Avliyo
Avgustin
(354-430)dir. U o‗rta asrlar falsafasiga, Shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi
ko‗pgina vakillariga kuchli ta‘sir ko‗rsatgan.
Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u
Platon falsafasidan topishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g‗oyalari – «bu ijodkor ijodga
kirishish oldidan yuritgan mulohazalar»
62
dir. Xudo dunyoni yo‗qlikdan yaratgan. Inson panoh
topishining asosiy yo‗li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy
shahar»ning Erdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi:
birinchi – «dunyoviy shahar», ya‘ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko‗tarilgan o‗z-o‗ziga
bo‗lgan muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o‗z-o‗ziga nisbatan nafrat darajasiga
ko‗tarilgan Xudoga bo‗lgan muhabbat»ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur:
«Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud.
Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi muammolarini
echishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o‗zligini, uning ruhiy holatlarini o‗rganadi.
Avgustin shaxsning ichki dunyosini uning go‗daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida
shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan zo‗rlik ishlatishning har qanday
shakllarini (maktabda bolaga zo‗rlik ishlatishdan davlat darajasida zo‗rlik ishlatishgacha)
qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o‗tgach,
ayni Shu muammo ekzistensializm vakillarida Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg‗onishiga
sabab bo‗ldi. Avgustin inson sub‘ektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini
u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan. Xudoning borlig‗ini insonning o‗zligidan, inson
tafakkurining o‗z-o‗zi uchun ishonchliligidan keltirib chiqarish mumkin. Avgustin shaxs uchun
o‗zlikning rolini ko‗rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan va hatto undan
«berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o‗z «Meni»ni qanday kashf etadi, degan
savolga javob topishga harakat qiladi.
62
Августин \\ Всемирная энциклопедия. –М.: Современный литература, 2001. –С. 11.
103
Tarix falsafasini ishlab chiqish ham, garchi atamaning o‗zini Volter taklif qilgan bo‗lsa-da,
Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik» tushunchasi mavjud bo‗lmagan:
yunonlar dunyoni estetik jihatdan, mukammal koinot sifatida idrok etganlar. Avgustin esa o‗tmish –
hozirgi davr – kelajakning o‗zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab etishga harakat qilgan. Hozirgi
davr – bir lahza, zero u o‗tmishga chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar»
(jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi.
Avliyo Avgustin asarlari sxolastik falsafaning yaratilishiga asos bo‗lgan va uzoq vaqt
mobaynida antik falsafani, asosan Platon, Aristotel hamda neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl
asarlarini o‗rganish manbalaridan biri bo‗lib xizmat qilgan. Plotinning universal triadasi –
«yagona – aql – jon» sxolast-faylasuflar e‘tiborini o‗ziga tortgan
.
Do'stlaringiz bilan baham: |