Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet340/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli.
Ularni quyidagi uch guruhga ajratish 
mumkin: 
1. Inson va jamiyat uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‗lgan qadriyatlar. Bu Shunday 
qadriyatlarki, ularsiz jamiyat va insonning normal faoliyati izdan chiqmaydi.
2. Kundalik hayot va ehtiyojlar bilan bog‗liq bo‗lgan qadriyatlar. Bu guruhga aksariyat 
moddiy va ma‘naviy qadriyatlar kiradi. Bular insonning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini 
qondirish, jamiyatning normal faoliyat ko‗rsatishi va rivojlanishini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan 
qadriyatlardir.
3. Oliy qadriyatlar – bu o‗z ahamiyatiga ko‗ra eng yuksak darajada turuvchi, odamlarning 
fundamental munosabatlari va ehtiyojlarini aks ettiruvchi qadriyatlardir. Oliy qadriyatlarsiz nafaqat 
inson shaxs sifatida kamol topa olmaydi, balki jamiyat ham normal hayot kechira olmaydi. Oliy 
qadriyatlarning mavjudligi doimo individning shaxsiy hayoti chegarasidan chetga chiqish bilan 
bog‗liq. Ular individni uning o‗zidan yuksak bo‗lgan, uning hayotini belgilaydigan, uning taqdiri 
uzviy bog‗liq bo‗lgan narsalar bilan oshno etadi. Ayni Shu sababli oliy qadriyatlar odatda 
umuminsoniy xususiyat kasb etadi.
Moddiy, ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy qadriyatlarning bir qismi oliy qadriyatlar qatoriga 
kiradi. Bular avvalo: tinchlik, insoniyat hayoti; adolat, erkinlik, odamlarning huquqlari va burchlari, 
do‗stlik va mehribonlik haqidagi tasavvurlar; qarindoshlik aloqalari; faoliyat qadriyatlari (mehnat, 
ijod, bunyodkorlik, haqiqatni anglab etish); o‗z-o‗zini asrash qadriyatlari (hayot, sog‗liq); o‗z 
shaxsiyatini namoyon etish, o‗z qobiliyatlarini ro‗yobga chiqarish qadriyatlari; shaxsiy fazilatlarni 
tanlashni tavsiflovchi qadriyatlar (halollik, dovyuraklik, sadoqat, adolat, yaxshilik) va h.k.
Qadriyatlarni turli asoslarga ko‗ra tasniflash dialektik xususiyat kasb etadi, ya‘ni u qotib 
qolgan va harakatsiz emas. Birinchidan, sharoitlar o‗zgarishi bilan qadriyatlar bir turdan, bir 
muhimlik darajasidan boshqa turga, boshqa muhimlik darajasiga o‗tishi mumkin. Ikkinchidan, 
jamiyat rivojlanishi bilan Yangi qadriyatlar vujudga kelishi mumkin va aksincha, avvalgi 
qadriyatlar o‗z ahamiyatini yo‗qotadi yoki umuman yo‗q bo‗ladi. Uchinchidan, qadriyatlar bir-biri 
bilan muayyan tur doirasidagina emas, balki turlar o‗rtasida, guruhlarda va guruhlar o‗rtasida ham 
yaqin aloqa qiladi va o‗zaro ta‘sirga kirishadi. Nihoyat, qadriyatlarning har bir turida ko‗p sonli tur 
xillarini farqlash lozim. Masalan, ma‘naviy qadriyatlar guruhida axloqiy qadriyatlar, estetik 
qadriyatlar, bilishga doir (gnoseologik) qadriyatlarni aniq farqlash mumkin.


232 
Oliy qadriyatlar guruhida qadriyat sifatidagi hayot (hayot qadriyatlari), qadriyat sifatidagi 
sog‗liq va qadriyat sifatidagi erkinlik alohida farqlanadi.
Hayot eng oliy qadriyatlar qatoriga kiradi, zero hayotsiz inson bo‗lmaydi va qadriyatlar ham 
bo‗lishi mumkin emas. Individ uchun hayot boshqa biron-bir narsaga bog‗liq bo‗lmagan holda eng 
yuksak qadriyat, ne‘mat sifatida amal qiladi. O‗z navbatida, hayotning qimmati boshqa barcha 
qadriyatlar uchun o‗ziga xos zamin va cho‗qqi hisoblanadi. Hayotning qimmati qanday 
tuShunilishiga qarab odamlar o‗rtasidagi munosabatlar va jamiyatning insonga bo‗lgan munosabati 
ham shakllanadi.
Birinchi holda hayotning qimmatiga individual nuqtai nazardan yondashilsa, ikkinchi holda 
– ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladi, ya‘ni bu erda hayotning ahamiyati individning o‗zi uchun 
emas, balki jamiyat uchun belgilanadi.
Insonning o‗zi qadriyat hisoblanadimi, degan savolning ikki tomoni bor 1) inson uchun 
boshqa odamning va umuman insonning qimmati nimada? 2) uning o‗z hayotining qimmati nima 
bilan o‗lchanadi? Tafsilotlarga berilmay Shuni qayd etamizki, bu savollarga javoblar aniq va uzil-
kesil bo‗lishi mumkin emas. Gap Shundaki, individning boshqa odamlarga qiziqishi odamlar 
qandayligigagina emas, balki uning o‗zi qandayligiga ham bog‗liq bo‗ladi. Bunga yana Shuni 
qo‗shimcha qilish joizki, inson hayotining va insonning qimmati to‗g‗risidagi masalaning qo‗yilishi 
tarixiy sharoitlar bilan bevosita bog‗liq. Masalan, O‗rta asrlarda feodal o‗z krepostnoyini o‗ldirishi 
jinoyat hisoblanmagan va jazoga tortilmagan. Hozirgi vaqtda har bir kishining yashash huquqi tan 
olingan va odam o‗ldirish u yoki bu tarzda jazolanmaydigan mamlakat mavjud emas. Xullas, inson 
– alohida, mutlaq qadriyat. Qolgan barcha qadriyatlar inson manfaatlari nuqtai nazaridan 
baholanadi.

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish