tizim elementlari o‗rtasidagi umumiy va invariant aloqa
. Ularning uchta turi
mavjud.
Voqelik qonunlari
bizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat‘iy nazar
mavjud va amal qiladi.
Fan qonunlari
odamlar tomonidan anglab etilgan voqelik qonunlarining ongimizdagi
in‘ikosi.
Har bir fan voqelikning muayyan sohasini o‗z predmeti sifatida o‗rganar ekan, mazkur
sohada amal qiluvchi qonunlarni aniqlaydi. Ilmiy nazariya bilan qamrab olingan soha qancha keng
bo‗lsa, uning qonunlari Shuncha umumiy bo‗ladi. Fanda qonunlarning umumiylik darajasiga ko‗ra
murakkab ierarxiyasi mavjud. Umumiylik darajasi pastroq bo‗lgan qonunlar umumiyroq
qonunlarning ayrim ko‗rinishlari sifatida amal qiladi va so‗nggi zikr etilgan qonunlardan ularning
oqibatlari sifatida keltirib chiqariladi.
Masalan, geometrik optikada yorug‗likning aks etish va sinish qonunlari elektromagnit
to‗lqinlar tarqalishining umumiyroq qonunlaridan, ular esa, o‗z navbatida, elektromagnit maydoni
nazariyasining yanada umumiyroq qonunlaridan kelib chiqadi.
Har qanday qonun muayyan sharoitda amal qiladi. Qonun amal qilishining bazis va lokal
sharoitlarini farqlash lozim.
Bazis sharoitlar qatoriga qonunning amal qilish sohasini belgilovchi
sharoitlar kiradi
.
Mazkur sharoitlardan tashqarida qonun amal qila olmaydi (ular yo‗q bo‗lgan
taqdirda ularda amal qilayotgan tizim ham yo‗q bo‗ladi).
Lokal sharoitlar qatoriga qonunning amal
qilish sohasidagi sharoitlar kiradi. Qonun bu sharoitlarning har qanday variatsiyasida o‗z kuchini
saqlab qoladi, lekin ularning o‗zgarishlari qonunning amal qilish natijalarining o‗zgarishlariga
sabab bo‗ladi.
Qonun lokal sharoitlarga nisbatan invariant, lekin u bazis sharoitlarga nisbatan
invariant emas.
Masalan, Arximed qonuni uchun suyuqlik va unga solingan jism, og‗irlik kuchining
mavjudligi bazis sharoitlar hisoblanadi. Bu sharoitlarga nisbatan Arximed qonuni noinvariantdir:
ular mavjud bo‗lmasa, qonun amal qilmaydi. Bu erda suyuqlikning tarkibi va solishtirma og‗irligi,
jismning fizik tuzilishi va shakli lokal sharoitlar hisoblanadi. Ularga nisbatan qonun invariantdir.
Ammo uning amal qilishi turli natijalarda aks etishi mumkin: ayrim hollarda jism suvda suzadi,
ayrim hollarda esa – u cho‗kib ketadi.
Odamlar qonunlarning amal qilish sharoitlarini o‗zgartirib, ulardan o‗zlari istagan natijalarga
erishish uchun foydalanish imkoniyatini qo‗lga kiritadilar. Yangi bazis sharoitlarni yaratish yo‗li
bilan esa ular ayrim qonunlarning amal qilishini to‗xtatish va boshqa qonunlarni amalga kiritishga
qodirlar.
150
Hodisalarning muntazamligi, takroriyligida qonunlarning amal qilishi (Shuningdek
fenomenlogik qonun, empirik bog‗lanish) qonuniyat
Do'stlaringiz bilan baham: |