Laboratoriya ishi №3
Mavzu:
Cisco Packet Tracer dasturida WAN tarmoqlarini loyihalash. Statik
va dinamik marshrutlash.
Ishning maqsadi:
Cisco Packet Tracer dasturi yordamida tarmoq ishini
modellashtirish va tadqiq qilishni o’rganish. Marshrutizatorni soddalashtirilgan
sozlamalarini o’rganish.
Nazariy qism.
Faqat kommutatorlar yordamida katta kompyuter tarmoqlarini qurishdagi
asosiy to’siq tarmoqqa ulangan qurilmalarning soni oshishi bilan birgalikda keng
uzatishli trafik hajmining tez suratda o’sishi hisoblanadi, demak bunday tarmoqlar
yagona keng uzatishli domenni o’zida aks ettiradi. Ushbu muammoni yechish
uchun tarmoqni tarmoq ostilariga bo’lish va ularni yagona tarmoqqa
marshrurtizatorlar yordamida birlashtirish kerak.