Aksiologiya – falsafaning qadriyatlarni o‗rganish
bilan Shug‗ullanuvchi alohida bo‗limi (yunon. axios - qadriyatlar, logos – bilim: qadriyatlar
haqidagi fan).
Qadriyatlar ulkan falsafiy ahamiyatga ega.
Qadriyatlar tushunchasi insonning
dunyoga bo‗lgan munosabatining alohida jihatini namoyon etadi. Ular inson faoliyati, jamiyat va
madaniyatning o‗ziga xos xususiyatlarini yanada teranroq anglab etish imkonini beradi
.
Qadriyatlar inson va jamiyat hayotida muhim o‗rin egallaydi, chunki insonning hayot tarzini, uning
hayvonot dunyosidan ajralish darajasini aynan qadriyatlar tavsiflaydi. Qadriyatlar shaxsning hayot
faoliyatida fundamental ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar odamlarni jipslashtirish, ularni
hamjamiyatlarga birlashtirishning muhim omili hisoblanadi. Umumiy qadriyatlarning mavjudligi
fuqarolar, ijtimoiy birliklar va guruhlarning tinch-totuvligini ta‘minlaydi. Qadriyatlar muammosi
jamiyat rivojlanishining o‗tish davrlarida, tub ijtimoiy o‗zgarishlar jamiyatda mavjud bo‗lgan
qadriyatlar tizimlarida o‗zgarishlar yasab, odamlarni yo o‗zlari ko‗nikkan eski qadriyatlarni saqlash,
yo turli partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar, harakatlarning vakillari tomonidan taklif
qilinayotgan, hatto majburiy tarqatilayotgan Yangi qadriyatlarga moslashishga majbur etuvchi
davrlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar va mo‗ljallarni yo‗qotish yoki vujudga kelgan
qadriyatlar tizimidan voz kechish esa muqarrar tarzda jamiyatning tanazzulga Yuz tutishi va
parchalanishiga olib keladi. Qadriyatlar – madaniyatning tizim yaratuvchi muhim omili. Qadriyatlar
mazmuniga qarab butun jamiyat haqida hukm chiqarish mumkin. Shu sababli qadriyatlar nima,
qadriyat va bahoning o‗zaro munosabati qanday, qaysi qadriyatlar inson uchun eng muhim va
qaysilari ikkinchi darajali, degan savollar bugungi kunda olamShumul ahamiyat kasb etadi.
Aksiologiyaning predmetini barcha turdagi qadriyatlar, ularning tabiati, turli qadriyatlarning bir-
biri, ijtimoiy va madaniy omillar hamda shaxs strukturasi bilan aloqasi tashkil etadi. Aksiologiya
ta‘limotiga ko‗ra, qadriyatlar muayyan normativ kategoriya bo‗lib, ular maqsad, ideal, mayl,
intilish, qiziqish predmeti sanalgan hamma narsani qamrab oladi. Quyidagilar bu nazariyaning
asosiy tushunchalari va kategoriyalari hisoblanadi: yaxshilik, qadr-qimmat, foyda, ahamiyat, baho,
g‗alaba, hayotning mazmuni, baht, hurmat va h.k.
Qadriyatning tabiati va mohiyatini tushunishga nisbatan bir necha yondashuv mavjud bo‗lib,
ular aksiologiya falsafiy tadqiqotlarning mustaqil sohasi sifatida vujudga kelganidan so‗ng paydo
bo‗lgan. Quyida ularning ayrimlarini ko‗rib chiqamiz.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |