Tarixi fanidan mustaqil ishi



Download 218,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.02.2022
Hajmi218,22 Kb.
#426607
  1   2
Bog'liq
DIMA.docx2



 
NDKI ENERGETIKA FAKULTETI 
 
33SB-21E SIRTQI BULIM 1- KURS TALABASI 
SAPARBAYEV DILRUX 
REDJEPBAYEVICH 
O'ZBEKISTONNING ENG YANGI 
TARIXI FANIDAN 
 
MUSTAQIL ISHI 
 
 
MAVZU:
KUCHLI IJTIMOIY SIYOSAT 
KONSEPSIYASINING SHAKLLANISHI 
BOSQICHLARI VA RIVOJLANTIRILISHI 
 
 
 
 
 
 


Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va 
rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib 
borish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy 
faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo‘ltransport muhandislik-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-
fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat 
siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va 
manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki. 
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 
Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
yuksaltirish, 
jamiyatda 
korrupsiyaga 
nisbatan 
murosasiz 
munosabatni 
shakllantirish.
 
Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda 
islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib
turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. 
Bozor munosabatlariga o‘tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy 
himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rib borildi. Shu maqsadda miqdori 
muntazam o‘zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar,
kompensatsiya to‘lovlari tarzidagi pul to‘lovlari keng qo‘llanildi.
Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi.
Bunday to‘lovlar miqdori 2000 yilda 187,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Faqat 2000 yilning o‘zida aholining kam ta’minlangan qismiga 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari- mahalla yig‘inlari orqali 54,2 mlrd. 
so‘m miqdorida nafaqa, ko‘mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turar joylar, 19,5 ming o‘rinli 
kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o‘rinli maktablar, 
15,3 ming o‘rinli akademik litseylar, 126,5 ming o‘rinli kasb-hunar kollejlari qurilib 
foydalanishga topshirildi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va gazlashtirish bo‘yicha keng 
qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000 yillarda 22,6 ming km. Suv 
quvurlari va 54,1 ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini 
gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda 
ta’minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko‘tarildi.
Yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. Respublikada
aholiga tibbiy va ijtiomiy xizmat ko‘rsatishning rivojlangan tizimi bunyod etildi.
Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni3 mingdan 4,8 
minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylairda 1600 ta vrachlik punktlari 
ochildi.
Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo‘yicha malakali 
tibbiy yordam ko‘rsatmoqda.
1994 yilda aholining dori-darmonga bo‘lgan ehtiyoji Respublikada ishlab 
chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo‘g‘I 4,5 foizga qondirilar edi. 2003 yilga kelib,
katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko‘rsatkich 25 foizgacha 
o‘sdi.


Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi 
tubdan o‘zgartirildi, xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi 
yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy 
tanazzul davridan o‘tib oldi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, 
iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi zarur shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy 
mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirish 
natijasida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning 
tafakkuri, hayotga bo‘lgan munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Turmush darajasi, 
oilasining farovonligi o‘ziga bog‘lik ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora 
ko‘payib bormoqda
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotinig muhim sharti va 
kafolatidir.
Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy
va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va 
mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. SHuning 
uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O‘zbekiston taraqqiyotining ustivor 
yo‘nalishi deb belgilandi.
Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga 
duchor bo‘lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida xalqimizning boy 
ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo‘lgan. Ayniqsa, chor
mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-
odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, 
ko‘plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi,
qarovsiz qoldi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan
boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish,
jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jamiyat 
ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy 
islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi.
Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga
oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga
buyuk hissa qo‘shgan bobolarimiz-Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin 
Naqshband, Xo‘ja Ahmad YAssaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Mirzo
Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa ko‘plab
ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan 
kunlari butun mamlakat bo‘yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asarlari nashr 
etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat 
qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag‘ishlamoqda, jamiyatimizni ma’naviy 
yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish
milliy axloqiy qadriyat hamda an’analar va muqaddas dinimizning o‘rni va 
ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy 
merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta 
olmaydi. SHu bois mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini 
xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish 
borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.


O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa 
sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A.Karimovning
bir guruh tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo‘lgan suhbatida, Vazirlar
Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan
«O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini 
takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida belgilab berildi.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari 

Download 218,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish