Aholining reproduktiv mayli va uni o’rganish. Tug’ilish jarayonini nazorat qilish.
Tug‘ilish-tirik tug‘ilgan bolalarni ifodalovchi biologik jarayon bo‘lib, u insonlarning reproduktiv mayl,
ya‘ni farzand ko‘rishga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liqdir. Reproduktiv mayl esa inson yashayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Natijada inson o‘z pushtliligidan, ya‘ni
bola ko‘rishga bo‘lgan biologik imkoniyatidan to‘la foydalanmaydi. O‘zining bolani tarbiyalab voga
etkazish uchun zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, farzand
ko‘rishga harakat qiladi, ya‘ni farzandlar tug‘ilishini cheklaydi, nazorat etadi.
Tug‘ilish darajasi-tug‘ilish koffitsientlari yordamida o‘rganiladi. Tag‘ilishning umumiy,
maxsus va xususiy koeffitsientlari mavjuddir. Aholi o‘rtasida sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish orqali
reproduktiv kayfiyatni o‘rganish xozirgi davrning eng maqbul taxliliga aylanib bormoqda. Aholi
o‘rtasida utkazila- digan tadqiqotlar aksariyat hollarda ayollar fikrini o‘rganish bilan izohlanadi.
Ayollarning ma‘lumot darajasi ortib borishi bilan bola ko‘rish miqdori kamayib boradi. Ayolning
ma‘lumot darajasining o‘sishi bola soni kamayishiga qaratilgan bo‘ladi. Bola ko‘rish haqidagi ichki
istak bilan tashqi ta‘sir biri-biriga mos kelmasligi mumkin. Ko‘pchilik ayollar, ayniqsa, musulmon
xalqtarining ayollari bolalari ko‘p bo‘lishini xohdlaydilar, lekin bolalarga ota- onalik vazifalari,
yuklarining ko‘p qismi ayollar zimmasiga tushib qolishi ularni bolalar sonini chegaralashga majbur
qilmokda. Nima sababdan bolalar ko‘p bo‘lishining oldini olyapsiz, degan savolga bolalar tarbiyasi
bilan shurullanish ayollarning jamoat ishlab chiqarishidan ajrab kolishiga sabab bo‘lishi, bolalarni uy-
joy bilan ta‘minlashning qiyinligi, ayollar sog‘lirini yuqotib quyishini sabab qilib ko‘rsatmoqdalar.
Reproduktiv axloq umumiy axloqning bir bo‘lagi bo‘lib, bu tug‘ish yoki tutishni inkor qilish
haqidagi shaxsning ruhiy kechinmasi, munosabatlarining yig‘indisidir.
Ichki kechinma – bu extiyoj, bolali bo‘lishga extiyoj, hissiyot.
Tashqi omil esa jamiyatdagi ijtimoiy talab, qadriyat va boshqalar.
Reproduktiv axloqning tashqi omili ota-onalik, bolalik qadriyatlarining jamiyatdagi o‘rni bilan
baholanadi va inson ruhiyatiga bevosita ta‘sir etadi, ichki ehtiyoj esa shaxsning shaxsiy extiyoji,
oiladagi bolaga bo‘lgan extiyojdir.
Reproduktiv kayfiyat shaxsning bola tug‘ish yoki tug‘maslik to‘g‘risidagi kechinmalarining
yig‘indisi hisoblanib, bu so‘z mutlaq har bir shaxsning o‘ziga xos xususiyatdir. SHu bilan birga
reproduktiv kayfiyat jamiyat, bir guruh shaxslar qarashlarining bir bo‘lagi sifatida, ichki va tashqi
omillar ta‘sirida shakllanadi.
Tashki ta‘sir deganimizda rasman qonunlashtirilmasada, lekin jamiyat o‘rtasida ota-ona bo‘lish
istagi, jamiyat o‘rtasidagi farzandlilarga bo‘lgan xurmat-e‘tibor, qadrlanish va boshqalar har bir inson
ruhiyatiga bevosita ta‘sir qiladi.
Reproduktiv kayfiyat shaxs hayotida bir necha bosqichlarda amalga oshadi: bolali bo‘lish
istagi, bolali bo‘lishga qiziqish, bolali bo‘lishdan maqsad, bolali bo‘lish rejasi, uni amalga oshirish,
natija. Reproduktiv kayfiyatning natijasi, albatta, farzand ko‘rish bilan emas, balki farzand ko‘rishning
oldini olish bilan ham yakunlanishi mumkin. Reproduktiv kayfiyatni to‘la belgilovchi ma‘lumot
aholini umumiy ruyxatga olishda aniqdanadi. Aksarnyat hollarda ma‘lum hududlarda tanlov asosida
sotsiologik tadqikot o‘tkazish orqali aniqlanadi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |