Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet582/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   578   579   580   581   582   583   584   585   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

San‟at - estetik 
tarbiyaning muhim vositasi.
Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko‗ra, 
ushbu jarayonni insonning o‗zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san‘at 
mohiyatan shaxsning xis-tuyg‗ulariga ta‘sir ko‗rsatishga qodir bo‗lgan muhim vosita sifatida insonni 
doimo o‗ziga jalb etib kelgan. San‘at insonning ehtiroslar va tuyg‗ular olamiga singib borib ularni 
yig‗latadi, kuldiradi, o‗ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo‗lsa kerak san‘at barcha davrlarda 
insonga hamroh bo‗lib kelgan. Ma‘lumki, ehtiroslar, tuyg‗ular, kechinmalar insonning tirikligidan dalolat 
beradi. CHunonchi, ijobiy fazilatlar, badiiy-estetik ideallar inson hayotining mazmuniga ko‗rk 
bag‗ishlaydi. Tarbiyada ayniqsa, axloqiy va estetik tarbiyada hayotning mazmuni va maqsadi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Gohida maqsad mavhum tushunchaga aylanib shaxsning tabiatiga mutlaqo zid 
bo‗lgan holatlarni keltirib chiqaradi. Pirovardida inson bunday maqsadlarning ta‘siridan zarar ko‗radi. 
San‘at Shu ma‘noda zamonaviy insonni estetik jihatdan tarbiyalashdagi asosiy vositaki, u insonning 
estetik tuyg‗ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo‗naltiradi, uning kelajakda buyuk ishlarni amalga 
oshirishiga ko‗mak beradi. Biroq, tuyg‗ulari xali shakllanib ulgurmagan, estetik didi risoladagidek 
darajaga ko‗tarilmagan odam mavjud hayotiy qiyinchilik va tashvishlar qarshisida ojizlik qiladi va 
natijada yot g‗oyalar ta‘siriga tushib qoladi. Ana Shunday salbiy holatlarning paydo bo‗lmasligi uchun 
ham san‘at o‗zini tobora insonga yaqinlashtirib boradi. CHinakam san‘at insonni bu xolatdan qutqarishga 
qodir bo‗lgan estetik tarbi vositasidir. Shuningdek, shaxsning estetik tarbiyasini san‘at vositasida amalga 
oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat bilan ifodalash mumkin. Birinchidan, san‘at ijtimoiy 
anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta‘sir ko‗rsata olish 
imkoniga ega. Ikkinchidan, san‘at insonni estetik jihatdan kamolotga etkazish jarayoniga muayyan 
mafkuraviy mazmun bag‗ishlashi bilan birga inson ma‘naviy qadriyatlarini ro‗yobga chiqarishda 
yaqindan yordam ko‗rsatadi. San‘at o‗zining estetik bisotini to‗laligicha namoyon qilishi uchun ham 
tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog‗lanadi. CHunonchi, inson tafakkurini go‗zallashtirish estetikaning 
tadqiqot obekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma‘naviy dunyoni inson tomonidan estetik 
anglash bilan belgilanadi. Ma‘lumki, fuqarolarda yuksak did va idealni shakllantirish estetik tarbiyaning 
asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifaning zalvorli yukini avval ham, hozir ham va bundan keyin 
ham chinakam san‘at, adabiyot va ma‘rifat ko‗tarishiga Shubha yo‗q. Shuni aytish lozimki, so‗nggi 
yillarga kelib san‘at va madaniyatga jamiyat hayotini o‗zgartiruvchi, unga xizmat qiluvchi, fikrlar 
almashinuvini ta‘minlovchi hamda estetik ahamiyat kasb etuvchi murakkab ijtimoiy jarayon sifatida 
munosabat bildirilayotganligi diqqatga sazovor. Negaki, turli–tuman madaniy–ma‘rifiy tadbirlar, rang–
barang ko‗rik–tanlovlar, san‘at bayramlari va festivallarini o‗tkazilshi o‗z navbatida kishilarni tayyor 
ma‘naviy «mahsulotning iste‘molchisi»ga aylanib qolishidan saqlaydi. Shuningdek, san‘atning inson 
estetik tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati yana Shu bilan izohlanadiki, san‘at avvalo; voqelikni badiiy 
qiyofalar yordamida aks ettiradi, o‗zida moddiylik va ma‘naviylikning estetik mazmunini namoyon 
qiladi, ijtimoiy hayotga Yangicha ko‗rk bag‗ishlaydi, ularni qaytadan tashkil etadi va o‗zgartiradi. Ana 
Shunga ko‗ra, insonning bilimlilik tomoni san‘atning ko‗rinishlarini namoyon ettirish holatlarini amalga 
oshiradi. Mazkur xolatlar natijasida estetik tarbiyaviylik hususiyati o‗z ifodasini topadi. Demak, ko‗rinib 
turibdiki, san‘at voqelikka estetik munosabatning kengqamrovli sohasi bo‗lib, u insonni nafosatli hamda 
badiiy didini shakllantirishda muhim vosita vazifasini bajaradi. San‘atning tarbiyaviy-g‗oyaviy funksiyasi 
hayot haqiqatlarini qaytadan tiklash orqali namoyon bo‗ladi. Estetik haqiqatning o‗zi esa hayotni badiiy 
ijod qonunlari bilan aks ettirishi natijasida vujudga keladi. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   578   579   580   581   582   583   584   585   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish