42
bo‗lib tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik ko‗rsata olmagan ibtidoiy jamoa davrida
dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar Yuzaga kelgan.
Fetishizm
u yoki bu predmetni mo‗jizakor xislatlarga, odamlar hayotiga ta‘sir ko‗rsatish
qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Bunday predmet ilohiylashtiriladi, sig‗inish va topinish ob‘ektiga
aylanadi.
Animizm
(lot. anima – jon) – nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq
hodisalarini ham ruh, jon boshqarib turishiga ishonishdir. Animizm nuqtai nazaridan butun dunyo
ruhli va jonli.
Totemizm
negizini muayyan odamlar guruhining totem, ya‘ni sig‗inish ob‘ekti sanalgan
ajdod deb e‘lon qilinadigan u yoki bu hayvon, o‗simlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga
bo‗lgan ishonch tashkil etadi, zero totem mazkur jamoa yoki urug‗ning qudratli homiysi,
himoyachisi hisoblanadi, uni oziq-ovqat va Shu kabilar bilan ta‘minlaydi. (Hindistonda Xonumon
maymuni, sigir, Avstriyada kenguru, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet )
Magiya
(yunon. mageia – sehrgarlik) ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo‗lib, uning
zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o‗ziga xos amallar majmui bilan
narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‗ayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va Shu kabilarga
ta‘sir ko‗rsatish mumkinligiga bo‗lgan ishonch yotadi.
Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi diniy e‘tiqodlar negizini tashkil etdi va politeizm
(ko‗pxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada o‗z aksini topdi. Ular
hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir.
Taxminan 10 ming yil muqaddam, inson chorvachilik va ziroatchilik bilan Shug‗ullanib,
o‗troq hayot kechirishga o‗tgach, neoletik inqilob Yuz berdi. Jamiyat rivojlanishining ayni Shu
bosqichida
politeizm
Yuzaga keldi, chunki mehnatning ijtimoiy taqsimoti, hukmronlikka
bo‗ysunish ruhlar va sanamlarga bo‗lgan ishonchga emas, balki xudolarga bo‗lgan e‘tiqodga
ko‗proq mos kela boshladi.
Keyingi davrlarda davlatchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi, qadimgi buyuk
madaniyatlarning paydo bo‗lishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi, monarxiyalar tashkil
topishi va Shundan kelib chiqadigan yakkaboshchilikning Yuzaga kelishi natijasida diniy
dunyoqarashda ham bir xudoga sig‗inish tendensiyasi paydo bo‗ldi. Odamlar ko‗p sonli xudolar
orasida kuch-qudratda yagona bir xudoni farqlab, Shu tariqa dunyoviy podsho hukm suruvchi real
hayot haqidagi o‗z tasavvurlarini yagona va qudratli xudo yashaydigan narigi dunyo bilan go‗yoki
muvofiq holatga keltirdilar. Shu tariqa
Do'stlaringiz bilan baham: