132
mizning o‘ziga xos xususiyatlari o‘zbekona ma’naviyatning milliy
asoslarini tashkil etadi. Qadimdan O‘zbekiston
hududida asrlar
davomida turli madaniyat va sivilizatsiyalar yonma-yon yashab
kelgan, bu esa tinchliksevarlik, sahovat, mehr-oqibatlilik fazilatlari
bilan ajralib turadigan o‘ziga xos mentalitetning shakllanishida
muhim ahamiyat kasb etgan. Bu nafaqat o‘ziga xoslik, balki
ahamiyati va mohiyati jihatidan bebaho bo‘lgan g‘oyat katta
boylikdir. Bir tomondan, xalqning o‘ziga xosligi va betakrorligini
saqlash uchun, boshqa tarafdan, tarixan
shakllangan qadimiy milliy
madaniyatlar, san’at va xalq ijodiyoti, ming yillar mobaynida tarkib
topgan milliy an’ana va urf-odatlarning o‘zaro yaqinlashuvi hamda
bir-birini boyitishida O‘zbekistonda yashayotgan turli millat, elat
vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va hurmat muhitini qaror
toptirish uchun ochilayotgan imkoniyatlar yuksak ahamiyatga ega.
Insonlar o‘rtasidagi ana shu o‘zaro hurmat muhiti, ular qaysi
tilda so‘zlashishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston deb atalgan yagona
Vatanda hukm surayotgan tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikning
eng muhim asosi va garovi bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston
tarixining turli sahifalari ko‘zdan
kechirilganda, o‘zbek xalqi
ma’naviyati bilan bog‘liq shunday ma’lumotlarga duch kelish
mumkinki, ular halollik, haromdan hazar, ta’magarlikdan nafratlanish,
kamtarlik singari tuyg‘ular etnosga xos eng oliyjanob fazilatlar
ekanidan dalolat beradi. «Birovning haqi», «Qiyomat qarz», «Peshona
teri» degan ibratli so‘zlar buning yaqqol ifodasidir. Masalan, «Bobur-
noma»da temuriy hukmdor Umarshayx Mirzoning naqadar adolatli va
halol inson bo‘lganligini ko‘rsatuvchi bir ma’lumot keltirilgan. Bir-
yili Xitoydan Farg‘onaga kelayotgan ming kishilik karvon O‘sh
tog‘larida qor ko‘chkisi ostida qolib, halok bo‘lgan. Umarshayx
Mirzo darhol odamlarini yuborib, karvonning yuklarini nazorat ostiga
oldirgan. Egalari halok bo‘lgan bu mollarni ikki-yildan ziyod
ehtiyotlab saqlatgan. Xuroson va Samarqandga maxsus odam
yuborib, karvon egalarining merosxo‘rlarini daraklatib, toptirgan va
ularni o‘z
mamlakatiga chaqirtirib, mollarini to‘laligicha qo‘llariga
topshirgan.
Hozirgi davrda ham hayotimizda shunday ezgu tushunchalar
barqaror va ustuvor. Bunday misollar ma’naviyatning milliy asoslari
mustahkam ekanidan dalolat beradi. Har qanday etnos ma’naviyatini
133
uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan
ayri holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu borada ma’naviy meros,
madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omil va
manba sifatida xizmat qiladi.
Shunday manbalardan biri xalqimizning miloddan oldingi
davrdagi hayoti, dunyoqarashi, olam va odam to‘g‘risidagi tasavvur,
urf-odat va ma’naviy qadriyatlari, g‘oyalari, diniy qarashlari haqida
ma’lumot beruvchi «Avesto» hisoblanadi. Ushbu nodir kitob ayni
zamonda bu qadim o‘lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda buyuk
davlat,
buyuk madaniyat, buyuk ma’naviyat bo‘lganidan guvohlik
beruvchi bebaho tarixiy hujjat bo‘lib, ming yillar, asrlar davomida
avlod-ajdodlarimiz uchun ma’naviy-ruhiy tayanch, cheksiz kuch-
quvvat manbayi bo‘lib kelgan.
Bu ta’limotda ezgulik uchun qadam qo‘ygan odam uch asosiy
tamoyil, ya’ni niyatning ezguligi, so‘z va shartlarning butunligi,
amallarning insoniyligiga tayansagina maqsadga yetishi ta’kidlangan.
Bular inson va jamiyat hayotida o‘ta muhim qadriyatlar hisoblangan.
Ma’naviyatning milliy asoslari insonni yerga va uning boyliklariga
bo‘lgan munosabatini ham o‘z ichiga oladi. Odamlarni daryolarning
musaffoligi va tuproq unumdorligi haqida g‘amxo‘rlik qilishga da’vat
etgan zardushtiylik aynan bizning
zaminimizda vujudga kelgani
tasodifiy emas. Boshqa ta’limotlar - buddaviylik va moniylik ham
tabiatni asrab-avaylash ideal jamiyatga olib boradigan eng muhim
yo‘llardan biri ekanini targ‘ib qilgan.
Ma’naviyatimiz milliy asoslarining o‘ziga xos jihatlaridan yana
biri jamiyat hayotining, odamlar turmush tarzining ko‘proq an’ana,
urf-odatlar orqali boshqarilishidir.
Qadimdan Sharqda, jumladan, xalqimiz turmush tarzida ko‘p-
gina an’analar qonunlar darajasiga ko‘tarilgan. Barcha marosimlarda
mahalla ahli ishtirok etgan. Ming yillar mobaynida mahallalar
chinakam milliy qadriyatlar maskani, ma’naviyat maktabi vazifasini
ado etib kelmoqda. O‘zaro ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga
muhtoj kishilar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash,
to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat
o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish singari
an’analar mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan.
Xalqimiz
uchun jamoa, mahalla-ko‘y bilan birga hamohang
134
bo‘lib yashash, el qatoridan chiqmaslik kerak, degan tushuncha
nihoyatda qadrli. Soxta urf-odatlar odamlar yelkasiga mashaqqatli bir
yuk, aniqrog‘i, og‘ir majburiyat bo‘lib tushadi. Shu boisdan ham
hozirgi davrda ulardan voz kechish zarurati tug‘ilmoqda. Istiqlol
yillarida ma’naviy tiklanishning ijobiy, bunyodkorlik mohiyatini
kuchaytirishga qaratilgan reja va dasturlar ishlab chiqildi. Ushbu
dasturlar qayta tiklanayotgan ma’naviy merosga xolis yondashishga,
eng muhim, umuminsoniy qadriyatlarni boyitadigan hamda jamiyatni
yangilash
talablariga javob beradigan, ma’naviy jihatdan ijobiy
ahamiyatga ega urf-odat, marosim, an’analarni tanlab olish zaruratiga
asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: