monitoring – atrof muhit holatini kuzatish,
baholash va bashoratlsh tizimidir.
Monitoring tizimi quyidagi
belgilarga qarab tavsiflanadi:
monitoring olib borilayotgan hudud yoki akvatoriyaning
maydoniga ko‘ra;
kuzatish ( atmosfera, okean, tuproq va b.) ob’yektiga
ko‘ra;
metodlariga (bevosita asboblar bilan o‘lchash, masofaviy
tasvir, bevosita indikatsiya va b.) ko‘ra;
kuzatish olib borilayotgan samara va jarayon nisbatining
darajasiga ko‘ra;
ta’sir turlariga (geofizikaviy, biologik, tabiiy-geografik,
sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy) ko‘ra;
maqsadlariga (muhitning hozirgi holatini aniqlash, atrof
muhit tendensiyalarini ochib berish, hodisalarni tadqiq
qilish, modellarni baholash va bir o‘lchamga keltirish,
qisqa muddatli bashorat, uzoq muddatli xulosalar,
tadqiqotlar va bashoratlarning iqtisodiy samaradorligini
optimallashtirish va oshirish, muhitga bo‘ladigan ta’sirlarni
nazorat qilib borish).
Hozirgi vaqtda monitoring xillari (tiplari) va turlarini
ajratish bo‘yicha xilma - xil yondashuvlar mavjud bo‘lsada,
monitoring tizimning tasniflash tamoyillari turlima-turlidir.
Hududiy qamrovi miqiyosiga ko‘ra monitoring tizimlari
global, xalqaro va milliy monitoringga ajratiladi. Ifloslanish
ta’sirlari darajasiga ko‘ra tayanch (fond), hududiy (regional) va
impakt (lokal), mahalliy monitoringga ajratish qabul qilingan.
Biosfera komponentlariga ko‘ra monitoringning turli muhitlari
atmosfera, hidrosfera, litosfera va boshqa turlari ajratiladi.
Ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga ko‘ra ifloslovchi moddalar
va agentlarning (lot.
agens (agentis)
biror bir sabab yoki hodisani
keltirib chqaruvchi, jumladan elektromagnit nurlanishi, issiqlik
ifloslanishi, shovqin, zaharli moddalar va boshqalarni nazorat qilib
borayotgan ingredient (lot.
ingrediens
kiruvchi) monitoring
ajratiladi.
Ifloslanish
manbalari
monitoringi
ifloslanish
manbalarining turli xillarini kuzatib boradi (nuqtasimon
statsionarlar - sanoat korxonalari, chorvachilik fermalari va b.;
kelishiga ko‘ra tiklanmaydigan resurslarga o‘tuvchi alohida guruh
bo‘lib, biota tufayli hosil bo‘lgan va ularning tiklanish tezligi
foydalanish intensivligiga ko‘ra juda sust bo‘ladi: shu boisdan ular
tugashi va amalda tiklanmasligi mumkin. Masalan, tuproq
chirinjisi resurslari ana shunday guruhga mansub. Haydaladigan
yerlarda tuproq chirindisining yo‘qotilishi jahonda o‘rtacha 1/3 ga
yaqin, to‘lishi esa deyarli sodir bo‘lmaydi.
Biologik
aylanma
harakat
bilan
atmosfera
erkin
kislorodining tiklanishi ham bog‘liq. Atmosfera kislorodining
hozirgi balansi yetarlicha o‘rganilmagan. Ammo shu narsa ayonki,
atmosfera kislorodining fotosintez jarayoni hisobiga to‘lidirib
borishi uzlukzsiz qisqarib bormoqda, texnogen foydalanish va
birikish esa ortib bormoqda. Bu misollar resurslarning
tiklanuvchanligi ularning tugamasligining kafolati bo‘lolmasligini
ko‘rsatadi. Har qanday biologik resursning tugashi esa tiklanish
imkoniyatlarining barham topishiga olib keladi. Shuni alohida
ta’kidlash lozimki, biologik aylanma harakatga antropogen
aralashuv biologik resurslarni tabiiy tiklanish jarayoniga kuchli
ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli real biologik resurslar xo‘jalikda
o‘zlashtirilishi tufayli ponetsial biologik resurslardan kam bo‘ladi.
Tabiiy
resurslarning
ayrim
turlari
Yerda
notekis
taqsimlangan va nihoyat xilma – xil hududiy birikmalarini hosil
qiladi. TRSning hududiy tabaqalashuv qonuniyatlarini tadqiq
qilish tabiatdan foydalanish geografiyasining bosh vazifalaridan
biridir. TRSni o‘rganish va baholash ham tabiiy geografik nuqtai –
nazardan, ham iqtisodiy geografik nuqtai – nazardan amalga
oshirilishi mumkin.
Tabiiy geografik nuqtai - nazardan TRSni ularning
xaqqoniy sifat tuzilmasiga ko‘ra tavsiflash, taqqoslash, so‘ngra esa
tasniflash va rayonlashtirish yetarlidir. Tabiiy resurslarning ayrim
turlari o‘zlarining mutlaq (qaralayotgan butun hudud yoki uning
ayrim rayonlari) va nisbiy (maydon birligiga, shuningdek aholi jon
boshiga) natural (lot.
Do'stlaringiz bilan baham: |