Dixotomik bo‗lish
bo‗linuvchi tushunchani o‗zaro zid bo‗lgan ikkita tur tushunchaga
ajratishdan iborat. Masalan barcha kishilarni "dindorlar" va "dindor emaslarga" ajratsak, dixotomik
tarzda bo‗lgan bo‗lamiz. Dixotomik bo‗lish bir qator qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz
bo‗linuvchi tushunchaning barcha turlarini ko‗rsatib o‗tirmasdan, o‗zimizga kerakligini ajratamiz,
qolganlarini unga zid bo‗lgan tushunchaga birlashtiramiz. Shu bilan birga dixotomik bo‗lish
ma‘lum bir kamchiliklarga ham ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq bo‗ladi. Undan
tashqari dixotomik bo‗lishdan faqat bir marta foydalangandagina kutilgan maqsadga erishish
mumkin. Agar bo‗lish a‘zolaridan biri, ayniqsa inkor tushunchani o‗z navbatida bo‗linvchi
tushuncha deb qabul qilib, bo‗lish amalini davom ettirsak, xato natijalar kelib chiqishi mumkin.
Bo‗lish amali to‗g‗ri borishi uchun ma‘lum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular
Do'stlaringiz bilan baham: |