O`zbekiston respublikasi oliy va or`ta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet400/435
Sana01.02.2022
Hajmi2,68 Mb.
#422699
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   435
Bog'liq
umumiy psixologiya fanidan lekciya teksti

 Keksalik 
bioijtimoiy hodisa sifatida Qarilikning birinchi davri gerontogenez, yoki keksayish davri deb 
ataladi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, bu davr 60 yoshdan keyin boshlanadi. Ba’zi olimlar esa bu 
davrni ayollarda 55 yoshdan, erkaklarda 60 yoshdan keyin boshlanadi, deya ta’kidlashgan. Bu yoshdagi 
insonlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: qariyalar, keksalar, uzoq umr ko‘ruvchilar. Xorijlik olim 
Bernsayd bu davrni to‘rt guruhga ajratgan: 60-69 yoshgacha qarilikdan oldingi davr, 70-79 yoshgacha 
qarilik, 80-89 yoshgacha keksalik, 90-99 yoshgacha munkillagan qarilik. Bu yoshning eng muhim 
xususiyatlaridan biri yosh o‘zgarishi bilan kechadigan genetik programmalashtirilgan jarayonning qarishi 
hisoblanadi. Qarilik murakkab bioijtimoiy psixologik hodisadir. Biologik jarayon sifatida qarilik 
organizmning keksayishi, o‘lim ehtimolining ortishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy hodisa sifatida keksalik 
nafaqaga chiqish, ijtimoiy statusning o‘zgarishi, muhim ijtimoiy rollarning yo‘qolishi bilan bog‘lanadi. 
Psixologik darajada bu ro‘y bergan o‘zgarishlarni anglash va unga muvaffaqiyatli moslashishdan iborat. 
Bu yosh o‘zgarishlari nimalarda ko‘rinadi, degan o‘rinli savol tug‘iladi? Dastlab organizm faoliyatining 


215 
sekin-asta susayishida kuzatiladi. Bu yoshdagi insonlarning jismoniy kuchi, energiyaning umumiy 
zaxirasi yoshlik davriga nisbatan ancha kamayganligini kuzatish mumkin. Insonning qon aylanish va 
immun tizimi ham susayadi.
Qarish jarayoni insonning nerv sistemasiga ham ta’sir qiladi. Dastlab uning sezgirligi kamayadi, tashqi 
ta’sirlarga organizmning sekin reaksiya bildirishi, turli sezgi organlari sezgirligining pasayishi kuzatiladi. 
Qarilik davrida ko‘pchilik insonlar u yoki bu ma’lumotni olish uchun ko‘proq vaqt sarflayotganligini his 
qilishadi. Qarish jarayonining natijalari insonning eshitish sezgirligining susayishida kuzatiladi. Fozard 
(1990)ning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, bu yoshdagi insonlarda eshitishning susayishi 
qariyalarning uchdan bir qismida, ko‘proq erkaklarda kuzatiladi. Bu yoshdagi insonlarning ko‘pchiligida 
ko‘rishning turlicha buzilishlari kuzatilishi mumkin. Ko‘z gavhari elastikligining yo‘qotilishi hisobiga 
predmetlarga nazar tashlash qobiliyatining susayishini payqash mumkin. Ko‘z gavhari strukturasining 
o‘zgarishi aniq ko‘rmaslikka, keyinchalik kataraktaga olib kelishi mumkin. Qariyalardagi o‘zgarishlardan 
biri sifatida ko‘rish o‘tkirligining susayishida, mayda detallarni farqlashning qiyinchiligida namoyon 
bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar bifokal va trifokal ko‘zoynaklar bilan to‘ldirilishi mumkin. Qariyalarda 
ko‘rish sezgirligining o‘zgarishi ko‘p jihatdan psixofizik funksiyalar dinamikasi bilan ko‘p jihatdan 
bog‘liq. Qariyalarda ranglarni ajratish ham bir muncha susayadi, faqat sariq rangni ajratish 50 yoshdan 
keyin ham o‘zgarmaydi. Ta’m bilish sezgilari ham qariyalarda qariyb o‘zgarmaydi. Barto-shukning 
(1990) tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, shirinni sezish qobiliyati o‘zgarmaydi. M. Spitzer (1988) ning 
tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, achchiqni sezish bir oz kamayadi. Ta’m bilish sezgilaridagi qator 
o‘zgarishlar ba’zan insonning individual xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Qariyalar ovqatdagi ba’zi 
komponentlarning ta’mini sezishda qiyinchilikni boshdan kechiradi, bu esa ta’m bilish analizatori emas, 
balki hid bilish sezgirligining susayishi evaziga sodir bo‘ladi. Hid sezgirligining o‘zgarishiga asosiy 
sabab nerv uchlari va tolalarida karaxtlikning boshlanishidir. Bundan tashqari, hid bilish sezgirligi 
kamayishining sabablari havoning ifloslanishi, zaharli va qo‘lansa hidli moddalar bilan nafas olish, 
chekish, oziq-ovqatda A vitamini yetishmasligidir. Shunday qilib, keksayish davrida ko‘pchilik sensor 
funksiyalar susayadi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, biz yuqorida ko‘rib o‘tgan sensor sezgirlik tiplarining 
ko‘pchilikda susayishi kuzatilsa-da, bu hammada bir xil emas. Sensor funksiyalarning susayishi, shaxs 
shug‘ullangan faoliyat turiga bog‘liq ravishda o‘zgarish kuzatiladi. Masalan, butun hayoti davomida 
musiqa bilan shug‘ullangan insonlarda eshitish sezgirligining unchalik o‘zgarmaganligini kuzatish 
mumkin. 

Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish