Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Demokrit
ning qarashlari ham muhim o‗rin tutadi. U haqiqiy borliq — 
moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy 
zarrachalardan, ya‘ni atomlardan va bo‗shliqdan iborat deya ta‘lim beradi. Atomlar va bo‗shliq 
o‗zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar — bo‗linmas va o‗zgarmas, sifat jihatdan bir xil, uning 
miqdori shakli singari behisobdir. Harakat, degan edi Demokrit, atomlardan iborat moddaning 
abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda na jamiyatda xech bir 
narsa tasodifan paydo bo‗lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida axloqiy ta‘limot 
muhim o‗rin tutadi. Uning bu boradagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy bog‗liqdir. YAxshi 
boshqarilayotgan davlat — buyuk qo‗rg‗ondir. Davlat manfaatlari qolgan barcha narsalardan ustun 
turmog‗i lozim. 
Demokrit dunyo atomlar va bo‗shliqdan iborat deb hisoblagan. Uning fikricha, atomlar – 
sifatga ega bo‗lmagan mayda zarralar. Sifatlar atomlarning shakl, o‗rin va tartib jihatidan 
uyg‗unligidan paydo bo‗ladi. Demokrit, nima uchun sut oson ichiladi?, degan savolga, Shuning 
uchunki, sut, «yumaloq atomlar»dan iborat, nima uchun xantalni sutday ichish mumkin emas? 
Shuning uchunki, xantal atomlari «ilmoqsimon»dir, deb javob beradi. U narsalar sifati va ularning 
rang-barangligini ham Shunday tuShuntirgan. Demokritning atomistikasida sababiyatning sodda 
izohlari bilan bir qatorda ayni Shu sababiyatni narsalarning o‗zida, aniqrog‗i – atomlarda 
ko‗rishga bo‗lgan intilishga ham duch kelish mumkin. Sharq falsafasida esa, materiyaning 
diskretligi, uning tuzilishi muammosi qo‗yilmaydi. Unda materiyaga asosan jonga «xalaqit» 
beruvchi muayyan omil yoki shakl bilan birlikda yoki muayyan substansional asos sifatida 
yondashiladi. 
Demokritdan boshlab, qadimgi dunyoning deyarli barcha faylasuflari davlat, qonun, mehnat, 
boshqaruv, urush va tinchlik, mayllar, manfaatlar, hokimiyat, jamiyatning mulkiy tabaqalanishi 
muammolariga murojaat etganlar. 
Ikkinchidan, bu ijtimoiy-falsafiy muammolarni tadqiq etish jarayonida insonni jamiyatga 
bog‗lab o‗rganish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, Demokrit Shunday deb yozadi: 
«Umumiy muhtojlik ayrim insonning xususiy muhtojligidan og‗irroqdir. Zero umumiy muhtojlikda 
yordamga hech qanday umid qolmaydi»; «qonun odamlarning hayotini tartibga solishni xohlaydi, 
bunga u faqat odamlar o‗zlariga yaxshi bo‗lishini istagan taqdirda erishishi mumkin. Zero qonun 
o‗ziga bo‗ysunadigan kishilargagina ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi»; «Oqil odamga butun dunyo ochiq. 
Zero yaxshi qalb uchun butun dunyo vatandir»
61
.
60
Аристотель \\ Всемирная энциклопедия. –М.: Современный литература, 2001. –С. 69 
61
Демокрит \\ Всемирная энциклопедия. –М.: Современный литература, 2001. –С.105. 


101 
Me‘yor, deydi faylasuf, axloqning tabiat insonlarga in‘om etgan kuch va qobiliyatga mos 
kelishadadir. Donolik uchta hosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi so‗zlash; yaxshi harakat qilish. 
Demokritning axloqiy qarashlari o‗z davridagi amaliy ma‘naviy munosabatlarning umumlashmasidir. 
Uning ta‘limoti bugungi kunda insonlarni axloq-odobga, diyonatga da‘vat etadi. 
Epikur
(341-270 yillar) — qadimgi YUnon mutafakkiri. Demokrit ilgari surgan atomchilik 
ta‘limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog‗onaga ko‗targan va tegishli qarashlar bilan 
boyitgan faylasuf. Epikur ta‘limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar — bo‗linmas, 
olam — jism va bo‗shliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni Epikur ikki guruhga 
bo‗lgan. Birinchi guruhga jismlarni tashkil etuvchi atomlarni kiritgan bo‗lsa, ikkinchi guruhga 
atomlarning birlashishidan tashkil topgan jismlarni kiritgan. Epikur ichki harakat qonuniyatini kashf 
etib, Demokrit ilgari surgan atomchilik ta‘limotiga ulkan hissa qo‗shgan. Epikurning falsafiy-
axloqiy ta‘limoti o‗z zamonasida ilg‗or ahamiyatga ega bo‗lgan. Rohat-farog‗at, xursandchilik 
deganda, kayf-safo, maishat, shohona hayotni emas, balki jismoniy ezilish hamda ruhiy 
tashvishlardan xalos bo‗lishni, ozodlikni tuShunamiz, deydi Epikur. uning fikricha, davlat 
kishilarning o‗zaro keliShuvi asosida tuzilishi lozim. Epikur ilgari surgan ijtimoiy keliShuv g‗oyasi 
keyinchalik XVIII asr fransuz ma‘rifatparvarlari hamda XX asr faylasuflari tomonidan davom 
ettirilgan. 
Epikur ta‘limotini rimlik 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish