Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

sofistlar falsafasi
katta o‗rin tutadi. Sofistlar antropologiya 
(inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to‗g‗risidagi fan) muammolari bilan Shug‗ullangan. 
Sofistlar Yangi kasblarning mohir ustalari, ya‘ni o‗qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud 
mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo‗lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o‗rnatishga 
xizmat qilgan. ularning ta‘limoti Suqrot falsafasiga ham ma‘lum darajada ta‘sir ko‗rsatgan. 


97 
Suqrot
(eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi YUnon faylasufi. 
«Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan Shug‗ullangan, hurfikrli 
inson, kambag‗aldan chiqqan, tosh yo‗nuvchining o‗g‗li, o‗ta bilimdon kishi sifatida mashhur 
bo‗lgan. 
Uning hayoti fojiali tugagani to‗g‗risidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. O‗z davrida 
Afinadagi hukmron tuzum tartib-qoidalariga qarshi chiqib, Yangi fikrlarni ilgari surgani uchun 
ruhoniylar uni dahriylikda hamda yoshlarni axloqan buzishda ayblaganlar. Unga Shunchaki ayb 
emas, siyosiy ayb qo‗yilgan. Garchand qutilish imkoni bo‗lsa-da, qonun va jamiyat tartiblarini 
nihoyatda qattiq hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir qadah zahar ichib 
o‗lgan. Suqrot va uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday bo‗lishidan qat‘i nazar, so‗zsiz 
itoat etishni targ‗ib etganlari g‗oyatda ibratlidir. Holbuki, Suqrot va uning shogirdlari Afinada amal 
qilgan qonunlarni noto‗g‗ri va adolatsiz deb hisoblagan hamda ularni qattiq tanqid qilgan, ammo, 
Shunday bo‗lsa-da, ularga bo‗ysungan. Shu ma‘noda, Suqrot o‗zini aybdor deb topgan sud hukmiga 
itoat etgan va o‗zini uning ixtiyoriga topshirgan. «Aflotun mening do‗stim, ammo qonun 
do‗stlikdan ustun turadi» degan hikmatli ibora o‗sha davr ma‘naviyatining yaqqol ifodasidir. 
«Dialektika» so‗zini ilk bor Suqrot ishlatgan. Bu so‗z bilan u samarali bahslashish, fikrlar 
qarama-qarshiligi orqali haqiqatning tagiga etishga qaratilgan muloqot olib borish mahoratini 
ifodalagan 
Suqrot o‗z ta‘limotini og‗zaki ravishda ko‗cha-ko‗yda, maydonlarda, xiyobonlarda shogirdlari 
va izdoshlari bilan birga shakllantirgan va xalq ongiga singdirishga harakat qilgan, lekin bironta 
ham asar yozmagan. Uning falsafiy, axloqiy ta‘limotlari mohiyatini shogirdlari Ksenofant, Aristofan 
va Aflotunlarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Ksenofant «Suqrot haqida esdaliklar» asarida 
o‗z ustozi haqida iliq so‗zlar aytib, uni olijanob, axloq-odob borasida haqqoniy fikr yuritgan inson 
sifatida ta‘riflagan. YOshlarning axloqini buzgan deb unga siyosiy ayb qo‗yish — tuhmat ekanini 
alohida ta‘kidlagan. Aflotun esa uni chuqur mulohazali, insonni ulug‗lovchi donishmand, deya 
ta‘riflagan, uning falsafiy qarashlarini o‗z asarlarida Suqrot nomidan bayon etgan. Suqrotning 
fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog‗i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va 
osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning ahvoliga bog‗liq. Bu masalalar Sharq falsafasida 
ham katta o‗rin tutganli bois xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benihoya hurmat bilan 
tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasihatlariga amal qilgan. 
Qadimgi yunon faylasufi Suqrot o‗z e‘tiqodlarini himoya qilish yo‗lida hayotini tikkan. U 
davlatni boy va zodagon kishilar emas, balki ishning ko‗zini biladigan, oqil odamlar boshqarishlari 
lozim deb hisoblagan va o‗z shogirdlariga o‗sha davrda mavjud bo‗lgan siyosiy an‘analarda 
mo‗ljal olishni o‗rgatgan. Ayni Shu fikri uchun ustidan chiqarilgan hukmga e‘tiroz bildirmay, Suqrot 
o‗z o‗limini ixtiyoriy ravishda tanlagan va bir qadah sikut (zahar) ichib o‗lgan.
Suqrotning shogirdi 
Aflotun
―asli — Platon (427- 347)‖ jahon falsafasi tarixida o‗chmas iz 
qoldirgan buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf olim, balki san‘atkor, shoir va dramaturg bo‗lgan, o‗z 
g‗oyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428(7) yil 21 mayda Delos orolida tug‗ilgan. 
O‗zidan keyin 35 dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib qoldirgan. Arastuning u haqdagi 
ma‘lumotlarini birdan-bir to‗g‗ri dalil deb qarash mumkin. CHunki Arastu Aflotunning eng yaqin 
do‗sti va shogirdi bo‗lgan. 
Platon ikki dunyo – ―g‗oyalar dunyosi‖ va ―narsalar dunyosi‖ mavjudligi haqida saboq 
beradi. ―G‗oyalar dunyosi‖ umumiy tushunchalardan iborat, ―narsalar dunyosi‖ esa ―g‗oyalar 
dunyosi‖ning in‘ikosidir: ―g‗oyalar dunyosi‖da ideal mohiyatlar mavjud, ―narsalar dunyosi‖ esa 
bu mohiyatlar mahsuli bo‗lgan ayrim narsalardan iborat. Platonning g‗oyalar haqidagi ta‘limoti 
uning ―Bazm‖, ―Fedon‖, ―Fedr‖, ―Davlat‖ asarlarida o‗z aksini topgan, mutafakkirning 
―Teatet‖, ―Parmenid‖, ―Sofist‖, ―Kritiy‖ asarlari esa g‗oyalarning moddiy dunyoga bo‗lgan 
munosabati muammosiga bag‗ishlangan. Platon fikriga ko‗ra, materiya - g‗oyaning sof ―aksi‖, 
uning ―aksilmohiyati‖. Materiyaning mohiyati esa - g‗oya. Haqiqiy borliq - bu piramidani 
eslatadigan ideal borliq. Uning zamirida ―bilish va harakat asosining mohiyati‖ sifatida amal 
qiluvchi go‗zallik g‗oyasi yotadi. Uning yonidan yaxshilik g‗oyasi va oqillik (haqiqat) g‗oyasi o‗rin 
oladi. Shunday qilib, Platon ―g‗oyalar dunyosi‖ ―narsalar dunyosi‖ni vujudga keltirishini nazarda 


98 
tutuvchi ob‘ektiv idealizm falsafiy tizimini yaratgan. Platon g‗oyalar va narsalarni bir-biridan 
ajratib bo‗lmasligini qayd etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun ―g‗oyalar dunyosi‖ birlamchidir. 
Platon dialektika muammolarini ham o‗rgangan. U dialektika deganda nisbiy «borliq» va 
«haqiqiy borliq»ni bilishni tuShungan. U ko‗p sonli asarlarini antik dialektika namunalarini o‗zida 
mujassamlashtirgan dialoglar shaklida yozgan hamda, harakat va harakatsizlik, tafovut va 
ayniyatni tahlil qilgan. Platon har bir narsani o‗z-o‗ziga va boshqa barcha narsalarga ayniy deb 
hisoblagan
Aflotun 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish