Aloqalarning tasnifi va xususiyati
Aloqalarning asosiy turlari
Aloqalarnnig
xususiyatlari
Materiyaning asosiy turlariga va
uning harakat shakllariga xos bo‗lgan
aloqalar
Materiya
mavjudligining
asosiy
shakllariga
xos
bo‗lgan
aloqalar
Qonun,
hodisani
belgilaydigan
aloqalar
Qonun,
hodisani
belgilamaydi
-gan aloqalar
Ijtimoiy
Moddiy-
energetik
Makonga doir
Ichki
Tashqi
Biologik
Vaqtga doir
Muhim
Ahami
yatsiz
Kimyoviy
Strukturaviy
Zaruriy
Tasodif
iy
Fizik
Informatsion
Genetik
Barqaror
Beqaro
r
Mexanik
Sababiy
Umumiy
YAkka
Funksional
Aloqalar quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, ular ob‘ektiv xususiyat kasb etadi,
ya‘ni odamlar ongidan qat‘iy nazar, ob‘ektiv qonuniyat sifatida mavjud bo‗ladi.
Ikkinchidan, aloqalar universaldir, chunki hamma joyda va har doim, barcha hodisalarda,
barcha darajalar va bosqichlarda namoyon bo‗ladi.
Uchinchidan, o‗zaro aloqa o‗zining mohiyati va tabiatiga ko‗ra serqirradir, zero har bir
predmet, har qanday hodisa boshqa hodisalar bilan minglab rishtalar vositasida bog‗lanadi, bu aloqa
moddiy va ma‘naviy dunyo hodisa va jarayonlari o‗rtasidagi munosabatlarning oxiri
ko‗rinmaydigan tarmog‗i bilan tavsiflanadi.
To‗rtinchidan, real aloqalar o‗z xususiyati, chuqurlik va murakkablik darajasi, namoyon
bo‗lish shakllariga ko‗ra cheksiz darajada rang-barangdir. Dialektika borliqning rang-barang
aloqalarini tahlil qilishga nisbatan differensiatsiyalashgan yondashuvni nazarda tutadi. Bunda u
quyidagi aloqalarni farqlaydi:
- materiyaning asosiy turlariga va uning harakat shakllariga xos bo‗lgan aloqalar (mexanik,
fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy bog‗lanishlar);
- materiya mavjudligining asosiy shakllariga xos bo‗lgan aloqalar (makonga doir, vaqtga doir,
strukturaviy, genetik, sababiy, funksional bog‗lanishlar).
Ammo aloqalarning ko‗p sonli konkret shakllari orasida dialektikani borliqning barcha
hodisalari va jarayonlarida namoyon bo‗luvchi o‗ziga xos aloqalar (bog‗lanishlar xususiyati)
qiziqtiradi. Aloqalarning bunday shakllari qatoriga ichki va tashqi aloqalar; muhim va ahamiyatsiz
aloqalar; zaruriy va tasodifiy aloqalar; barqaror va beqaror aloqalar; umumiy va yakka aloqalar
kiradi.
Rivojlanishda bu aloqalarning roli bir xil emas: ularning ayrimlari yordamida predmet o‗z
tabiatini ro‗yobga chiqaradi, ya‘ni ular bosh rolni o‗ynaydi, boshqa aloqalar esa ikkinchi darajali
ahamiyat kasb etadi. Shunga muvofiq «qonun aloqa demak» degan ibora paydo bo‗lgan. Bu
to‗g‗rimi? To‗g‗ri, agar qonun – bu har qanaqangi aloqa emas, deb qo‗shimcha qilinsa. Qanday
aloqa qonun hisoblanadi? Qonun deb, bir qancha zaruriy belgilarga ega bo‗lgan o‗zaro aloqaga
aytiladi.
- A
Do'stlaringiz bilan baham: |