O`zbekiston respublikasi oliy va or`ta maxsus ta`lim vazirligi


tavakkal va muammoni engib o‘tishdagi  qat’iylikda



Download 2,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/435
Sana01.02.2022
Hajmi2,68 Mb.
#422699
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   435
Bog'liq
umumiy psixologiya fanidan lekciya teksti

tavakkal
va muammoni engib o‘tishdagi 
qat’iylikda
deb ko‘rish mumkin.bunday xususiyatga 
ega bo‘lgan shaxslar orqaga qaytishdan ko‘ra, yangi tajribaga ega bo‘lishni avzal deb bilishadi.
4.
Ichki motivatsiya majburlikdan ko‘ra shaxsda murakkab masalani echishda qiziqiqish va 
qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning muddatini, uning keltiruvchi daromadini va 
talabgorlari haqida o‘ylamaydi. Butin e’tibori maslani echishdagi qonikish hisi va stimuli qaratadi. Isaak 
Nyutondan “Siz bunday murakkab masalalarni qanday qilib hal qilagansiz” deb so‘rashganda, u shunday
javob bergan “Men bu muammo haqida tunu kun o‘ylab yurganman ” deb javob bergan. 
5.
Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Hamkasblar 
bilan ijobiy munosabat va ularni ko‘magi shaxsdagi g‘oyalarni kamol topishiga turtki bo‘ladi. Lekin shuni 
ta’qidlab o‘tish kerakki, ba’zi tadqiqotlarda ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta’siri holati ham 
kuzatilgan. Masalan, amerikalik talabalarga insho yozish topshirig‘i berilgan. Ular yozgan inshoni uning 
kursdoshlari tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan. Boshqa guruhga esa faqatgina insho 
yozishni aytishagan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ogohlantirilgan guruhning insholari yomon yozilgani 
ma’lum bo‘lgan. Bu holatda biz ijtimoiy muhitning ijodkorlikka salbiy ta’sirini yaqqol ko‘rishimiz 
mumkin.
1
[3] 
Nensi Kantor, Djon Kilstrom fanga akademik intellektdan tashqari ijtimoiy intellekt 
tushunchasini kiritishdi. Ijtimoiy intellekt- bu ma’lum ijtimoiy vaziyatlarni tushunib etish va uni engib 
o‘tish deganidir. S.Epstayn, P.Mayerlar ham bu fikrga qo‘shilgan. Nima uchun akademik qobiliyatli 
shaxslar jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, oilaviy baxtga erishishga, biror bir yutuqqa erishishda 
muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi? S.Epstayn, P.Mayerlarnnig fikricha, ijtimoiy intellektning muhim 
bo‘lagi- bu emotsional intelektdir. YA’ni,o‘z emotsiyasini qabul qilish, ifodalash, tushunish va 
boshqarish qobiliyatidir. Ongli, emotsional etuk shaxslar o‘z- o‘zini yaxshi anglagan shaxslar 
hisoblanishadi. Bunday odamlar engib bo‘lmaydigan depressiya, hissiyotlarini boshqara oladigan insonlar 
hisoblanishadi.
Emotsional intellektni E.Torndayk, Golman va boshqa olimlar ham tadqiq etgan. Dj. Mayer, 
P.Solovey, D.Krauzo qobiliyat sirasiga kiruvchi emotsional intellektning 4 komponentini tadqiq etuvchi 
testlarni ishlab chiqishdi. Bular quyidagilar: 

Emotsiyani qabul qilish ( inson yuzidan uni aniqlash) 

Emotsiyani tushunish (ularni o‘zgarishini aytib berish) 

Emotsiyani boshqarish (qaysi vaziyatda qaysi bir emotsiyadan foydalanishni bila olish) 

Emotsiyani moslashuvchan va ijodkor tafakkurda qo‘llay olish[412] 
Agar shaxs yuqori intellekt koefitsentiga ega bo‘lsa, ammo bosh miyasining biror joyidan jarohat 
olsaunnig emotsional intellekti pasayib ketar ekan. Nevrolog Antonio Damasio o‘z tajribasida miya 
saratoni mavjud Elliot ismli bemorni mosol qilib keltirgan. U o‘z bemoridagi o‘smani jarrohlik yo‘li bilan 
olib tashlagan. U bemor sog‘aygandan keyin u bilan bo‘lgan soatlab suhbatda unnig yuzida emotsiyaning 
hech qanday ko‘rinishini payqashmagan. Elliotga turli xil vahshiona va turli tabiiy offtlar orqali 
insonlarda yuz bergan talofatlar aks etgan rasmlarni ko‘rsatishgan. Elliot o‘zida hech qanday his 
yo‘qligini bilgan va uni ifodalay olmagan. U endilikda hech nima his eta olmayotganini yaxshi bilgan. 
Natijada Elliot o‘z ishi va oilasini yo‘qotdi. Uning qayta turmishi ham o‘xshamagan. Elliot jamiyatda o‘z 
o‘rnini yo‘qotib muvaffaqiyatsizlikka erishdi.
Lekin ba’zi olimlarning fikricha, emotsional intellekt – intellektdan yiroq tushuncha. Lekin 
shuni ham aytib o‘tish kerakki, emotsional intellekt bizdagi bor hohish va qiziqishni aktivlashtiradi. 
Muammoning ma’nosini kamroq o‘ylashga majbur qiladi. Bu jarayon kreativlik uchun muhim 
hisoblanadi.
1
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 
2010 y. 
412р


89 
Intellektning yuqori bo‘lishi miya yarim sharlariga bog‘liqmi? Bu masalani tadqiq etishganda 
shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Bayron, Betxovenlarning miyasining og‘irligi normal odamning miyasidan 
anchagina og‘iriligini aniqlashgan. Miyasi og‘ir bo‘lgan shaxslar yuqori intellektga ega bo‘lishadi degan 
qarashlar ham mavjud bo‘lgan. Lekin afsus ba’zi bir olim daxolarning miyasi normal insonlarnikidan 
ancha pastligini ham aniqlashgan. Aksincha ba’zi bir jinoyatchilarning miyasining og‘irligi xuddi 
Bayroninkiday ekanligi aniqlangan. Baribir keyinchalik MRT asob bilan miyani tahlil qilishda ishtellekt 
bilan miyani bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Intellektning yuqori bo‘lishi nafaqat uning og‘irligiga balki 
miyannig frontal va parietal manglay bo‘lagidagi aktivlik jarayoniga bog‘liqligini aniqlashgan.
1
Eynshteyn bilan bir kanadalikning miyasi tadqiq etilganda ularning og‘iriligi o‘rtasida deyarli 
hech qanday farq yo‘qligini aniqlashgan. Lekin Eynshteyning miyasining kuyi qismi kanadalikning 
miyasidan 15 foizga yuqoriroqligi namoyon bo‘lgan. Aynan miyaning quyi qismi matematik va fazoviy 
ma’lumotlarga javob beradi. Aksincha Eynshteyning miyasining faollika javob beruvchi qismlari pastroq 
joylashganinin aniqlashgan. SHuning uchun ham Enshteyn va boshqa fiziklarning gapirish va 
o‘rganishida sekinlikni ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan.
Intellektni o‘lchash tarixida dastlabki qadamni ingliz olimi Frensis Galton tomonidan amalga 
oshirilgan. Galtoninng fikricha xarakter irsiyat yo‘li bilan avlodddan-avlodga o‘tar ekan. U bunga bog‘liq 
ravishda aqliy qobiliyatlarni irsiyat yo‘li bilan tushuntirmoqchi bo‘lgan. Galtonning tadqiqotlari unchalik 
yaxshi natijalarni ko‘rsatmadi va erkak kishilarning natijali ayollarninkiga qaraganda yuqori chiqanini 
ko‘rishimiz mukin. Galtonning tadqiqotlari o‘z samarasini bermagan bo‘lsa ham biz uni aqliy 
qobiliyatlarni aniqlagan dastlabki tadqiqotchi sifatada tan olamiz. Intellektni teslar yordamida aniqlash 
yana bir qadamni fransuz olimi Alfred Bine tomonidan amalga oshirilgan.
Unga fransuz maktablarida yaxshi o‘zlantirmayotgan yoki aksincha juda yaxshi o‘zlashtirib 
maxsus ta’lim programmasiga ehtiyoj sezgan bolalarni tadqiq etish topshirilgan. Bunning sababi ularning 
qobiliyatlaridagi farqlar bo‘lishi mumkin deb qaralgan. 1904 yil A.Bine o‘z xodimi Tedor Simon bilan 
birga maktabda o‘zlashtirishda ma’lum muammolarga duch keluvchi o‘quvchilarni aniqlovchi ob’ektiv 
testlarni yaratishgan. Bine va Simon aqliy yosh va xronalogik yosh degan hodisani o‘rgantishni 
boshlashgan. Uning aqliy yoshi xronologik yoshiga mos kelishi kerak edi. Agar kimda bu mutanosib 
kemasa, uni maxsus ta’lim metodi orqali moslashitirish mumkin deb hisoblagan. Bine va Simon 
Galtondan farqli o‘laroq aqliy qobiliyatni muhitga bog‘liq deb bilgan.[416] 
Binedan so‘ng Stanford universitetining professori Lyuis Terman Bine va Simonning intellekt 
testlari Stanford universitettining talabalariga mos kelmayotganini aniqlab, unga ma’lum o‘zgartirish 
kiritdi. Endilikda unga Stenford- Bine testi deb nomladi. Keyinchalik nemis olimi Vilyam SHtern aqliy 
qobiliyat koeffitsenti hisoblangan o‘sha mashhur IQ atamasini fanga kiritdi.
Aqliy yosh 
IQ ------------------------------------------------ x100 
Xronologik yosh 
Demak, dastlab angliyalik olim F.Galton individual- aqliy qobiliyatlarni tadqiq etgan. Lekin unda 
buni qanday qilib o‘lchash kerakligini aniqlay olmagan bo‘lsa ham. A.Bine esa uning g‘oyasini 
rivojlantirib, fransuz ta’lim tizimida o‘quvchilarning kelajakda o‘zlanshtirira olishini aytib bera olgan. 
Xuddi Galton dek L.Terman aqliy qobiliyatlar irsiyatning mevasi deb bilgan. Ctenford- Bine testi bu 
ko‘rinmayotgan qobiliyatni uyg‘otishga yordam beradi deb aytib o‘tgan. [417] 
Intellektning rivojlanishi irsiyatsiyatmi yoki ijtimoiy muhitning roli kuchlimi? F.Galtonning 
fikricha, intellekning rivojlanishiga irsiyatninng rolini yuqori qo‘ygan. Lekin ijtimoiy muhitnig rolini 
yuqori qo‘ysak, unda yaxshi ta’lim-tarbiya olmagan nosog‘lom muhitda o‘sgan bola qobiliyatsiz bola 
deb hisoblashga tg‘ri keladi.
Haqiqatda ham bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarda intellekt koefiitsenti deyarli bir xil natijani 
ko‘rsatgan. Agar bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarni boshqa boshqa oilalarda tarbiya qilib ularning 
intellekt koeffitsenti tekshirilganda, baribir natijani bir xiligini ko‘rishimiz mumkin.[427] 
Yana bir tadqiqot asrab olingan bolalarda o‘tkazilgan. Bir muhitda katta bo‘lgan bolalarning 
intellekt koeffitsenti yoshligida bir xil natijani ko‘rsatgan. Lekin ular ulg‘aygan sari bu o‘xshashlik 
1
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 413р


90 
kamayib borishini kuzatishgan. Aynan aqliy qobiliyatlar yillar o‘tib o‘z o‘xshashligini yo‘qotishini 
tadqiqotlar isbotlab bergan. Bundan tashqari mehribonlik uylardan asrab olingan bolalar o‘gay ota-
onalariga qaraganda o‘zlarining biologik ota-onalariga o‘xshashligi kuzatilgan. Irsiyat va ijtimoiy 
muhitning bir-biriga o‘zaro bog‘liqdir. Matematik qobiliyatga ega bo‘lgan bolani maxsus matematikaga 
yo‘naltirilgan gimnaziyada o‘qitib, yillar o‘tib uning itellekti tekshirilganda, yuqori natijalarni ko‘rsatgan. 
Buning sababi ham irsiyat ham ijtimoiy omilda ko‘ramiz (qobiliyat+ta’lim). Demak, genlarimiz bizning 
muhitimizni, muhit esa o‘z navbatida bizning o‘zimizni shakllantirar ekan. [427]
Dj. Mak-Viker Tegerandagi kam ta’minlangan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini tadqiq 
etdi. Ko‘pchilik 2 yoshli bolalar mustaqil o‘tira olmasligini, 4 yoshli bolalar esa yura olmasligini 
kuzatgan. Tarbilovchilar bolalarning yig‘lashiga, qaysarliklariga umuman e’tibor qaratmas edilar. 
Natijada bunday bolalar “passiv”, tashqi muhit ta’siriga nisbatan hech qanday ehtiyoji yo‘q qoloq bolalar 
bo‘lib ulgayishgani aniqlangan. Deprivatsiya sharoiti tug‘ma qobiliyatlarni so‘ndirmoqda edi. 
Xant “inson qobiliyatlarini shakllantirishga o‘rgatish” nomli dasturni yaratdi. Dastur davomida 
Xant tarbiyalovchilarni bolalar bilan tovushli o‘yinlar orqali ishlashga o‘rgatdi. Tadqiqotda 11 ta bola 
saralab olingan edi. Ular 1 yosh 11 oylik davriga kelib 50 tagacha so‘zni talaffuz qila boshlashgani 
aniqlandi. Natijada o‘sha saralab olingan bolalar juda rivojlangan bolalar bo‘lib ulg‘ayishdi. [430] 
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, aqliy qobiliyatlarning shakllanitishida ham irsiyatning 
ham atrof muhitning roli muhim. Insonning dastlabki rivojlaninsh bosqichida irsiy omillar etakchiroq 
bo‘lib ko‘rinadi. Lekin yillar davomida ayniqsa aqliy qobiliyatlarning rivolanishiga atrof- muhit o‘z 
ta’sirini ko‘rsatib boradi. Uning keyingi rivojlanishi yoki so‘nib borilishi atrof-muhitga bog‘liq bo‘lib 
qoladi. [430] 
Aqliy qobiliyatning jinsiy farqlari mavjud bo‘lib, ayollarning xotirasi erkaklarnikiga qaraganda 
kuchli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Erkaklarda esa matematik va fazofiy qobiliyatlar yaxshi 
rivojlanganligi aniqlangan. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, biz intellekt so‘zini talaffuz qilishimiz bilan uni testlar 
orqali o‘lchashni ko‘z oldimizga keltiramiz. Lekin mana shu teslar qanchalik haqiqatga yaqin. Biz ularga 
qay darajada ishonishimiz mukin. Bu ko‘rinishdagi testlarning savollari barcha qatlam vakillarining 
turmush sharitini hisobga olmaganligini kuzatishimiz mumkin. Hattoki, Alfred Bine ham o‘zi kashf etkan 
intellekt testlarini tahlili ustida ishlash kerakligini aytib o‘tgan. Sababi, bu teslarning natijasi haqiqatdan 
uzoq bo‘lishini aniqlagan. Bundan tashqari bunday testlar intellektning faqat bir tomonini tadqiq etishga 
qaratilgan. Emotsional va amaliy intelekti yuqori rivojlangan shaxslarning natijalari bu testlarda yaxshi 
natija ko‘rsatmayotganligi kuzatishgan. Baribir, hozirgi kunda IQ koeffitsenti o‘z ahamiyatini zararcha 
ham yo‘qotmagan. 

Download 2,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish