Manaviyat asoslari Lotin pv doc


Adab bu – xulqni chiroyli qilish



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
Adab bu – xulqni chiroyli qilish,
so‘zni va fe’lni soz qilishdir. 
 
Bahovuddin Naqshband
 
 
 
III BO‘LIM. SHAXS MA’NAVIYATI TARAQQIYOTINING 
MEZONLARI 
 
10-mavzu.
 Ma’naviy barkamol inson tushunchasi va
uning sharqona ta’rifi 
 
10.1. Ma’naviy barkamol inson tushunchasining mohiyati,
ma’rifiy, axloqiy, ijtimoiy xususiyatlari 
 
Bugungi kunda ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbi-
yalab, voyaga yetkazish biz uchun umummilliy, umumdavlat miq-
yosidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa sanaladi. Bu ezgu maqsad 
yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarimizni izchil va qat’iyatlilik bilan 
davom ettirish bugungi siyosatimizning diqqat markazida turibdi. 
Haqiqatan ham mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga 
katta e’tibor berib kelinmoqda. 
Prezidentimiz Islom Karimovning har bir nutqi va ma’ruzalari, 
maqola va asarlarida yuksak ma’naviyat – kelajak poydevori ekanligi 
qayta-qayta ta’kidlanmoqda. Biz jamiyatimiz taraqqiyotini faqatgina 
iqtisodiy, ijtimoiy farovonlik bilangina emas, xalqimizning ma’naviy 
barkamolligi, demokratik va insonparvarlik tamoyillarining kishilar 
ongida nechog‘lik chuqur ildiz otishi bilan baholaymiz. 
Mustaqillik va ma’naviyat bir-biriga bog‘liq tushunchalardir. 
Ma’naviyatning kamol topishi, qalblarga singishi uchun mustaqillikni 
mustahkamlash lozim bo‘ladi. Qudratli davlat, buyuk ijtimoiy-iqti-
sodiy islohotlar ma’naviyat zamirida vujudga keladi. Har bir alohida 
shaxsning va butun millatning ma’naviy kamoloti orqali huquqiy 
demokratik davlat barpo etiladi. Shu oqilona siyosat tufayli xalqimiz 
o‘zligini tanib, o‘z shajarasini idrok etmoqda, tarix oldidagi vazifasini 
anglab olmoqda. 


229
Ma’naviyatni yuksaltirmay xalqimiz hayoti, turmushi va mam-
lakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Islohot-
larning birinchi bosqichida milliy ma’naviyatni yuksaltirish yo‘lida 
ko‘zlangan maqsad to‘la amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda 
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga zamin hozirlandi. 
Ma’naviy g‘oyasizlik, mafkuraviy parokandalik davriga barham 
berildi. Ijtimoiy hodisalar bilan birga milliy ma’naviyatimiz yuksala 
bordi. Yurtboshimiz Islom Karimov «O‘zbekiston iqtisodiy islohot-
larni chuqurlashtirish yo‘lida» asarida ta’kidlaganidek: «Xalqning 
ma’naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixiy va o‘ziga xosligi 
qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilanish va taraqqiy ettirish 
yo‘lidan muvaffaqiyatli olg‘a siljishida hal qiluvchi, ta’bir joiz bo‘lsa, 
belgilovchi ahamiyatga egadir»
1
. Ma’naviyat jamiyat hayotining 
shunday bir nozik, ahamiyatli sohasiki, bu borada xo‘jako‘rsinga ish 
qilish iqtisodiy va siyosiy sohalarda kutilmagan turli inqirozlarni 
keltirib chiqarishi mumkin. Kishilarda, xususan yoshlarda yangi 
ma’naviyatning shakllanishi ancha murakkab va mashaqqatli jarayon 
hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun keng ko‘lamli madaniy, 
tarixiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish kerak. Eski 
tuzum sharoitida tarkib topgan ma’naviy inqirozga barham berish, 
yangicha tafakkurga ega bo‘lgan insonni shakllantirish murakkab, 
muayyan davrni talab qiluvchi jarayon bo‘lganligi sababli tarixning 
burilish davrlarida jamiyat hayotida ma’naviy bo‘shliq holatlari ham 
yuzaga kelishi tabiiy. Bu bo‘shliq jamiyat uchun iqtisodiy, siyosiy 
inqirozga nisbatan ancha xatarliroq kechadi. Shuning uchun jamiyat 
ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yib 
bo‘lmaydi. Uning achchiq saboqlarini 1999-yil 16-fevral, 2005-yil 
Andijon voqealari ko‘rsatdi. Shu sababli tarixiy burilish davrlarida 
obyektiv tarzda yuzaga keladigan bunday holatlarni chuqur anglab, 
ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish lozim. «Bunday to‘g‘ri mafkuraviy 
ta’sirlar salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun bunday holatlarni 
yuzaga qalqib chiqishining oldini faqat odamlarimiz, avvalambor 
yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat 
qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib 
tarbiyalash orqaligina erishish mumkinligini, mustaqillik tafakkuri, 
1
Каримов
И
.
А

Ватан
– 
саждагоҳ
каби
муқаддасдир

Асарлар
тўплами
. 3-
жилд

Т
.: 
Ўзбекистон
1996. 274-
бет



230
ma’naviyatini shakllantirish, maqsad, vazifa, vositalari yo‘llarini izlab 
topish, hayotga joriy etish orqali hal etish mumkinligini ta’kidlab 
kelmoqda»
1
. Zotan, yosh, mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun 
ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Shuning uchun ham 
Yurtboshimiz «Yuksak ma’naviyat - kelajak poydevori» degan 
hikmatli shiorni yanada balandroq ko‘tardiki, yuksak ma’naviyat 
mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish 
uchun muhim va zaruriy tamoyillardan biri bo‘lib qoldi. 
O‘zbekiston bozor munosabatlariga to‘la o‘tayotgan davrda 
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati tobora o‘sib borayotgan-
ligi ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashni eng dolzarb masala 
sifatida kun tartibiga qo‘ymoqda. Shu ma’noda Prezidentimiz Islom 
Karimovning quyidagi fikrlari hozirgi davrda har qachongidan ko‘ra 
muhim ahamiyat kasb etadi: «Bu sohadagi ishlarimizning pirovard 
maqsadi iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro 
ma’naviyatini shakllantirishdir. Ya’ni mustaqil dunyoqarashga ega, 
ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib 
yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiyalashdan iborat»
2

Bozor munosabatlarida ham yuksak ma’naviyatli va axloq-odobli, 
iqtidorli, bilim saviyasi yuqori va chuqur, zukko, ishbilarmon kishilar 
zarur. Ma’naviyat, ma’naviy-axloqiy jihatdan sust, bilim saviyasi 
yuzaki va past, ishning ko‘zini bilmaydigan kishilar bozor 
munosabatlarida ko‘zlangan maqsadga erisha olmaydilar.
Vatanimiz ertangi kunini, o‘z zurriyodlarining baxtu istiqbolini 
istaydigan har bir odam - u kim bo‘lishi, qanday lavozim egasi 
ekanidan qat’iy nazar, farzandlarimizning ma’naviy, g‘oyaviy tarbiya 
masalasidan chetda turmasligi kerak. Bugun bu o‘ta muhim masalaga 
beparvo qarashga, loqayd bo‘lishga hech kimning haqqi yo‘q. 
Endilikda ma’naviy va ma’rifiy tarbiya mustaqil davlatimiz 
siyosati darajasiga ko‘tarildi. Chunki, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, 
taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. 
Yurtdoshlarimizning texnikaviy bilimi, murakkab texnologiyani egal-
lash qobiliyati ma’naviy barkamollik, mustaqil tafakkur bilan birga 
borishi kerak.
1
Каримов
И
..
А
.
Миллий
истиқлол
мафкураси

халқ
эстиқолол
ва
буюк
келажакка
ишончдир

Т
.: 
Ўзбекистон
. 13-14-
бетлар

2
Каримов
И
.
А

Озод
ва
обод
Ватан

эркин
ва
фаровон
ҳаёт

пировард
мақсадимиз

Асарлар
тўплами
. 8-
жилд

Т
.: 
Ўзбекистон
. 2000. 341-
бет



231
Ma’naviy barkamol inson tushunchasi keng qamrovli, serqirra 
tushuncha. Ma’naviy barkamol inson - komil inson tushunchasi bilan 
hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi 
sog‘lom avlod tushunchasi bilan ham bog‘lanib ketadi. Ilmiy 
adabiyotlarda bu tushunchalar alohida-alohida ishlatilsada, mohiyatan 
ularning hammasi inson axloqi va odobini, ularda shakllangan barcha 
ijobiy xislatlarni, shuningdek, ularning inson, jamiyat, Vatan, oila, 
ota-ona va boshqalarga bo‘lgan munosabatlarining barcha qirralarini 
qamrab oladi. 
Bu masalada Yurtboshimizning quyidagi so‘zlari ibratlidir: «Biz 
sog‘lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‘lom 
kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona 
axloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni 
tushunamiz».
1
Bundan 
ko‘rinib 
turibdiki, 
sharqona 
odob-axloq 
va 
umumbashariy g‘oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak 
ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson sanaladi. 
Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, 
xulq-atvor normalari, axloq-odobi singari qator xislat va 
fazilatlarning to‘kisligida ko‘rinadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq 
taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini o‘ylaydilar.
Prezidentimiz o‘zining «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» 
asarida erkin, ozod shaxs haqida gapirib, quyidagi to‘rt jihatga 
e’tiborni qaratadi, ya’ni har bir fuqaro: 
- o‘z haq-huquqlarini taniydigan bo‘lsin, buning uchun 
kurashsin; 
- o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo‘lsin, imkoni-
yatlarini ishga solib, samarasini ko‘rsin; 
- atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil 
munosabat bildira olsin; 
- shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‘un 
holda ko‘rib, faoliyat yuritsin
2

Bu barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to‘liq ta’rifdir. 
Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari 
1
Каримов
И
.
А

Ўзбекистоннинг
сиёсий
-
ижтимоий
ва
иқтисодий
истиқболининг
асосий
тамойиллари

Т
.: 
Ўзбекистон
, 1995, 57-
бет

2
Ўзбекистон
XXI acpra 
интилмоқца

Т
.: 
Ўзбекистон
, 2000, 232-233-
бетлар



232
qatoriga mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik 
tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, 
mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g‘urur bo‘lmas ekan, 
fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar ham 
bo‘lmaydi. 
Mustaqillik tafakkuri keng qamrovli bo‘lib, u quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
-
Vatan istiqloli va istiqboli haqida qayg‘urish; 
- xalqi, yurti qadr-qimmati, or-nomusini anglash va buni himoya 
qilish; 
- butun mehnati, iste’dodi, imkoniyatini, zarur bo‘lsa jonini ham 
yurt istiqboli, xalq baxti uchun baxshida etish va boshqalar. 
Mustaqillik, bu - bizga ajdodlarimiz qoldirgan boy va muqaddas 
ma’naviyatdir. Bu ma’naviyatni har birimiz avaylab-asrashimiz ham 
qarz, ham farzdir. Shu ezgu vazifani amalga oshirish butun xalq va 
ayniqsa, yoshlar ongiga mustaqillik ruhini singdirishda katta ahamiyat 
kasb etadi. 
Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralaridan biri milliy 
g‘urur va iftixordir. Milliy g‘urur o‘z xalqining bir necha ming yillar 
davomida yaratib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari, 
tarixiy merosi, urf-odatlari, an’analari, odob-axloqi, turmush tarzi, 
yuksak ma’naviyati, barcha tarixiy yutuqlari va saboqlariga cheksiz 
hurmat va e’zoz bilan munosabatda bo‘lish, avaylab-asrashdir. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish