Bar‘er ko‘rinishidagi to‘siqlar quyidagi elementlardan iborat bo‘ladi:
temirbeton ustunlarga biriktirilgan
temirbeton bruslar ; metall, temirbeton yoki
yooch ustunlardagi amortizatorlarga (konsollarga) biriktirilgan, profillangan metall
plankalar metall yoki temirbeton ustunlardagi po‘lat jild amortizatorlardan
o‘tkazilgan po‘lat troslar.
Yo‘l poyini va qatnov qismini qayta qurishda yo‘l yangi o‘qining o‘rnini
mavjud yo‘l poyining kengligiga boliq holda belgilanadi. Agar mavjud yo‘l
poyining kengligi loyihada ko‘rsatilganidan ortiq yoki unga teng bo‘lsa,
loyiha
chizii mavjud yo‘lning o‘qi bilan ustma–usta tushiriladi . Bu holda yo‘lning ikki
tomonidan ariqlar yoki rezervlarni ko‘mib yuborish, ko‘tarmalarga yana grunt
to‘kish yoki o‘ymalarning qiyaliklarini kesib tekislash kerak.
Kamroq
kengaytirishda to‘kilayotgan grunt qatlamlarining mavjud yo‘l poyi bilan yaxshi
bolanishiga erishish qiyin, bu esa qiyaliklarning surilishini
yuzaga keltirishi
mumkin.
30-rasm. Yo‘l poyini kengaytirish usullari
a-ko‘tarmada loyiha o‘qi mavjud yo‘l o‘qi bilan ustma-ust tushganida; b-
shuning o‘zi, o‘ymada; v-ko‘tarmada bir tomonlama kengaytirish; g-
qiyalama uchastkada bir tomonlama kengaytirish
Yo‘l poyining kengligi loyiha kengligidan kam bo‘lganida o‘qni
mavjud
yo‘lning o‘qiga nisbatan o‘ng tomonga shunday hisob bilan siljitish kerakki, bunda
yo‘l poyini faqat bir tomonlama kengaytirish talab etilsin. Bu usul ayniqsa
qiyaliklari turun, mustahkamlangan chuqur o‘ymalarda va trassani baland
ko‘tarmalar bo‘yicha o‘tkazishda samaralidir. Keyingi holda quvurlarni uzaytirish
qulaydir, chunki ularning kallachalaridan biri saqlanib qoladi. Yo‘l
poyini bir
tomonlama kengaytirish ishlarini bajarish davrida aylanib o‘tish yo‘li qurmaslik
imkonini beradi.
Parapet ko‘rinishidagi to‘siqlarga ko‘ndalang kesimi maxsus shaklda
bo‘ladigan temirbeton bloklar, beton va buto‘
betondan yasaladigan to‘ri burchakli
bloklar kiradi.
31-rasm. Birinchi guruh yo‘naltiruvchi to‘siqlar
GOST 26804—86 bo‘yicha ajratish polosasida ikki tomonli bar‘er to‘siq
Oxirgi yillar xorijda parapet ko‘rinishidagi (monolit va yiilgan)
temir beton
to‘siqlar ko‘proq ishlatilayapti. Parapet to‘siqning ko‘ndalang kesimi zinali
trapetsiya ko‘rinishida bo‘ladi va avtomobil bir tomondan yoki ikki tomondan
urilishiga mo‘ljallanadi. Yiiladigan bloklar temir
beton plitaga shtir bilan
mahkamlanadi ,monolit to‘siqlar esa yo‘l to‘shamasi yoki tuproqqa 200 mm
kiritiladi . Avtomobil to‘siq chetiga urilmasligi uchun birinchi blok bilan oxirgi
blokning cheti qiya yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: