2. Xavflarning guruhlanishi
Xavflarni
kelib chiqish tabiatiga, sababiga,
oqibatiga, zarariga,
sohasiga,
tuzilishiga va ta’siriga qarab quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin:
1.
Kelib chiqish tabiatiga ko’ra
xavflar quyidagilarga bo’linadi: tabiiy,
texnikaviy, antropogen (inson bilan bog’liq), ekologik, aralash (ikkita
va undan
ortiq).
2.
Rasmiy standart boyicha
: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.
3.
Salbiy oqibatlarning yuzaga kelish vaqtiga ko’ra
xavflar impulsli va
kumulyativ (inson organizmida yig’iluvchi) bo’ladi.
4.
Olib keluvchi oqibatiga ko’ra
:
toliqish, kasallanish,
jaroxatlanish,
halokat, yong’in, o’lim xavfi va boshqa.
5.
Keltiruvchi zarariga ko’ra
: ijtimoiy, iqtisodiy. texnik,
ekologik va
boshqa.
6.
Lokalizatsiyasi (chegaralanishi) boyicha
: litosfera, gidrosfera, atmosfera
va kosmos bilan bog’liq bo’lgan xavflar.
7.
Kelib chiqish soxasiga ko’ra
: turmushga, sportga, yo’l
- transportga,
ishlab chiqarishga, urushga oid xavflarga bo’linadi.
8.
Tuzilishiga ko’ra
xavflar oddiy va xosila (oddiylarning ta’sirida xosil
qilingan) bo’linadi.
9.
Insonga ta’sir qilish harakteriga
ko’ra
faol (aktiv) va sust (passiv)
xavflar bo’ladi.
Energiya xisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi,
bularni
insonning o’zi vujudga keltirishi mumkin. Masalan, o’tkir (sanchiluvchi va
kesuvchi) qo’zgalmas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar,
balandliklar, bir-biriga tegayotgan tekisliklar orasidagi ishqalanish va boshqalar.
Xavflarning baxtsiz xodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan
keyingi (aposterior) belgilari mavjud.
3. Xavflarni guruhlashga topshiriq
Quyida keltirilgan voqea va hodisalarni xavflar guruxlariga tavsiflab bering.
Xavflar turi:
1. Suv ombori tug’onida zilzila oqibatida damba yorildi.
2. Kimyoviy zavodda KTZM (kuchli ta’sir etuvchi zaharlovchi modda) tarqaldi.
3. Atom elektr stansiyasida avariya yuz berdi.
4. Ko’prikda poyezdlar avariyaga uchradi.
5. Tog’ oldi zonasida sel kelishi natijasida suv toshqini.
6. Kanalda avariya yuz berdi.
7. Tog’ oldi zonasida tuproq ko’chishi.
8. Meliorativ mashinalarni ta’mirlash korxonasida yong’in.
9. Tog’ zonasida qor ko’chishi.
10. Aholi yashaydigan punktda yuqumli kasallik tarqalishi.
Xavf
turi
Talabaning varianti
1, 11
2, 12
3, 13
4, 14
5, 15
6, 16
7, 17
8, 18
9, 19
10,20
1
X
2
X
3
X
4
X
5
X
6
X
7
X
8
X
9
X
10
X
Nazorat savollari
1.Xavf nima? 2."Xavfsizlik" deganda nima tushiniladi? 3.Xavf qanday turlarga
bo’linadi? 4.Xavflarning taksonomiyasi nima? 5.Xavflar nomenklaturasi nima?
6.Xavflar kvantifikatsiyasi nima?