87
1989-2007 yillarda ―Falsafa tarixi va mantiq‖ kafedrasining mudiri lavozimida ishlagan
professor S.A.Yo‗ldoshev kafedra a‘zolari bilan hamkorlikda Sharq va G‗arb xalqlari tarixi,
Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi va ijtimoiy axloqiy qarashlarini o‗rganish bilan bir qatorda,
mantiq fanining keng qamrovli o‗rganilishiga ham alohida e‘tibor qaratib kelgan. Pokiston va Eron
falsafasini O‗zbekistonda chuqur o‗rganilishiga munosib hissa qo‗shgan.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2000 yil 28 yanvardagi farmoniga
ko‗ra, Toshkent Davlat universitetiga ―Milliy‖ maqomi berilishi, fakultet professor o‗qituvchilariga
mas‘uliyat yuklashi bilan bir qatorda Yangi faoliyatga chorladi.
Ular falsafiy bilimlarni,
Yangilangan tafakkur nuqtai nazaridan yoritish bo‗yicha faol ish olib bordilar.
2002 yilda Yangi ―Falsafa va fan metodologiyasi‖ kafedrasining tashkil qilinishi falsafadagi
ijtimoiy muammolar bilan bir qatorda, fundamental masalalarning o‗rganilishiga keng imkoniyatlar
yaratdi. ―Falsafaning umumnazariy masalalari‖ ilmiy maktabiga asos solindi. Bugungi kunda ushbu
maktab tadqiqotchilari tomonidan ―gerontologiya‖- qarilik muammosi, ―fenomenologiya‖-
insonning individual ijtimoiy ongiga ta‘sir qiluvchi omillar muammosi, ‖germenevtika‖ - tushunish
va tushuntirish muammosi, ―tanatalogiya‖ - o‗lim va barhayotlik muammosi, ―epistemologiya‖,
―fan falsafasi‖, ―Ijtimoiy vaqt‖, ―Sinergetika‖, ―Dialog tushunish vositasi‖ kabi muammolarning
falsafiy tahliliga qiziqishning kundan kunga ortib borishi Yangi avlod faylasuflarining yuqori
intellektual salohiyatga egaligi va ayni paytda ularni ilmga yo‗naltiruvchi
munosib ustozlar
borligidan dalolat beradi.
O‗tgan yillar davomida fakultet bitiruvchilari nafaqat pedagogik faoliyati, balki ilmiy
salohiyati bilan falsafiy fanlar bo‗yicha Yangi o‗quv adabiyotlarini yaratish jarayonida ham faol
ishtirok qildilar. I.Saifnazarov muallifligida ―Kurs leksiy po filosofii‖ (2001), ―Ilmiy ijod
metodologiyasi‖ (2004), ―Fanlarning falsafiy masalalari‖ (2007), I.Rahimov A.O‗tamurodov
hamkorligida ―Fanlarning falsafiy masalalari‖ (2005), D.Fayzixo‗jaeva va M.SHaripovlar
hammuallifligida ―Mantiq‖ (2004) o‗quv qo‗llanmalari, S.Mamashokirov tahriri ostida Falsafa
(2005 lotin tilida), ―O‗zbekistonda Yangi jamiyat qurilishining g‗oyaviy-mafkuraviy masalalari‖
(2005), ―Erkin va farovon hayot qurilishining g‗oyaviy mafkuraviy masalalari‖ (2007) o‗quv
qo‗llanmalari, Q.Nazarov tahriri ostida ―Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar‖
(2001), ―Falsafa qomusiy lug‗at‖ (2004), ―G‗arb falsafasi‖ (2004), ―Jahon falsafasi tarixidan
lavhalar‖ (2005), ―Milliy g‗oya asosiy tushuncha va tamoyillari lug‗ati‖ (2005), ―Milliy g‗oya va
rahbar mas‘uliyati‖ (2008) kitoblari, yakka muallifligida ―Bilish falsafasi‖ (2005), ―Qadriyatlar
falsafasi‖ (2004) o‗quv qo‗llanmalari, N.A.SHermuxamedova muallifligida ―Filosofiya i
metodologiya nauki‖ (2003) o‗quv qo‗llanmasi, ―Falsafa va fan metodologiyasi‖ (2005),
―Gnoseologiya‖ (2007), Gnoseologiya – bilish nazariyasi (2011)
darsliklari, A.Ochildievning
―Milliy g‗oya va millatlararo munosabatlar‖ (2004), Madaniyat falsafasi (2010), E.Emirovaning
―Metodika prepodavaniya filosofii‖ (2004), Shuningdek A.Strelsova bilan hamkorlikdagi
―Vvedenie v spetsialnost» (2008) o‗quv qo‗llanmasi, Parmanov S.A., Noumenko O.A ning
―Traditsionnыe i alternativnыe filosofskie vzgalyadы o poznanii‖ (2007) o‗quv uslubiy qo‗llanmasi
kabi qator Yangi adabiyotlarining nashr qilinishi fakultetning katta ilmiy salohiyatga egaligidan
dalolat beradi.
O‗zMUning 90 yillik tarixida Falsafa bo‗limining 45 yillik, falsafa fakultetining 30 yillik
faoliyati o‗z o‗rniga ega. Zero, bugungi kunda Yangilangan tafakkur egalari o‗zbek falsafasining
nomini dunyoga tanitmoqdalar. Azaliy falsafiy muammolarga Yangicha yondoshmoqdalar. ―Ustoz
va shogird‖ maktabining Yangi avlodi shakllanmoqda, Yangi ilmiy maktablarga asos solinmoqda.
Fakultetning 1500 mingdan ortiq bitiruvchilari orasida Shu yillar davomida 40 ta fan doktorlari va
200 dan ortiq fan nomzodlari ilmiy darajasiga ega bo‗ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: