88
bilish nazariyasi‖, ―Ijtimoiy falsafa‖, ―Etika‖ kabi bo‗limlar tashkil qilindi. Institutning asosiy
faoliyati falsafa, fan va madaniyat tarixini ob‘ektiv o‗rganish, ma‘naviyatning Yangi milliy
qirralarini izlash, xalq ma‘naviyatini Yangi bilimlar bilan boyitish, millatning ma‘rifiy ruhini
ko‗tarishga yo‗nalgan edi. Bu sohada Ibrohim Mo‗minov, Muzaffar Xayrullaev, Mo‗bin Baratov,
Erkin YUsupov, Karim Sodiqov, Mirahmad Abdullaev, Haydar Aliqulov, Rasul Nosirov,
Muhammadjon Boltaev, Anvar SHaripov, Gulchehra Navro‗zova va boshqalarning ilmiy
tadqiqotlari e‘tiborga sazovordir.
Ijtimoiy falsafa, etika, estetika, madaniyatShunoslik falsafasi sohasida Rustam va Telman
AbduShukurovlar, Haydar Po‗latov, Abdulxay Valiev, Oysara Umrzoqova, Naim G‗oyibov,
Abduvosid Yo‗ldoshev, Maxmud Abdullaev, Mnazura Xolmatova, Said SHermuxamedov,
Qo‗chqor Xonazarov, Xotima SHayxova, Abdulxafiz Jalolov, Jo‗ravoy YAxshilikov, Zuhra
Qodirova, Qiyom Nazarov, Viktor Alimasov, U Oblekovlar samarali ishladilar va ishlamoqdalar.
Ontologiya va bilish nazariyasi, tabiatShunoslik falsafasi, fan metodologiyasi bo‗yicha Jondor
Tulenov, Bahrom Ismoilov, Omonulla Fayzullaev kabilar boshlagan an‘analarni, Mahbuba
Abdullaeva, Baxtiyor Karimov, Baxtiyor To‗raev, Ra‘no Imomalieva, E‘tibor Hoshimova, Shuhrat
Qo‗shoqov, Hakima Salomova, Oqil Fayziev, Ziyodullo Davronov, Nigina SHermuxamedova,
Alima Berdimurodova, Nariman Eshmetov, SHavkat Mamadaliev, Karima Tulenova, Emina
Izzetova va boshqalar davom ettirmoqdalar.
2002 yilda Qiyom Nazarovning tashabbusi bilan ―Falsafa va huquq‖ jurnalining tashkil
qilinishi institut xodimlarining ilmiy faoliyati samaradorligini yanada oshirishga hamda yosh
olimlarning ilmiy izlanishlari haqida keng jamoatchilikning xabardor bo‗lishi va falsafiy muloqotlar
olib borilishidagi dadil qadam bo‗ldi.
Birgina 2003 yilda institut xodimlari 31 ta turli yo‗nalishdagi ilmiy tadqiqot loyihasiga ega
bo‗ldilar. Bugungi kunda ―Falsafa va huquq‖ instituti Yangi yosh kadrlar bilan boyib bormoqda.
Falsafa tarixi va tarix falsafasini tahlil qilishda I.A.Karimov aytganlaridek, ―Sharq falsafasini
teran o‗rganish, Shu asosda ulug‗ madaniyatimiz va qadriyatlarimiz ildizlarini jonlantirish, yaqin
o‗tmishdan qolgan mafkuradan xalos bo‗lish, o‗zimizning asrlar sinovidan o‗tgan, ulug‗
ajdodlarimiz bizga qoldirgan milliy mafkura va tafakkurimizni tiklash, uni zamonaviy –
umumbashariy ruh bilan boyitish xalqimizning dolzarb vazifasidir‖
45
. Shu ma‘noda, o‗zbek
falsafasining etakchi vakillari Sharq falsafasi tarixini o‗rganish va undagi gumanistik g‗oyalarni ―...
halqimiz soddagina qilib, ―o‗zbekchilik‖ deb ataydigan, mehr-oqibat, o‗zaro chidam va hurmat,
o‗zgalarning dardiga hamdard bo‗lish kabi oliyjanob fazilatlarni‖
46
kelgusi avlodga etkazish
bo‗yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. Quyida ko‗p sonli o‗zbek falsafasining eng yirik
vakillari ta‘limotlari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: