Yo‟l to‟siqlarini o‟rnatish
Yo‘llarda yo‘l - transport halokatini oirligi
va transport vositalarining
yo‘ldan foydalanish xususiyatlariga to‘siq o‘rnatilgan yo‘lni qaysi qismdaligi katta
ta‘sir qiladi.
Vazifasiga qarab to‘siqlar to‘rt xil joyga – yo‘l chetiga, ajratish polosasiga,
sun‘iy inshootlarga (ko‘priklarga, estakadalarga, yo‘l o‘tkazgichlarga)
va katta
predmetlarni (yo‘l o‘tkazgichlar
tayanchlari, yoritish machtalarini)
himoya qilish
uchun o‘rnatiladi
Yo‘l chetidagi to‘siqlar amaldagi me‘yoriy
hujjat talablari,
planning
geometrik xususiyati, yo‘lning bo‘ylama va ko‘ndalang kesimi va harakat jadalligi
hisobga olib o‘rnatiladi.
To‘siq ustunlari yo‘l
yoqasida, yo‘l poyi qiroi kamida 0,5
m narida
o‘rnatiladi. Yo‘l yoqasining kengligi yo‘l qatnov qismining
chetidan eng yaqin
bar‘er to‘siq yuzasigacha I va II toifali yo‘llarda kamida 3 m, III toifa yo‘llarda esa
1,75 m dan kam bo‘lmasligi kerak. To yo‘llarining ayniqsa qiyin qismlarida yo‘l
yoqasining kengligi kamida 0,5 m bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: