-
deb ataladi
.
Qonuniyatlar – bu qonunlarning
namoyon bo‗lishidir.
Falsafa qonunlari
tabiat va jamiyatda insonning ongiga bog‗liq bo‗lmagan holda mavjud
bo‗lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir.
Falsafa qonunlari tizimida dialektik
ziddiyatlilik qonuni
markaziy o‗rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning
asosiy kategoriyalarini ko‗rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz.
Qonun tushunchasi.
Dunyoning mavjudligi ana Shunday botiniy va zohiriy o‗zgarishlarning
abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o‗z mohiyati va xususiyatlarini saqlab
qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan.
Masalan, biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish qonunini
o‗rganganimizda ana Shunday holni idrok etganmiz. Bu qonunning asosiy mohiyati butun olamdagi
narsalarning bir-biri bilan aloqadorligi tamoyilining doimiy takrorlanishi, har soniya va har
daqiqada bu holatning sodir bo‗lib turishini isbotlaydi.
Xo‗sh, qonun o‗zi nima? U kishi va umuman, jamiyat hayotida qanday ahamiyatga egag‗ Qonunni
bilmasdan, o‗rganmasdan turib yashash mumkinmig‗ Qonun tushunchasi kundalik hayotimizda nisbatan
tez-tez ishlatib turiladigan tushunchadir. Xususan, fizika yoki kimyo qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki
bo‗lmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h. k. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish tamoyillarining
uchinchisi ham qonun to‗g‗risida bo‗lib, unda barcha sohada qonunning ustuvorligi ta‘minlanishi
ta‘kidlanadi. YUqoridagilarni birlashtirib turadigan, barchasi uchun ham umumiy bo‗lgan xossa,
xususiyatlar bormig‗
Eng avvalo, Shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat va inson
taraqqiyoti ma‘lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h. k.)
asosiy vazifasi har bir soha bo‗yicha tadqiqot o‗tkazib, qonunlarni kashf qilish yoki ularning amal
qilish xususiyatlarini o‗rganish va ochib berishdan iborat.
Qancha ko‗p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot Shuncha tez bo‗ladi. Taraqqiyot qonunlarini
bilmasdan turib, rivojlanishga erishish qiyin. YAqin o‗tmishda iqtisodiyotning o‗ziga xos
qonunlarini pisand qilmay, turli xil s‘ezd, plenum, konferensiya qarorlari asosida eksperimentlar
o‗tkazib, barcha uchun farovon hayot — kommunizm jamiyatini barpo qilmoqchi bo‗lishganini va
bunday siyosat qanday oqibatlarga olib kelgani barchaga ma‘lum.
Hozir mustaqil O‗zbekiston barcha rivojlangan mamlakatlar singari ijtimoiy yo‗naltirilgan
bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‗lidan
bormoqda. Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o‗ziga xos xususiyatlari e‘tiborga
olingan.
Endi Shunday savol:
Do'stlaringiz bilan baham: |