I.Mo‗minov (1908-1974) akademik, falsafa fanlari doktori, professor.
I.Mo‗minov
tomonidan 1956 yilda O‗zbekiston Fanlar Akademiyasining ―O‗zbekistonda ijtimoiy fanlar‖
jurnaliga asos solinishi ilmiy tadqiqot ishlari tarkibi va mavzulari doirasining nisbatan
kengaytirilishi, ijodiy erkinlikka yo‗l ochdi. 1957 yilda I.Mo‗minov tashabbusi bilan O‗zFA
huzurida ―Falsafa va huquq instituti‖ tashkil qilingan, O‗zbek ensiklopediyasining birinchi mas‘ul
muharriri bo‗lgan.
I.M. Mo‗minov o‗zbek faylasuflaridan birinchi bo‗lib, sovet tuzumining millatni ma‘naviy
qadriyatlardan mahrum etish, milliy ongni buzish va o‗z-o‗zini anglashga yo‗l qo‗ymaslikka intilib,
kommunistik mafkurani shakllantirishga jon-jahdi bilan harakat qilayotgan bir paytda, tarixiy va
ma‘naviy merosni, o‗zbek xalqi va Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari yaratgan boy ma‘naviy
qadriyatlarni har tomonlama o‗rgandi.
I.M Mo‗minovning Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1000 yilligiga bag‗ishlab o‗tkazilgan
xalqaro konferensiyada ―Beruniy – ensiklopedist olim‖ mavzusidagi ma‘ruzasi va ―Xorazmlik
buyuk ensiklopedist‖ monografiyasining o‗zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida nashr qilinishi
olamShumul voqea bo‗ldi. Xususan u ―Biz buyuk xorazmlik olim Beruniyga vatanparvarligi,
45
Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1996. -Б.260.
46
Ўша манба, -Б.296.
89
insonparvarligi uchun, olimning quvonchi va baxtini umuminsoniylik va milliylik, umumiylik va
xususiylik birligida ko‗ra olgani uchun buyuk hurmat bilan qaraymiz. Beruniyda vatanparvarlik
izchil insonparvarlik bilan uzviy bog‗lanib ketadi‖
47
, deb e‘tirof etadi. O‗sha davrda o‗tmish
mutafakkirlari va olimlarining insonparvarlik salohiyati, qarashlari va ta‘limotlaridagi nodir milliy
va umuminsoniy qadriyatlar haqida hech narsa deyilmagan yoki ular inkor qilingan bir vaziyatdagi
bu sa‘y harakat milliy falsafa rivojidagi dastlabki uchqun bo‗ldi, desak mubolag‗a bo‗lmaydi.
Olim turli manba va ilmiy adabiyotlardan foydalangan va ularni sharhlagan holda Amir
Temurning shaxsi va faoliyatini ob‘ektiv tahlil qilishga va baholashga harakat qildi. I.Mo‗minov
o‗sha davrdagi ilm ahlini Amir Temurning milliy davlatchilikni shakllantirishdagi roliga to‗g‗ri
baho berishga chaqirdi va 1969 yilda YUNESKO homiyligida Samarqand shahrining 2500 yilligi,
Temur va Temuriylar davridagi O‗rta Osiyo san‘atini o‗rganishga bag‗ishlangan konferensiyada
―Amir Temurning O‗rta Osiyoda tutgan o‗rni va roli‖mavzusida ma‘ruza qildi, jiddiy
muhokamalardan so‗ng ma‘ruza o‗zbek va rus tillarida nashr qilindi. U ‖Bunday shaxsning Yuzaga
kelishi davrning, zamonning taqozosi, CHig‗atoy ulusining zulmi, mayda feodal beklarni
vahshiyona ezishi, mo‗g‗ul xonlari, Oltin O‗rda beklarining Movaraunnahrdagi to‗xtovsiz
bosqinchilik yurishlari, azoblangan, xonavayron bo‗lgan, 150 yil davomida chet el hukmronligidan
tinkasi qurigan mamlakatning, xalqning mustaqillikka erishish talabi edi. Bu tarixiy zaruriyat
Temurda, uning lashkarboshilarida ravshan ko‗rindi. Temur davlat arbobi sifatida ma‘lum darajada
bu ehtiyojni, talabni, zaruriyatni o‗zida aks ettirdi, ya‘ni Movanaunnahrda mustaqil markaziy
birlashgan davlat tuzdi, mamlakat ehtiyojlariga javob berdi. Mulkdor sinflar, savdogarlar,
karvonsaroy egalari hamda ma‘lum ma‘noda aholi talablariga peshvoz chiqib, mamlakatning ko‗p
joylarida qurilishlar qildirdi, kamida Yuz yigirma yil davomida nisbatan osoyishtalik o‗rnatdi. Bu
Shubhasiz, mamkalakatda iqtisod, madaniyat, fan, adabiyot va san‘atning o‗sishida muhim omil
bo‗ldi. Temurning O‗rta Osiyo tarixidagi xizmati, bizningcha ana Shulardan iboratdir‖
48
deb
ta‘kidladi.
I.Mo‗minov ―Amir Temur O‗rta Osiyoni birlashtiribgina qolmasdan, balki Rusga va boshqa
Evropa xalqlariga, Shuningdek SHimoliy Afrika xalqlariga, birinchi navbatda Misr xalqiga yordam
ko‗rsatdi‖
49
deb ta‘kidladi. Bu asari bilan I.Mo‗minov ba‘zi tarixchilarning ―Amir Temur o‗zidan
vayrona va kuldan boshqa hech narsa qoldirmadi‖, ―Temur va CHingizxon bir tarzda ish ko‗rdi‖
degan uydirma da‘volarning asossiz ekanligini isbotladi. Bu totalitar mafkura hukmronlik qilgan
davrdagi buyuk jasorat namunasi edi. Shu bois, I.Mo‗minov ma‘muriy –buyruqbozlik tizimi
mafkurasining keskin tanqidi va adolatsiz tazyiqiga uchradi. CHunki marksistik mafkura uchun
millatning o‗z –o‗zini angalashga asos bo‗ladigan ilmiy tarixiy dalillar emas, balki millatlar va
xalqlarni tarixiy ildizlaridan va qadriyatlaridan uzib qo‗yadigan kommunistik ongni shakllantirish
muhimroq edi. Shunday bo‗lsada, 1976-1977 yillarda uning 4 jildlik ―Tanlangan asarlari‖ nashr
qilindi. Ushbu kitoblarga I.Mo‗minovning nafaqat O‗rta Osiyo mutafakkirlari, (Mirzo Bedil,
A.Beruniy, YU.Qoshg‗ariy, A.Navoiy, A.Jomiy), balki g‗arb falsafasi namoyondalari (Gegel, Kant,
YUm, Fixte) ijodiga bag‗ishlangan asarlari jamlangan.
Mustaqillikka erishgach Mo‗minovning ijodi va jamoatchi arbob sifatidagi faoliyatiga
munosabat o‗zgardi. U fan, falsafa ravnaqiga qo‗shgan hissasi uchun ―Buyuk xizmatlari‖ordeni
bilan taqdirlandi. ―Falsafa va huquq instituti‖ uning nomi bilan ataldi. I.Mo‗minov yaratgan ilmiy
maktabning dastlabki qaldirg‗ochlari o‗z maktablarini yaratishga muyassar bo‗ldilar va ustoz ishini
davom ettirdilar.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, O‗zbekistonda nafaqat falsafa tarixi, balki dialektika va
bilish nazariyasi masalalarini o‗rganishga ham e‘tibor qaratilgan. I.A.Karimov ta‘kidlaganidek,
―Falsafani o‗zagini tashkil etadigan dialektika fani bo‗yicha hozir oliy o‗quv yurtlarimizda qanday
darsliklar bor? Dunyoni dialektik nuqtai nazardan baholashda, bugungi o‗ta murakkab va shiddatli
47
Қаранг.Шермухамедов С. Халқ маънавияти ва маърифатига бахшида этилган умр. -Т.: Фан, 2004. –Б. 4.
48
Мўминов И. Амир Темурнинг Ўрта Осиѐ тарихида тутган ўрни ва роли. 2 нашр. -Т.: Фан, 1993. –Б.54-55.
49
Ўша асар. –Б.52-53.
90
jarayonlarni anglash, ularga munosabat bildirishda qaysi yo‗nalishlar sizga ma‘qul?‖
50
. Darhaqiqat,
sho‗rolar davrida ilmiy bilim marksizm g‗oyalari bilan sug‗orilgan bo‗lsa-da, ba‘zi faylasuflar
ijodida bilim o‗zining haqiqiy ma‘nosida ifodasini topa oldi. Shunday olimlardan biri Jondor
Tulenovdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |