Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

Aristotel ―Metafizika‖ asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi 
g‗oyalar haqidagi ta‘limotini rad etadi. U mohiyat-g‗oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan 
tashqarida mavjud emas, degan tezisni ilgari suradi. Platon fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan, 
Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi: ―Ayrim narsa bo‗lmasa, 
umumiylik ham bo‗lmas edi‖. ―Metafizika‖da Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini, 
borliqning oliy tamoyillari yoki sabablarini o‗rganishini qayd etadi. Bular ―umumiy metafizika‖ 
muammolaridir. Ammo ―xususiy metafizika‖ ham mavjud bo‗lib, u ―harakatsiz substansiya yoki 
birinchi boqiy dvigatel‖ni o‗rganadi 
Aristotel fikricha, bahslashish yoki qarama-qarshi fikrlarni talqin qilish orqali haqiqatning 
tagiga etish san‘ati sifatidagi dialektika Zenonning «Bahslar» deb nomlangan asarida tahlil 
qilingan 
Aristotel sababiy bog‗lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani 
yanada rivojlantirgan. Uning to‗rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‗naltiruvchi 
sabablar «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo‗luvchi omil (materiya, substrat) – 
moddiy sabab»; «narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – 
harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani amalga oshirishdan ko‗zlangan maqsad – yo‗naltiruvchi 
sabab» haqidagi ta‘limoti ma‘lum. Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini tahlil 
qilishning o‗z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga 
kelishi va ularning takomillaShuvi shaklga bog‗liqdir. SHakl o‗z mohiyatiga ko‗ra faol, materiya 
esa passivdir. SHakl – narsaning tashqi ko‗rinishi, u dunyoning rang-barangligi va borlig‗ini 
belgilaydi.
Aristotel e‘tiqodlilik, andishalilik, oilaga muhabbat, halollik, ezgulik, birovning haqiga 
xiyonat qilmaslik, ota-onalarga mehr oqibatli bo‗lish, hushyorlik, ziyraklik, adolatlilik kabi 
ma‘naviy axloqiy fazilatlarga ega bo‗lish har qanday jamiyat, davlat va xalqning eng katta boyligi, 
kuch-qudrati manbalaridan biri deb hisoblaydi. Uning fikricha, biron bir narsaga ega bo‗lishdan 
maqsad undan foydalanishdir. Ko‗zga ega bo‗lgan odam ko‗zini yumib yashamaydi, balki undan 
olamni ko‗rish uchun foydalanadi, quloq va Shu kabilar haqida ham Shu fikrni aytish mumkin. U 
inson uchun biror narsaga ega bo‗lish muhimmi yoki undan foydalanishmi, degan savolni o‗rtaga 
tashlab, albatta muhimi foydalanishdir, chunki foydalanish va faoliyat ko‗rsatish maqsadida u biror 
bir narsaga ega bo‗lishni istaydi,
59
 deb hisoblaydi. 
Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar to‗rtta sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya‘ni 
modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad 
sabablardir. YAratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning 
ulg‗ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo‗lgan 
maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi bo‗lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni 
paytda, olam o‗zining abadiy sababi, ya‘ni harakatlantiruvchi kuchiga ega. 
Tizim sifatidagi kategoriyalar haqida ilk bor Aristotelning «Kategoriyalar» risolasida so‗z 
yuritilgan. U o‗zidan oldingi falsafiy tafakkurni o‗rganish asosida kategoriyalar jadvalini tuzgan. 
Bu jadval quyidagi kategoriyalarni o‗z ichiga olgan: mohiyat (substansiya), miqdor, sifat, 
munosabat, joy, vaqt, o‗rin, holat, harakat, azob-uqubat. Aristotelning kategoriyalar jadvali falsafa 
va muayyan fanlar erishgan yutuqlar munosabati bilan uning tarkibini o‗zgartirishni taklif qilgan 
Yangi davrga qadar kategoriyalar haqidagi ta‘limotning rivojlanishiga hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatib 
59
Қаранг Бобоев Ҳ. Ғофуров З. Ўзбекистонда сиѐсий ва маънавий –маърифий таълимотлар тараққиѐти. -Т.: Янги аср авлоди, 
2001. –Б.85. 


100 
Aristotel ham o‗zining «Siyosat» asarida o‗z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat 
nima uchun vujudga kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning 
nechta turi bor?», degan savolni o‗rtaga tashlaydi va o‗zining bu savoliga Shunday javob beradi: 
«Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar 
va jamoalar o‗rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‗rnatilganda, farovon va o‗ziga to‗q 
mavjudlik maqsadida vujudga keladi»
60
. Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel uning «uch 
yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u 
jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‗rta sinf 
hokimiyatini tuShunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof 
oligarxiya va ashaddiy demokratiyani kiritadi.
Arastuning jamiyat va davlat to‗g‗risidagi ta‘limoti «Davlat», «Siyosat» kabi asarlarida bayon 
etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun xizmat qilishi 
lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mo‗l-ko‗lchilik bilan belgilanmaydi, balki seroblik 
ma‘naviy boylik bilan uyg‗un bo‗lgandagina, jamiyat baxtli hayot kechiradi. Davlatning boyligi, 
asosan, o‗rtacha mulkka ega bo‗lgan fuqarolarning mehnati bilan ta‘minlanadi. Arastuning bu 
boradagi qarashlari bugungi kunda Vatanimizda kichik va o‗rta biznes sohasini rivojlantirish yo‗lida 
olib borilayotgan islohotlar mohiyatiga juda hamohangdir. 
YUnon falsafasida 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish