Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


SHermuxamedov Said (1930) akademik, falsafa fanlari doktori, professor



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

SHermuxamedov Said (1930) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. 
O‗zbekistonda 
madaniyat nazariyasi va tarixi ilmiy maktabining asoschi. Shuningdek u ―Ijtimoiy falsafa‖, 
―Pedagogika tarixi va nazariyasi‖, ―SiyosatShunoslik‖, ―Sotsiologiya‖, ―Etika‖ ,‖Estetika‖, 
―MadaniyatShunoslik‖ kabi yo‗nalishlarda jami 570 yaqin ilmiy va ilmiy ommabop ishlarning 
muallifi. O‗zining ―O‗zbek xalqi madaniyatining milliy shakli‖(1961) monografiyasida o‗zbek xalqi 
madaniyati qadimiy ildizlarga egaligi va har qanday madaniyat zamon ruhiga moslashib, 
Yangilanib borishi va ayni paytda milliy ruhi saqlanib qolishini ta‘kidlaydi. S.SHermuxamedov 
nafaqat o‗zbek millati, balki boshqa millat madaniyatini ham o‗rganish asosida milliy 
madaniyatlarda o‗zaro uyg‗unlik va o‗zaro aloqadorlik bor, biroq har bir millatning milliy o‗ziga 
xosligi millatlarni bir-biridan farqini ko‗rsatadi, deb hisoblaydi. Olim madaniyatning gumanistik 
asoslari, zamonaviy madaniyatning shakllanishida milliy va umuminsoniy madaniyat uyg‗unligiga 
alohida e‘tibor qaratadi. 
Sovet tuzumi davrida S.SHermuxamedov tashabbusi bilan jami to‗rtta (1978, 1980, 1982, 
1984,) milliy madaniyat masalalariga bag‗ishlangan xalqaro konferensiyalar o‗tkazildi. Ularda 
jahon hamjamiyati vakillari ishtirok etdilar. 
Mustaqillik yillarida S.SHermuxamedov milliy istiqlol g‗oyasi, Yangilanayotgan jamiyatning 
asl mohiyatini aholi turli qatlamlari, ayniqsa yoshlar ongiga singdirishning ahamiyatini chuqur 
anglagan holda, ―Yangilanayotgan jamiyatga - Yangilangan falsafa‖ (1993), ―Madaniyat va 
sivilizatsiya‖ (1996), ―Davrimiz allomasi‖ (1998), ―Biz qanday jamiyat qurmoqdamiz‖ (1999), 
―Istiqlol quyoshi‖ (2002), ―O‗zbekiston Respublikasi mustaqilligi va falsafaning ravnaqi‖ (2005), 
‖Falsafa va ijtimoiy taraqqiyot‖ (2005), Inson falsafasi (2009) kabi asarlar yaratdi va ular ilmiy 
jamoatchilik tomonidan munosib baholandi. Olim, ushbu asarlarida sovet tuzumi davrida falsafa 
fanini siyosiylashtirish oqibatlari haqida fikr yuritadi va Yangilangan falsafaning eng avvalo 
gumanistik, so‗ngra dunyoqarashli, tarbiyaviy, qadriyatli, integrativ, axloqiy funksiyalariga ta‘rif 
beradi. ―Biz qanday jamiyat qurmoqdamiz‖ asarida u milliy mustaqillikning ahamiyati, jamiyatning 
demokratiyalaShuvi jarayonida Yangilangan tafakkurni shakllantirishning zaruriyatini asoslaydi. 
S.SHermuxamedov S.Mirzaev bilan hamkorlikda yaratgan ―Hozirgi zamon o‗zbek adabiyoti tarixi‖, 
―Oybek va o‗zbek adabiyoti‖, ―Komil YAshin ijodi‖, ―Adabiyotning hamkorligi hayot taqozosi‖, 
―Abadiyot va san‘atda prinsiplar‖ kabi kitob va risolalari, uning nafaqat faylasuf olim, balki o‗zbek 
adabiyotining haqiqiy ixlosmandi ekanligidan dalolatdir. Xususan ―Hozirgi o‗zbek adabiyoti tarixi‖ 
(1985) qo‗llanmasida olim zamon zaylidan cho‗chimasdan, har bir adib, shoir va umuman adabiy 
muhit haqida xolisona fikr bildirgan. Olim barcha asarlarida inson omilini birinchi o‗ringa qo‗yadi 
va shogirdlarini Bedilning ―Garchi dushmanni do‗st qilolmasang, do‗stni dushman qilmagin‖ degan 
naqliga amal qilishga chorlaydi. 
S.SHermuxamedov ustozga sadoqatli shogird va shogirdparvar ustoz hamdir. U ustozi I. 
Mo‗minovning 80, 85, 90, 95, 100 yillik yubileylarini o‗tkazish, tug‗ilgan yurtida muzey tashkil 
qilishda faol ishtirok qildi, ustozining boy ilmiy merosi, ijodi va faoliyati haqida qator risolalar 
yaratdi.
S.SHermuxamedov ―Madaniyat falsafasi va tarixi‖ ilmiy maktabida 130 dan ortiq shogirdlar 
tayyorladi, ular bugungi kunda respublikamiz Oliy o‗quv yurtlari, davlat tashkilotlarida turli 


94 
lavozimlarda ishlab, yurt tinchligi va farovonligi yo‗lida mehnat qilmoqdalar. Ustoz hozirgi kunda 
ham yoshlarning ma‘naviy axloqiy tarbiyasiga munosib hissa qo‗shib kelmoqda. 

Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish