43
qiziqishini qondira olmadi. Shuningdek ular sezilarli darajada o‗sgan va murakkablashgan tajriba va
bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan
chiqolmay qoldi.
Taniqli nemis faylasufi Karl Yaspers ta‘biri bilan aytganda, bu davrda (uni faylasuf
«dunyoviy vaqt» deb ataydi) insoniyat o‗z rivojlanishida katta burilish yasagan. Osoyishtalik va
barqarorlik ruhi bilan yo‗g‗rilgan mifologiya davri nihoyasiga etdi, oqilonalik va oqilona
tekshirilgan tajribaning mifga qarshi kurashi natijasida u asta-sekin chekina boshladi. «Jahon tarixi
o‗qini taxminan miloddan avvalgi 500, 800 va 200 yillar oralig‗ida Yuz bergan ma‘naviy jarayon
bilan bog‗lash o‗rinli bo‗lsa kerak, - deb yozadi K.YAspers. – Shu davrda tarixda eng katta burilish
yasaldi. Hozirgi tipdagi inson va ilk faylasuflar paydo bo‗ldi. Inson ayrim individuum sifatida o‗z-
o‗zida tayanch izlashga jur‘at etdi. Xitoy zohidlari, Sharq mutafakkirlari, Hindiston tarki
dunyochilari, Yunoniston faylasuflari va Isroil avliyolari e‘tiqodi o‗z ta‘limotining mazmuni va
ichki tuzilishiga ko‗ra bir-biridan qay darajada farq qilmasin, o‗z mohiyatiga ko‗ra yaqindir. Endi
inson botiniy darajada o‗zini dunyoga qarshi qo‗yishi mumkin bo‗ldi. Inson o‗zida unga dunyodan
va o‗z-o‗zidan yuksakroq ko‗tarilish imkonini beruvchi ichki salohiyatni kashf etdi»
11
.
Yuz bergan o‗zgarishlarning yana bir sababi Shundaki, mifologiya olish, rivojlantirish va
tushuntirish uchun navbatdagi miflar emas, balki tabiiy qonuniyatlar va tabiiy-sababiy
bog‗lanishlarga murojaat qilish talab etilgan ilmiy bilim kurtaklari bilan to‗qnashdi. Pirovardida
odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt ichida tub o‗zgarishlar Yuz berdi; unda bilim, tafakkur,
tahliliy fikrlash tobora muhimroq rol o‗ynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va
emotsiyalar darajasida idrok etishga asoslangan har xil e‘tiqodlarni chetga chiqarib qo‗ydi.
Faqat
so‗zlariga ishonish kerak bo‗lgan ota, kohin, ruhoniy o‗rnini, savollar beruvchi va anglashga
chorlovchi muallim faylasuf egalladi. U Shubha urug‗ini sochib, qiziqish uyg‗otdi va: «Ishonma,
balki o‗zing fikr qil!», deya da‘vat etdi.
Faylasuf tafakkurni xurofot va bid‘atlardan tozalab, uni erkinlashtirdi va mifologik yoki diniy
dunyoqarashga mutlaqo xos bo‗lmagan tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirdi.
Ajdodlardan
meros qolgan «donishmandlik» manbai sanaluvchilar, tayyor bilimlar va shak-Shubhasiz
haqiqatlarni e‘tiqod sifatida qabul qilishga chorlovchilardan farqli o‗laroq, faylasuf savollarni
ta‘riflashni va avvalo sog‗lom fikr va o‗z aql-zakovatining kuchiga tayanib, ularga javob qidirishni
o‗rgatatdi
Do'stlaringiz bilan baham: