18-laboratoriya mashg’uloti:
“
Ferask kapsulasini tayyorlash texnologiyasi
”
Maqsad:
Qattiq va yumshoq kapsulalarning tayyorlanish
texnologiyasi va
ularni dori modda yoki uning yordamchi moddalar bilan xosil qilgan aralashmalari,
eritmalari yoki quyuq konsistensiyali massalar bilan to„ldirish usullarini o„rganish
va ularni sifatini baxolash.
Mavzuning ahamiyati:
Kapsulalar bir qator afzalliklari (ishlab
chiqarishni
qulayligi,
dori moddalarni fizik kimyoviy, shuningdek
farmakologik xossalarini
to„laqonli saqlab qolish imkoniyatining mavjudligi)
bilan boshqa dori shakllari
(tabletkalar,
surtmalar, in‟eksion eritmalar va boshq.)dan tubdan farq qiladi.
Kapsula shaklida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining
keyingi yillardagi
ishlab chiqarilish salmog„ini ko„radigan bo„lsak, ular tabletkalar va in‟eksion
eritmalardan keyinggi uchinchi o„rinda turibdi.
Lekin oxirgi uch yillik
dinamikasida ularni kelgusidagi 5 yil ichida birinchi o„ringa
chiqish ehtimoli
borligini inobatga olsak, bu dori shakllarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini yanada
kengaytirish lozimligini ko„rish mumkin.