Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Mifologik dunyoqarash.
«Mif» tushunchasi yunoncha mythos so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib, 
afsona, rivoyat degan ma‘noni anglatadi. 
Mif

turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat 
hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini 
ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir.


40 
Mifda bilimlar, diniy e‘tiqodlar, ma‘naviy madaniyatning turli elementlari, san‘at, ijtimoiy 
hayot kurtaklari birlashgan bo‗lib, Shu tariqa ibtidoiy odamlar dunyoqarashi ma‘lum darajada 
tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi qarashlari esa muayyan tizimga solingan. Mazkur tizimga 
solishning muhim shakllari epos, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bo‗lib, miflar avvalo ular orqali 
ifodalanadi. Shu tariqa to‗plangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga o‗tishi ham ta‘minlanadi.
Mifologik dunyoqarashning o‗ziga xos xususiyati Shundan iboratki, bu oddiy rivoyat emas, 
balki og‗zaki «muqaddas» matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan 
dunyoga ta‘sir ko‗rsatuvchi muayyan borliq sifatidagi in‘ikosidir
. Mif, insoniyat tarixining ilk 
bosqichlarida, odamlar xulq-atvori va o‗zaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan, 
chunki unda axloqiy qarashlar, insonning borliqqa estetik munosabati o‗z ifodasini topgan. 
Mifologiyaga Shu narsa xoski, unda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va 
hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, 
mayllarga ega bo‗ladi.
Shunday
 
qilib, mif kimningdir uydirmasi yoki «o‗tmish sarqiti» emas, balki Shunday bir 
o‗ziga xos tilki, inson uning yordamida qadim zamonlardanoq dunyoni tavsiflagan, o‗zining o‗sib 
borayotgan tarqoq bilimlarini umumlashtirgan, talqin qilgan, tasniflagan va muayyan tizimga 
solgan.
Mifda ota, oqsoqol hukmi va qaror topgan an‘analar muhim rol o‗ynaydi. Rivoyat va uning 
mazmuniga nisbatan bunday munosabat zamirida e‘tiqod, borliqni bevosita, emotsional idrok etish 
yotadi.
Mifologik dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bo‗lib, unda Shubhaga o‗rin yo‗qdir
.
Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi bilangina uzviy bog‗liq 
emas. Oddiy ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, san‘atda aniq-ravshan yoki pardalangan 
ko‗rinishda mavjud bo‗lgan miflar bugungi kunda ham (kim uchundir ko‗proq, kim uchundir 
kamroq darajada) odamlar hayoti va ijodida faol rol o‗ynab, har qanday inson dunyoqarashining 
tarkibiy qismi bo‗lib qolmoqda. Jamiyatning axborotlaShuvi jadal sur‘atlarda o‗sib borayotgan 
sharoitda mif televidenie, radio, vaqtli matbuot, hozirgi saylov texnologiyalari vositasida ba‘zan 
ijtimoiy ong bilan manipulyasiya qilish, oldindan belgilangan jamoatchilik fikrini shakllantirish 
vositasi sifatida qo‗llanilmoqda.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish