaviy resurslar va instrumentlar akkumulyatori va mos ravishda yirik investitsiyalar manbai, institutsional investor, professional emitent va vositachi sifatida namoyon bo’ladi. Bashqacha qilib aytilganda, banklar moliya bozorining pul, valyuta va kredit (bank kapitali) segmentida tegishli operatsiyalarini bajaradi, fond instrumentlari segmentida esa qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq moliyaviy hizmat, emission va investitsion operatsiyalarni amalga oshiradi. Bundan tashqari banklar o’z faoliyatlari doirasida ko’chmas mulk bozorida va ipotekaviy hizmatlarni ham ko’rsatadi.
Ko’rinib turibdiki, banklar sug’urta kompaniyalari va investitsiya institutlari bilan bir qatorda moliya bozorining professional, o’ta zarur, foydali va eng salmoqli qatnashchilaridan hisoblanadi.
Aytilgan operatsiyalar negizida davlat (markaziy) banki va tijorat banklari o’zaro bog’liqlikda bank tizimini hosil qilib, markaziy bank boshchiligida moliya bozori orqali iqtisodiyotda kredit-pul (monetar) siyosatini yuritadi. Bu esa moliya bozorining risksizlilik, jalbdorlilik, barqarorlik, moliyaviy havfsizlik darajasini ko’tarishga, samarali investitsion hajmini va jarayoni sifatini oshirishga hizmat qiladi.
SHunday qilib, banklar umuman iqtisodiyotda, xususan moliya bozorida quyidagi rollarni bajaradi:
- monetar siyosatni ta’minlovchi institutlar;
- iqtisodiyot sub’ektlariga kredit, pul vositalari bilan bog’liq operatsiyalar bo’yicha professional hizmatlar ko’rsatuvchi institutlar;
- moliyaviy resurslar akkumulyatori, yirik investitsiyalar manbai;
- institutsional investor (belgilangan tartibda);
- qimmatli qog’ozlar chiqaruvchi (belgilangan tartibda);
- fond bozorida professional hizmat ko’rsatuvchi institut.
Aytilganlarni xalqaro bank tizimi rivojlanishi tendentsiyalari asosida ko’rish mumkin
Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi banklar operatsiyalari va daromadining foiziga yaqin miqdori qimmatli qog’ozlar bozorida shakllanmoqda. Daromadining qolgan qismi esa traditsion bank operatsiyalaridan hosil bo’lmoqda. Bu holatni investitsiya banklari faoliyati misolida ko’rish mumkin.
Investitsiya banki – bu asosan qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarga ihtisoslashgan kredit-moliya instituti. Uning maqsadi: moliya bozorlari orqali qo’shimcha pul mablag’larini jalb qilish, o’z mijozlarini (jumladan davlatni) uzoq muddatli kreditlash.
Investitsiya banklari mumtoz ma’nodagi banklardan farqlanib, oddiy banklarga o’hshash ko’p turdagi bank operatsiyalarini bajarmaydilar. Odatda ularni investitsion bankirlar deb nomlashadi. Bunda ularning qimmatli qog’ozlar bo’yicha moliyaviy vositachi (qimmatli qog’ozlarni chiqarish va joylashtiruvchi hamda ular bilan bog’liq savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi) sifatidagi faoliyati nazarda tutiladi.
Zamonaviy investitsiya banki hozirda na faqat fond bozorlarida qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarni bajaradi, balki kompaniyalarni birlashtirilishi (yutib borilishi) va o’zaro birlashishini tashkillashtirish, ipotekani va venchur kapitalini boshqarish bilan ham shug’ullanadi.
Aytish joizki, G’arb mamlakatlari qonunlari va statistikasida barcha moliyaviy institutlarni ularning asosiy funktsiyalari bo’yicha farqlanadi. Lekin amaliyotda esa borgan sari tijorat va investitsiya banklari orasidagi farq yo’qolib bormoqda. Bunga misol qilib ko’rsatish mumkinki, masalan, AQSHdagi tijorat banklari qonunchilik (1933 yildagi Glass-Stigal va qimmatli qog’ozlar to’g’risidagi qonunlar) bilan o’rnatilgan to’siqlarni chetlab o’tib, o’z faoliyatlarini universallashtirish yo’lida bank xoldinglarini, investitsiya korporatsiyalarini tuzganlar va fond bozorida bilvosita faol qatnashganlar. Ko’p yillik bunday samarasiz cheklovchi tajribadan keyin hozirda (2001 yildan boshlab) AQSH banklariga fond bozoridagi qo’yilgan to’siqlar olib tashlangan.
Investitsiya banklari turli mamlakatlarda ma’lum xususiyatlarga ega. Masalan, Buyuk Britaniyada – turli profilli investitsiya kompaniyalari, savdo banklari. Bunda savdo banklari oddiy bank operatsiyalaridan tashqari, aktsiyadorlik kompaniyalari, pensiya fondari, sug’urta kompaniyalari qimmatli qog’ozlarini boshqarish bilan ham shug’ullanadi.
Download 14,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish