O`zbekiston respublikasi oliy va or`ta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/435
Sana01.02.2022
Hajmi2,68 Mb.
#422699
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   435
Bog'liq
umumiy psixologiya fanidan lekciya teksti

motivatsiya
ni inson hulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi 
psixologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar yig‘indisi sifatida belgilash mumkin.
1
[3] 
Tashkilotchi psixologlarning ish beruvchilarni motivatsiyalash hamda bandliklarini ta’minlashga 
urinishlarida yordamini ko’rib chiqishdan oldin nega har qanday ishchi yuqori standart yoki qiyin 
maqsadga erishishi mumkinligini batafsil ko’rib chiqamiz. 
O’sish imkoni bo’lgan har qanday ishda muvaffaqiyatga intiluvchi siz bilgan odamni eslang. Endi 
undan kamroq harakat qilayotganni eslang. 
Psixolog Genri Myurrey(1938) birinchi odamning erishuv motivatsiyasini malaka va g’oyalarni egallash 
uchun, boshqaruv uchun, shuningdek tezda yuqori standartga erishish uchun ahamiyatli yutuqlarga 
intilishi sifatida ko’rsatgan. 
Ularning qat’iyligi va real vazifalarni amalga oshirishini kutishingiz mumkin, yuqori darajadagi 
motivatsiyali odamlar ko’p narsaga erishadi. 
1
David G. Myers “Psychology” Hope College Holland, Michigan 2010 y. p.-489 


98 
Intellekt testi 1foizning yuqorisida bo’lgan 1528ta kaliforniyalik bolalar hayoti davomida o’rganilgan. 
Qirq yil o’tgach tadqiqotchilar ko’proq va kamroq kasbiy muvaffaqiyat qozonganlarni solishtirganida 
motivatsion farqlarni topishdi. O’sha muvaffaqiyatliroqlar izzattalab, quvvatga to’la va qat’iyatliroq 
edi.Bolaligida ularning faol mashg’ulotlari ko’p bo’lgan. Ulg’ayganida ko’p guruhlarda qatnashishgan va 
tomoshabindan ko’ra sport musobaqalarining ishtirokchisi bo’lgan ( Golmen,1980). Iqtidorli bolalar
qobilyatli o’rganuvchilardir. Tajribali kattalar matonatli ijrochilardir. 
O’rta maktab va universitet talabalari birgalikda tadqiq qilinganda o’zlashtiish,davomat va obro’ 
uchun intizomlilik intellektdan ko’ra yuqori ko’rsatgichga ega bo’lgan. Buyumlar, g’oyalar va odamlarni 
egallash, yuqori standartga erishish uchun “Intizom iste’doddan ustun” degan xulosaga kelishdi 
tadqiqotchilar. 
Anjela Dakvort va Martin Seligman nima uchun qiz bolalar ular bilan bir xil iqtidordagi o’g’il 
bolalardan ko’ra maktabda yuqori baho olishini tushuntiradilar(2005,2006). 
Biroq intizom iqtidorni takomillashtiradi. Ularning 20-yillari boshida top-skripkachilar o’qituvchi 
bo’lish niyatidagi boshqa skripkachi talabalardan ikki marta ko’p – 10000soat jamg’arishgan(Erikson va 
b., 2001,2006,2007). Iqtisod bo’yicha Nobel mukofotini olgan psixolog Gerbert Saymon(1998)ning 
tadqiqotlaridan 10yil qoidasi deb nomlangan qoida yuzaga keldi: jahon ekpert-klasslari sohasi bo’yicha 
o’n yildan kam bo’lmagan vaqt ya’ni haftasiga qirq soat, yiliga ellik hafta ishlashgan.Katta olimlar, 
sportchilar va rassomlar o’rganilganida aniqlandiki ularning barchasi yuqori motivatsiyaga va shaxsiy 
intizomga ega, o’z maqsadiga erishish uchun kuniga soatlab vaqt sarflashga tayyor ( Blum,1985). Bu 
yorqin yulduzlar nafaqat o’zining noodatiy talanti, balki kundalik intizomi bilan ajralib turgan. Yuqori 
natija gallon(4,5litr) ter bilan bir choy qoshiq ilhomning aralashmasiday tuyuladi.
1
[3] 
Dakvort va Seligman qayd etganidek, o’ta omadli odamlarni o’zi qatori iqtidorli tengdoshlaridan 
jasorat – uzoq muddatli buyuk maqsadga nisbatan jo’shqin sadoqat ajratib turadi. Shunga qaramay 
intelligent qo’nq’iroqsifat egrilikdek namoyon bo’ladi,balki yutuq emas. Bu bizga muvaffaqiyat xom 
iste’doddan-da ko’p narsani qamrab olishini aytadi. Shuning uchun tashkilotchi psixologlar oddiy ishda 
ishlovchi oddiy odamlani jalb qilish va motivatsiyalash yo’llarini qidirmoqdalar. 
Hulq-atvorning paydo bo‘lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo‘nalganlik va ko‘zlangan maqsadga 
erishilgandan so‘ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga moyillik, alohida olingan hulq-atvor aktining 
mutanosibligi va mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari motivatsion 
jihatdan tushuntirishni talab etadi. 
«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», «qanday mohiyatga ega?» va 
boshqa shu turdagi savollarga javob izlash motivatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi. 
Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan tushuntirilishi mumkin. Birinchi 
vaziyatda tushuntirishning boshlang‘ich va yakuniy holatlari sifatida sub’ekt hulq-atvorining psixologik 
xossalari, ikkinchisida – tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo‘ladi. Birinchi vaziyatda 

Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish