1-
amaliy mashg’ulot
XAVFLARNING XUSUSIYATLARINI VA GURUHLANISHINI
O’RGANISH
Ishning maqsadi:
Talabalarni
xavflarning xususiyatlari, hamda ma’lum bir
belgilariga ko’ra guruhlanishlari bilan tanishtirish.
Umumiy ma’lumotlar
Faylasuflarning fikricha, insonga berilishi kerak bo’lgan eng to’g’ri ta’rif bu
“Nomo agens”dir, ya’ni harakat qiluvchi, yoki faoliyat ko’rsatuvchi odamdir.
Ongli ravishda ma’lum bir maqsadga, natijaga erishish uchun qilingan har
qanday hatti-harakatni faoliyat deb qarash mumkin. Bu tasdiqdan kelib chiqadiki,
faoliyatni faqat insongina o’z ongi va tafakkuri mahsuli sifatida ko’rsatishi mumkin.
Buning oqibati o’laroq faoliyat insonlar jamiyati mavjud bo’lishligining eng zarur
shartlardan bittasi bo’lib yuzaga chiqadi.
Mehnat esa
faoliyatning oliy shaklidir, chunki faqat mehnat tufayligina
insoniyatning barcha moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi boyliklari yaratiladi.
Faoliyat va mehnatning shakllari xilma - xildir. Ular turmushda, jamiyatda,
madaniyatda, ishlab chikarishda, ilmda va boshqa
hayot sohalarida kechadigan
amaliy, aqliy va ma’naviy jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Faoliyat jarayonining modelini umumiy holda ikkita elementdan tashkil
topgan deb qarash mumkin. Bular bir-biri bilan to’g’ri va qaytma (teskari) aloqada
bo’ladigan inson va muxit elementlaridir (1-rasm).
Inson
Muhit
1-rasm. Faoliyat jarayoni modeli (”inson – muhit” tizimi).
Qaytma aloqalar moddiy dunyoning reaktivlik xususiyatiga, ya’ni
tashqi
ta’sirga nisbatan qarshi ta’sir ko’rsata olish umumiy qonuniyatlariga asoslangan.
«Inson-muhit» tizimi ikki maqsadlidir. Birinchi maqsad ma’lum natijaga,
samaradorlikga erishishdan iborat bo’lsa, ikkinchisi - yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan ko’ngilsiz oqibatlarni (inson tomonidan
muhitga nisbatan va muhit
tomonidan insonga nisbatan) bartaraf qilishdan iboratdir.
Insonning muhitga, muhitning esa insonga qarshi ta’sir ko’rsatishi oqibatida
ko’ngilsiz oqibatlar yuzaga keladi. Ko’ngilsiz oqibatlarga quyidagilar kirishi
mumkin: inson hayotiga xavf solish, sog’lig’iga jismoniy jihatdan zarar yetkazishlar
(turli darajadagi jarohatlanishlar) sog’liqga psixofiziologik jihatdan zarar
yetkazishlar,
yong’inlar,
portlashlar, buzilishlar (avariyalar), falokatlar
(katastrofalar), muhitdagi ekologik buzilishlar va boshqalar. Bu ko’ngilsiz
oqibatlarni keltirib chikaruvchi xodisa, ta’sir va boshqa
jarayonlar - xavflar deb
ataladi.
Xavflar yashirin (potensial) va mavjud, yuzaga kelgan (real) turlarga
ajratiladi.
Xavflar uchun quyidagi belgilar harakterlidir:
xayotga taxlika solish,
sog’liqqa zarar, inson a’zolari ishlashining qiyinlashishi.
Inson
Muhit
Xavflar
Xavfsizlik
2-rasm. Faoliyat jarayoni modelida “xavfsizlik”ni ta’minlash muammosining
yuzaga kelish bosqichlari.
Potensial xavf amalga oshishi, ya’ni real xavfga aylanishi uchun “sabablar”
deb ataluvchi sharoitlar zarurdir.
Quyida xavf va uning oqibatini harakterlovchi ayrim ma’lumotlar keltirilgan.
Yer yuzida tabiiy ofatlar soni ko’payib bormoqda, u 1990 yilda 1960 yilga
nisbatan ikki marta oshdi. Butun dunyo sog’liqni saqlash jamiyatining ma’lumotlari
boyicha dunyoda 1909 yildan 1974 yilgacha asab kasalligi bilan kasallanish 24
marta ko’paygan.
Dunyoda 500 mln. ga yaqin nogiron bo’lib, ularning har 1/5 baxtsiz xodisa
natijasida sodir bo’lgan. Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) davlatlarida har yili
19 milliongacha kishi jarohatlanadi, o’rtacha 500 ming kishi halok bo’ladi, shundan
50-60 minggi yo’l - transport hodisasiga, 10 minggi yong’inga va 14 minggi bevosita
ishlab chiqarishga to’g’ri keladi.
MDH davlatlarida har yili 30 mingga yaqin kishi mehnat nogironi bo’ladi.
Davlat statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra 1989 yildan boshlab
jarohatlanish darajasi mamlakatlar boyicha 4 foizga oshgan,
ularning ayrimlarida
esa bu ko’rsatgich 11-19% va undan ham yuqori bo’lmoqda. Bir yilda har 1000 ta