loqaning barqarorligi
. Barqaror aloqa – bu ishonchli tarzda saqlanadigan aloqa. U
materiya harakatining tegishli shakli (materiya rivojlanishining muayyan bosqichi) yoki tafakkur
mavjud bo‗lgan davr mobaynida, toki bu narsalar va hodisalar mavjud ekan, amalda mavjud
bo‗ladi;
- A
loqaning umumiyligi
. Aloqaning umumiyligi Shunda namoyon bo‗ladiki, unga ob‘ektiv
dunyoning aksariyat yoki hatto barcha narsalari, hodisalari va jarayonlari bo‗ysunadi.
Tarixiylik tamoyili.
Har qanday, narsa, jarayon mavjudligi paydo bo‗lish, rivojlanish va
yo‗qolish bosqichlarida namoyon bo‗ladi. Masalan Er taxminan 6 milliard yil ilgari issiq gazsimon
tumanlikdan paydo bo‗lib, hozirgi holatiga etgan. Ayni paytda olimlar qachonlardir Erning sovib,
oysimon, sovuq planetaga aylanishini e‘tirof etganlar.
Materialistlar tarixiylik tamoyilini ―olamning moddiy birligi haqidagi monistik tamoyilga‖
mosligi uchun reallikning barcha sohalarida mavjud deb hisoblaydilar. Shuni alohida ta‘kidlash
lozimki, tarixiylikni mutloqlashtirish to‗g‗ri emas. CHunki, ilgari Oy oddiy planeta bo‗lgan, hozir
esa sovuq kosmik jism, qutb yulduzining konfiguratsiyasi 50 ming yil ilgari hozirgidan boshqacha
bo‗lgan, insonning jismoniy tipi 40-50 ming yil ilgari to‗liq shakllangan. Bunda tarixiylik to‗liq
namoyon bo‗layotgandek. Biroq, aslida, tabiat, materiya abadiy, biz uning faqat muayyan
fragmentlarini, tabiat fragmentlarining tarixini qo‗ramiz xolos. Shuning uchun tarixiylik tamoyili
haqida emas, balki evolyusiya tamoyili haqida gapirish to‗g‗riroq bo‗ladi.
Tarixiylik tamoyilining shakllari turlicha. Tarixiylikning ijtimoiy jihati ijtimoiy tarixning
qonuniyatligi, uning taraqqiyoti qaytarilmas ekanligidan dalolatdir. Yangi ijtimoiy tuzilma va
tizimlarning paydo bo‗lishi muqarrar. Ijtimoiy hayotni o‗rganishda tarixiylik tamoyili g‗oyasi Ibn
Xaldun, ar-Roziy, Gegel, SHmoller ijodida aks etgan. Metodologik jihatdan tarixiylik tamoyili
jamiyat taraqqiyotining u yoki bu bosqichidagi yaxlitlikni, rivojlanishning istiqbollarini baholash
imkonini beradi. Masalan, O‗zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridayoq ta‘lim sohasida
islohotlarni amalga oshirdi. Bu ta‘lim tizimining ilgarigi holatidan butunlay Yangi holatga o‗tishini
ta‘minladi. Mulk sohasidagi islohotlar esa kishilarning mulkka ongli munosabatini shakllantirishga
zamin tayyorladi. Jamiyatning tarixiy rivojlanishida va tarixiylik tamoyilining amal qilishida tarixiy
taraqqiyotni bilish yoki bilmaslik muhim ahamiyat kasb qiladi. Zero, bilish orqali Yangi
jamiyatning nazariy asoslari yaratiladi, bilmaslik esa ko‗r ko‗rona faoliyat natijasida jamiyatni
navbatdagi boshi berk ko‗chaga olib kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |