ximiyalashtirish natijasida atrof-muhitning, atmosfera havosining buzilishi, oqar suvlarning
ifloslanishi, o‘lim hodisasining yanada ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘lim ko‘rsatkicha o‘rganilayotgan hudddagi ishlab chiqarish
kuchlarining rivojlanganlik
darajasiga, aholining yashash sharoiti va sog‘liqni-saqlash tizimining ahvoliga chambarchas bog‘liq.
Ushbu sohalarning rivojlanganlik darjasi qanchlik baland bo‘lsa, o‘lim ko‘rsatkichi shunchalik past
bo‘ladi va aksincha. Aksariyat o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan rivojlanayotgan davlatlarda bularning
darjasi past bo‘lganligi kuztiladi. Masalan, Afrika davlatlarida dunyo bo‘yicha umumiy o‘lim
ko‘rsatkichi o‘ta baland. Har 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan aholi o‘limi 15-20 ‰, ba‘zi joylarda 25 ‰
ga ham yetadi (Nigerda- 24 ‰). O‘lim darajasi baland bo‘lgan ikkinchi mintaqa Yevropa hisoblandi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, taraqqiyotiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiluvchi bu ikkala geografik
hudud o‘lim hodisasi ko‘pligi bilan bir-biriga o‘xshaydi. Yevropaning deyarli barcha qismlarida o‘lim
tug‘ilishga nisbatan yuqori. O‘limning umumiy ko‘rsatkichi va mamlakat iqtisodiy rivojlanishi
o‘rtasidagi bog‘liqlik har doim ham o‘zini oqlmaydi. Jumladan, Yevropa iqtisodiy baquvvat bo‘lishiga
qaramasdan aholi o‘rtasida o‘lim ko‘pligi bilan ajralib turadi. Buni ijtimoiy-iqtisodiy
shart-sharoit
bilan emas, balki aholi yosh tarkibidagi vaziyat bilan baholash maqsadga muvofiq. SHu boisdan fanda
aholi o‘limining yosh bo‘yicha taxlili alohida o‘rganildi.
Evropa aholisining umumiy o‘lim ko‘rsatkichi yosh bo‘yicha qaralganda bolalar va o‘rta
yoshdagilar o‘rtasida o‘lim kam uchraydi, keksa yoshdagilarda aksincha juda baland. Aholi yosh
tarkibida keksalar ko‘pligini inobatga olsak tabiiy ravishda bu umumiy o‘lim ko‘rsatkichiga ta‘sir
etishini aniqlaymiz. Bundan tashqari Yevropa aholisi tarkibida ekzogen omillar tufayli sodir
bo‘ladigan o‘lim hodisasi ko‘p uchraydi.
Tug‘ilish
darjasining pastligi, o‘limning tug‘ilishdn ko‘pligi aholining tabiiy kamayishini
keltirib chiqardi. Bugungi Yevropa demografik vaziyatida aynan shu holat oddiy aholi tkror barpo
bo‘lishi sodir bo‘lmoqda ya‘ni aholi tabiiy ravishda kamaymoqda.
Taqqoslash uchun tanlab olgan qit‘amiz Afrikada esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi
qoloqlik, sog‘liqni saqlash sohasining
yetarli rivojlnmaganligi, tug‘ilayotgan farzandlar sonining
haddan tashqari ko‘pligi va ular o‘rtasid o‘limning yuqoriligi, umuiy o‘lim ko‘rsatkichining
balandligiga olib kelmoqda. O‘lim hodisasining katta yoki kichik ko‘rsatkichni tashkil etishi bir
yoshgacha bo‘lgan bollar o‘lii bilan bevosita bog‘liq. Har 1000 ta tug‘ilgan chaqaloqqa to‘g‘ri
keladigan go‘daklar o‘limi dunyo bo‘yicha 56 tani tshkil etadi. SHundan Afrikada bu raqam 89 ta,
Yevropada 9 ta, Okeaniyada 26 ta, Osiyoda 53 ta va Amerikada eng kam 7 taga teng (2004 yil).
Ma‘lumki, bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi bu birinchi yil bolalr hayotida ro‘y beradigan o‘lim
hodisasidir. Go‘daklar o‘limini qiyoslash borasida maxsus shkaladan foydalaniddi.
Do'stlaringiz bilan baham: