421991
OYBEK
BOLALIK
qissa ua h ik o y a l a r
«SHARQ* N A SH RIY OT-M A TBA A
A K SIY A D O R LIK K O M PA N IY A SI
BOSH T A H R IR IY A T I
T O SH K EN T — 2008
N a s h rg a ta y y o rlo v c h ila r
MUROD IBROHIM OV
AX B O R ABROROV
A lish e r N avo!y
nom idaflj
A l f ^ j t o ’zbeldsto'' M,‘
O y b e k
Bolalik: Qissa va hikoyalar. — Т.: «Sharq»,
2008. — 30 ‘ b.
Muso Toshm uham m ad o‘g ‘li Oybek o‘tg an asrim izn in g ulkan adib-
larid an d ir. U ning «A lisher N avoiy», «Qutlug* qon», «Quyosh qoray-
mas*, «Oltin vodiydan shabadalar» kabi ro m an lari, «Bolalik», «N ur
qidirib», «A lisherning bolaligi» kabi qissalari, sh e’r va do sto n lari —
jam i 19 tom lik m ukam m al a sa rla ri bizga meros bo*lib qoldi. «Bolalik»
qissasi b ir necha bor n a sh r etilg an va tu r li avlodlarning k o 'n g il m ulki-
ga aylangan. Uni yangi asrim izn in g yosh avlodlari o‘q ir ek an lar, bun-
dan yuz yil m uqaddam bobolarining bolaligi qanday kechganligini bilib
oladilar va bugu n g i chin m a’nodagi h u rlik , m ustaq illik n in g qadriga
yetadilar.
K itob a sa rla r to ‘plam ining XI jildidan olindi.
BBK 8 4 (5 0 4 6
С «Fan» n ash riy o ti, 1977.
€> «Sharq» n ash riy o t-m atb aa aksiyadorlik
kom paniyasi Bosh ta h r iriy a ti, 2002, 2008.
Tor ko‘chada, qo‘shnim izning eski, shaloq eshi-
gi oldida m ening chol bobom o‘z o‘rto g ‘i — uzun
soqolli, y irik ju ssali, k a r quloq mo‘ysafid bilan
nim alar to ‘g ‘risid a d ir ezm alanib so ‘zlashadi. Bo
bom oriq, kichkina gavdasini devorga suyab, cho‘q-
qaygan; hassasini tiz z ala ri orasiga qadagan. 0 ‘rto-
g ‘i esa qo‘pol, eski sag ‘ri kavush kiygan, uzun ser-
tu k oyoqlarini u zatib, oftobga y ag‘rin in i tu tg a n
holda, yerga yonboshlab o‘tirib d i. Ko‘chadan ot,
arav a o ‘tm aydi; shovqin-suron yo‘q. Siyrak o‘tkin -
ch ilar a lb atta qoT qov u sh tirib «Assalom!» deb
o‘ta d ila r. C hollardan b iri yoki ikkovi birdan javob
beradi: «V aalaykum ...»
Men chollarning atro fid a aylanam an. Dam bo-
bom ning, dam o‘rto g ‘in in g govronday uzu n hassa
sini *ot» qilib m inam an, tupro q d a h assalar chizgan
izga qiziqib qaraym an. Keyin bu q u ru q tayoqlarni
ta ra q latib ulo q tiram an. Bobom o‘siq qoshlari tagi-
da y ash irin g an ko‘zlarin i yolg‘ondaka olaytirib,
ko‘rsa tk ich barm og‘i bilan po‘pisa qiladi,
m en1
has-
salarn i tix irlik bilan egalariga qaytaram an. Keyin
bobom ning tiz z asin i quchoqlaym an, b ir tu ta m
soqolini ushlaym an, og‘zini ochishga qistab, tish-
larin i qidiram an.
— T ishing qani? — so‘raym an labini cho‘zib
to rtib .
Bobom yuqori ja g ‘idagi qoraygan y arim ta tish i-
ni ko‘rsa tib , barm og‘i bilan lik illatad i, men kula-
man. Zerikib do ‘ppim ni osmonga otam an, tuproqqa
«po‘p» etib tu sh ad i. Bobom noxushlanib, do‘ppim-
n i qoqib-suqib kiygizib qo‘yadi.
— Qani, o‘gTim , kechagi cho‘pchakni ayt! Ju d a
yaxshi cho‘pchak-da, — qistaydi bobom meni.
1 K ursivda beriigan so‘z va ju m lalar a sa rla rn in g boshqa m atn lari
dan olib k iritild i — n ash rg a tayyorlovchilar.
3
A ytm agunim cha qo‘yib yuborm asligini bilam an-
da, yod olganim ib ra tli b ir cho‘pchakni ay tib bera-
m an. «Ofarin, ofarin!» deydi ikkovi ham qih-qih
kulib. Chol meni qo‘yib yuborm aydi.
— Qani, endi b ir afan d i aytib bersin! — deydi
b ir ko‘zini qisib bobom ning o ‘rto g ‘i.
— Biladi, biladi. Qani, o‘g ‘lim , afan d in in g baq-
qoldan moy olganini ayt, — deydi orqam ni qoqib
bobom.
Men jin d ak tix irlik qilgandan so‘ng to ‘tid ay
g ‘ujillab beram an. Bobom quchoqlab yuzim dan
o ‘padi. 0 ‘rto g ‘i soqolini selkillatib kuladi:
— Esing bajo. Ilohim m ingga kir! — deydi chol.
Men yana о‘yin qidiram an. Yupqa devor tag id an
oqib chiqib hovuzchaga quyilayotgan suvni shapil-
latm oqchi bo‘lam an, lekin k a tta laganday ho-
vuzchada yong‘oqday kichik ik k i-u ch ta og‘rig an
olm a raq s e tad i, sh a rsh a ra k c h a g a yaq in lash ib
b irin-k etin sho‘n g ‘iydi. Men qiziqib, uzoq tikila-
m an. Olm alar «men sendan qolamanmi?» deb bir-
b iri bilan talashganday, galm a-gal sho‘n g ‘ishadi.
Yo‘q, endi sabrim tug ay d i — engashib u la rn i
olmoqchi bo‘lam an.
— Hoy, yiqilib k etasan , huvari! — koyinadi
bobom o‘rn id an bazo‘r tu rib , qo‘lim dan ushlaydi-
da, uyga olib jo ‘naydi. U ning qaddi juda bukilgan.
J u d a sekin yu rad i. H ar qadam da «Senga top-
shirdim . Tosh omon b o ‘lsin!» deb yolg‘iz o ‘gTini,
qishloqdagi dadam ni duo qiladi.
0 ‘y m ak o r
g u lla ri
b ilin m ay d ig an
d a ra ja d a
o‘chgan, qo‘sh tab aqali eski eshikka kiram iz.
U stu n lari, to ‘sin la ri yo‘g ‘on otxonada b ir ko‘zi
ko‘r, qo‘n g ‘ir sigirim iz pishillab yotadi. X arida
m usichalar kukulashadi. Bobom meni b ir tom oni
otxonaga yopishgan uyiga to ‘ppa-to‘g ‘ri yetaklay-
di. U yoq-bu yoqni tim irsk ilab n am atn in g tagidan
k a tta b ir k alitn i topib oladi-da, to ‘rdagi sandiqni
ochadi.
S uy u n ib
san d iq q a
k o ‘z
tik a m a n .
Qog‘ozlardagi, talin k alard ag i h a r xil sh irin lik lar-
dan — qand, p arv ard a, popuk ru s ta va hokazolar-
4
dan hovuch-hovuch olib, etagim ni to ‘ldirsam -da,
yeyaversam ... Yo‘q, bobom ichim ni tirn a g a n bu
havasni bilganday meni sekin chetga ita ra d i. A tigi
b ir-ik k i chaqmoq qand, bir-ikki dona yopishqoq
popukni qo‘lim ga tu tq azad i va d arro v sandiqni
d aran g -d u ru n g qilib qulflaydi. «Buvingga ko‘rsat-
ma, uqdingm i?» deb tanbehlaydi chol.
Bu sandiqning yagona xo‘jayini buvim ekanini,
sh irin lik la rn i ko‘z qorachig‘iday ayab saqlashini
yaxshi bilam an. Shuning uchun hovliga chiqishga,
akam ga yo biron boshqa bolaga ko‘z-ko‘z qilishga
o‘zim ham qo‘rqam an. N im qorong‘i uyda qandni
q asirlatib tez-tez chaynaym an. Ammo nim a bo‘la-
di-yu, lop etib buvim kirib qoladi. U zun bo‘yli, oriq
k am p ir k a tta ko‘zlarin i olaytiradi:
— B uvang q u rsin , nega m uncha sani yaxshi
ko‘rmasa! — deb qichqiradi.
Men hovliga yuguram an, olma tag id a yolg‘iz
o ‘zi tin ch g in a o‘ynab y u rg an akam — Isam uham -
madga ko‘z-ko‘z qilam an. U juda yuvosh, shovqin-
suronsiz, x arxash asiz bo‘lganidan, qiziqib qaraydi-
qo‘yad i. A yvonda do‘ppi tik ib o‘tirg a n onam
buvim ning tov u sh ini eshitib, undan noxushlangan-
day qovog‘in i solib, yana qatim to rtav e ra d i. U
m o‘m in-m a’qul kelinlardan bo‘lgani uchun buvim
nin g ch izig ‘idan chiqm aydi, u bilan aytishm aydi.
Opam K arom at — hali paranjisiz yosh qiz —
m aktabdan qaytadi. Men uning m ahallam izdagi
m aktabini — o tin bibining uyini yaxshi bilam an.
Bir k un opamga ergashib borganm an. Ayvonda
ancha qizlar — k atta-k ich ik aralash — q ato r tizilib
o ‘tirib , chuvvos bilan kito b lar o ‘qish ard i. O tin
bibi — q ari, jiddiy, sersav lat xotin , qo‘liga ingich-
ka, uzun tayoqni ushlab, qizlard an ko‘zlarin i
uzm as, q u rt shim gan, saqich chaynagan qizlarni
tayoq bilan asta urib , o‘qishga u n d ar edi.
Men opam ning jildidan qalin kitobni — Q u r’on
bo‘lsa kerak — olib, p alap artish varaqlaym an.
Opam kuyunib, qo‘lim dan yirib olmoqchi bo‘ladi.
Men berm aym an. A yvonning u boshidan bu boshi-
ga olib qochaman. Og‘ir kitob qo‘lim dan tu sh ib
k e ta d i, m en u s tig a y iq ilam an . S h u n d a onam
qo‘lim dan kitobni to rtib olib, o ‘pib jild g a soladi-da,
baland qoziqqa osib qo‘yadi. Keyin akam bilan
nim an id ir talash ib, urish am an . U stunga suyalib,
oftobda yamoq yamab o ‘tirg a n buvim ning ko‘zoy-
nagini yoki angishvonasini olib qocham an. K am pir
xunob bo‘lib koyiydi. Men shodlanib ku lam an ...
* * *
Qiyom vaq ti. Og‘ilda sig ir m a’ray d i. U ni poda-
ga yuborm aydilar: b ir ko‘zi ko ‘r bo‘lganidanm i
podadan qaytishda shoxi bilan konkaning oynasini
sin d irib qo‘ygan. Bobom q a ttiq xafa bo‘lib, b ir
so ‘m mi, yarim so ‘mmi ja rim a to ‘lagan.
Onam baland, dudburonli oshxonada kuym alan-
moqda. Men ayvonda y o stiq larn i u stm a -u st qalab,
o ‘ynab o ‘tirib m an . Buvim to rg in a, cho‘zinchoq
hovlini q irtish lab s u p u ra r edi, keyin ayvonga kelib,
ikki u stu n o ‘rta sig a qu rilg an belanchakka ko‘z
tashlaydi-da, birdan qandaydir vahim ali tovush
bilan qichqiradi.
— Sho‘rim q u rsin ... Shahodat! Kel!
Onam oshxonadan yugurib keladi. Men ham
belanchakka yaqinlasham an. K asai ukam H ojining
sap-sariq yuzi, g ‘a la ti ochilib qolgan ko‘zi qo‘r-
qinchli edi. Onam ning ran g i qum o‘chgan, ko‘zla-
rid an yosh qaynab to ‘kiladi. Buvim q altirag an qo‘li
bilan bolaning ko‘zlarini a sta silaydi.
K o‘p o‘tm asdan qo‘ni-qo‘sh n ila r chiqishadi. Bo
bom hassasiga suyanib, o‘pkasini tu to lm ay , ho‘ng-
ho‘ng yig ‘laydi. Men bo‘zarib, bo‘ynim ni egib qola-
man. Menga ham m a yoq bo‘m-bo‘sh, h a r n arsa
sovuq tu y u lad i...
* * *
B ir oqshom, kutilm ag an v aqtda ko‘cham izda
tu y a la rn in g baq irish i, havoni y an g ratg an qanday
d ir notanish ovozlar esh itilad i. Akam yug u rad i,
orqasidan men ham chopam an. K o‘chada yuk ortil-
6
gan tu y a la r ko‘p. Q ing‘ir-q iy sh iq ko ‘cha u la r
uchun go‘yo sichqonning qopqoniday bo‘lganidan
tiqilib qolishgan. Osilgan lablaridan h a r yoqqa
ko‘pik sach ratib , boshlarini jah l bilan keskin silki-
tish a d i, shu n d a bo‘y in larig a osig‘liq qum g ‘onday
qo‘n g ‘iro q lar q a ttiq jaran g lab k etadi. Uvada ki-
yim li, y irik gavdali, n o tan ish odam lar «chix-
chix»deb, oldingi tu y a la rn i cho‘ktirm oqda. Men
devorga qisilib, tu r a qolam an. Bobom hassasini
do‘qillatib eshikdan chiqishi bilan so‘raydi:
— Tosh omonmi?
— X udoga sh u k u r, Toshm at akam salom at, —
javob beradi b ir tuyakash.
Shunda men b u larn in g qishloqdan, dadam ning
oldidan kelganini payqaym an. J u d a sevinam an.
H atto endi tom b a ra v a r tu y a la r ham ko‘zimga
yoqim toy bo‘lib ko‘rin ad i. «Ар-ар» deb u larg a
teg ajak lik qila boshlaym an.
T uyakashlar k a tta qoplardagi g ‘a llalarn i yel-
k alarig a chapdastlik bilan olib, bizning omborga
bo‘sh ata v e ra d ilar. B olalar, y ig itc h a lar yig ‘ilishadi.
Q iy-chuv... Qo‘shnim iz kekird agin i cho‘zib, qishlo-
q ilarn i so‘ka boshlaydi:
— Tuyangni tort! Devorim ni q u latad i ho zir...
Boshqa b ir m ahsido‘z qo‘shnim izning novcha,
ran g p a r xalfasi b itta qopga pichoq u rib yuborsa
sh araq lab yerga yong‘oq to ‘kiladi. X alfa ham
boshqa bolalar chuvvos bilan shosha-pisha te ra
boshlaydilar. Bobom payqab qolib, hassasi bilan
o ‘d ag‘aylab, u larn i quvlaydi. Keyin yerga qapishib,
to ‘kilgan yong‘oqlarni b itta la b terad i. U hozir ju da
te tik la n g a n d e k . H am m adan, cho ln in g tu y a d an
qo‘rqm asligi meni q iziq tirad i. U notinch tu y a la r
orasida m unkillab, kalovlanib bemalol y u rad i...
B ir kun chol boshqa odam larni boshlab keladi.
U lar b u g ‘doy va yong‘oqlarni qoplarga soladilar-
da, k a tta eshak larg a, kesak otsang quloq qim irlat-
m aydigan ju d a yuvosh o tla rg a o rtib jo ‘naydilar.
Om borxonaga kirsam bo‘m-bo‘sh. Cholning bu ishi-
dan
ja h lim
ch iq ad i.
N ega b erib
yub o rad i?
7
T ushunm aym an, ayniqsa yong‘oqlarga achinam an.
A yyor ko‘zlarin i ja v d ira tib , ildam yo‘r g ‘alagan
sichqonlar ham m eni qiziqtirm aydi. Onamga ayt-
sam , kuladi:
— B izniki em as, o‘g ‘lim, dadangning xo ‘jayi-
niniki.
O nam ning javobi qalbim ni tirn a b yuboradi.
Qovog‘im soliq, ko‘chaga chiqib ketam an.
Bu v aq tlard a yoshim to ‘rtd a n oshm agan bo‘lsa
k erak ...
* * *
K o ‘cha b u g u n jo n la n g a n . Bo‘z c h ila r ta n d a
yoyib, ipni ko‘k bo‘yoqqa bo ‘yaydilar, b ir tom oni
dag‘al, qilli, g ‘o‘laday og ‘ir asbobni ta n d a u stid an
y u ritib , ipni silliqlaydilar. Bo‘zch ilarn in g ko‘pi
qari-q artan g odam lar. Sal sho‘xlik qilsang: «G‘ivil-
lam a oyoq ostida!» deb jerk ish ad i ular.
Men a riq labidan b ir parcha loy olib «poq-poq»
o‘ynab o ‘tirsa m , uyidan o‘rto g ‘im A ’zam otilib
chiqadi. K o‘zlari allanechuk besaranjom . Q arasam ,
qo‘lida b ir tilim handalak. Men unga: «Shirinm i?»
deb tik ilam an . U havasim kelganini biladi shekilli,
qo‘lini orqasiga oladi-da, boshini liqillatib maq-
tanadi:
— D adam lar olib k e ld ila r, y ana bo r. A h,
s h irin ...
Men loyni otam an. Y ugurib M irahm ad otaning
uyiga k iram an . Supuriqsiz qarovsiz qolgan keng
hovlida ju d a baland, beo‘xshov eski paxsa devorli
xonaning kichkina, shaloq darch asi oldida bobom
o‘rto g ‘i bilan gaplashib o‘tirib d i. Men pin jig a tiqi-
laman:
— Buva, han d alak ...
Chol quloq solgisi kelm aydi, hassasining uchi
bilan yerni u rib , gapiradi:
— B ilam an, bilam an, M usulm onqulning odami
edi u, shaytonga d ars b e ra rd i...
— Balli, esingizda ek an ... — eski do‘ppili boshi-
8
ni og ‘ir chayqab, so ‘zini davom e ttira d i M irahm ad
ota: — A na shu oqpadarga q am ti kelib qolsam
bo‘ladimi! U otda, men yayov. Qo‘lim da sh ash p ar...
0 ‘ziyam devday b a q u w a t, zu g ‘um li y ig it edi-da...
Men chollarning gapiga beix tiy o r berilam an.
Dam bobomga, dam un ing o ‘rto g ‘iga tikilam an.
U lar allaqanday xo n lar, beklar, qo‘r g ‘on lar, urush-
la r to ‘g ‘risid a so‘zlashadi. A llakim lar qandaydir
k a tta d arv o zalarn i b erk itib qo‘ygan, k im lard ir sha-
h arg a suv berm agan, bog‘d o rla r q ay larg ad ir qochib
ketgani uchun bog‘lard a m evalar pishib, sasib-
chirib ketg an . Bu g ap lar m enga ertak d an ham qiziq
tu y u lad i. N ihoyat chollar jim bo‘lishadi, go‘yo
yoshliklarini sog‘inganday, boshlarini quyi soli-
shadi.
Men bobom ning qo‘lidan to rtam an :
— H andalak...
— Тек tu r , h u v ari. H ali pishgani yo‘q ... —
deydi bobom.
Men yana qistaym an. QoTidan astoydil to r ta
m an. M irahm ad ota m eni aldam oq uchun govron
day hassasini qoTdan qoTga chaqqon olib, xirilla-
gan ovoz bilan qan d ay d ir qiziq ashu la aytib beradi.
Yo‘q, m enga kor qilm aydi. A x iri, bobom o‘rto g ‘iga
deydi:
— N im a qilam iz? Bola. B olaning ko ‘ng li
poshsho...
Bu gapning m a’nosiga tu sh u n am an. Chunki
men o ‘z tilag im n i un g a qabul qildirsam , u h a r vaq t
a tro fd a g ila rg a
yoki
o ‘z-o‘ziga
sh u n d ay
deb
qo‘yardi.
B izning uydan to r ko‘cha bo‘ylab yuz qadam cha
y u rilsa, tosh te rilg a n k a tta ko‘chaga — «Oqma-
chit» m ahallasiga chiqiladi. Bu yerda u chta do‘kon
bor: b iri qassoblik, ikkisi baqqollik. M usa baqqol-
n in g do ‘koni ko ‘zim ga h a r v aqt q u ru q ko ‘rin ad i. U
faq at sabzi, piyoz, un, kerosin sotadi. Ammo mu-
loyim, sh irin so‘z, sersoqol keksa Sobir baqqolda
esa pash sh alard an qoraygan shoda-shoda teshik-
kulcha, «ot non»lardan, q u rtlag a n jiy d a va tu r-
9
shaklardan to rtib , to to shko‘m ir, q u ru q beda,
«makka sano»gacha h a r n arsa topiladi.
Biz shu do ‘konga boram iz. Sobir baqqol ohang-
dor m ayin ovoz bilan: «B arakalla, azam atcha, bu-
v a la ri to ‘y la rin i ko ‘rs in » , deb m eni erk alab
qo‘yadi.
Bobom qalashib yotgan handalak lard an b itta
kichkinasini oladi-da, hidlab qo‘lim ga tu tq iz a d i,
keyin bahosini so‘ray d i. Baqqol b ir nim a deydi.
Bobom o‘siq qoshlarini chim irib, b ir qaraydi-da,
uzun, keng oq su rp ko‘ylagining cho‘n tag id an b ir
necha chaqa chiqaradi, h a r b irin i ko‘ziga yaqin
tu tib , obdan tik ilib , baqqolning oldiga tashlaydi.
Sobir baqqol boshini chayqaydi.
— Bo‘lm aydi, otajon, picha q o 'sh in g , — deydi.
— Bas. Bahosi yaxshi bo‘ldi, — deydi bobom
jerk ib , uyga b u rilad i. Sobir baqqol orqadan yana
astoydil qichqiradi:
— D adaqo‘zi ota, b ir nim a qo‘shm asangiz
bo‘lmaydi!
Bobom unga qiyo boqmaydi. Tor ko‘chaga kir-
gach, o ‘z-o‘zicha gapirib ketadi: «Insof bilan sot-
da. Og‘zingga siqqanicha ay tav erasan m i!» Keyin
m endan ham ran jiy di: «Tentak, sab rn i bilm aysan.
Bozordan k a tta sin i olib kelardim ».
Men handalakni qoTtiqlaganim cha sham olday
yuguram an. Ayvonda do‘ppim i, jiyakm i tik ib o‘tir-
gan onam dan pichoq so‘raym an. A kam ham , b ir
chekkada n im an id ir o ‘zicha ch atib -tikib o‘tirg a n
opam ham sevinishadi. M ana, chol ham a sta kirib
keladi.
— Q im m atga oldim. Bozorga tu sh ard im u , lekin
ko‘nm adi o ‘g ‘ling, — deydi u onam ga. — Bolaning
ko‘ngli tilla ... Omon boTsin, orqam da qolsin. Bu
te n ta k n i ju d a yaxshi ko‘ram an.
Shundan keyin chol h a r ikki-uch kunda esh ik
dan terlab-pishib k irad i, qo‘ynidan k a tta lig i piyo-
laday «уоТ-уоТ» handalakni chiqarib beradi, keyin
onam gam i, buvim gam i bozorning g ‘o v ur-g‘u v u ri-
dan shikoyat qiladi...
10
* * *
Onam menga qizil, oq yo‘lli tik d an uzungina,
kenggina yangi k o ‘ylak kiy dirad i ham eskigina
p aran jisin i yopinib, akam ning qo‘liga kichkina
tu g u n ch ak n i beradi. Biz buvim ning (ona tomon-
dan) uyiga ketam iz. Bu — ju d a yaqin. Bizga yon-
dosh m ahalla — Quyi O qm achitda. H atto onam
ham b a ’zi v a q tlard a y ax tak yopinib, besh-o‘n
qo‘shni u y lari osha tom m a-tom ham borib keladi.
Sobir baqqolning do ‘koniga b ir zum ag'raya-
man: eski, pachoq qo‘l taro zisin i o‘ynagim keladi.
Keyin p astak kursichada m udrab o‘tirg a n yum-
yumaloq, sep-semiz Niyoz qassobga ham qarab
qo‘yam an. A tro fid a g ‘u v -g ‘uv uchgan arilard an
qo‘rqm aganiga hayron qolaman.
Tanish eshikka ham m adan ilg ari yuguram an-da,
to ‘ppa-to‘g ‘ri do‘konxonaga kiram an. K ichkina,
siniq ko‘zli deraza tag id a beti yeyilib silliqlangan
qalin «to‘nka» — kunda yonida charm kesib o‘tir-
gan bobom — yum aloq boshli, keng yuzli, toza, oq
soqolli, to ‘la, sersav lat chol — qalin lablarini
jo ‘rtta g a q a v artirib : «Bo‘b-bo‘b-bo‘b ... A ylanay
sh irin to y d an » , deydi. Tog‘alarim — Egam berdi va
R ahim berdi — m eni b ir-b ir quchoqlab, ishga beri-
lad ilar. Issiqda to r do‘konxonada ishdan zerikib,
diqqi-nafas bo ‘lgan xalfa va sh o g ird lar hazillasha
boshlaydilar: b iri boshim dan do ‘ppim ni shunday
chaqqonlik bilan yulib oladiki, qayga yash irg an in i
bilm ay qolam an. Boshqa biri orqada m ushuksim on
«pix» deb m eni cho‘chitm oqchi bo‘ladi. Bobom
ham m asiga o ‘qraygan ko‘zlarin i tik ib baqiradi:
— E nalarin g qiladim i ish n i, badbaxtlar?!
U ning to vushidan quloqlar yorilguday bo‘ladi.
H a z ilk a sh la rn in g n a fa si ich ig a tu s h a d i. Men
«cham anda gul» do‘ppim ni issiqdan yap-yalang‘och
bo‘lib olgan oriq, ran g p ar, qarim siq yuzli xalfa-
nin g tizzasi orasidan yulib olam an-da, iv irsiq
do‘konxonada titin a boshlaym an: shonlar, qolip-
larn i ta ra q latib , goh u tokchaga, goh bu tokchaga
te ra m an . Tayyor bo ‘lgan bachkana m ah silarni
11
taxlaym an, b a ’zilarin i oyoqlarim ga o‘lchab ko ‘ra-
m an. Bobom peshin nam oziga ketgach, darro v
unin g o‘rn ig a o‘tiram an . X uddi bobom kabi jiddi-
y a t va q u n t bilan ishga kirishm oqchi bo‘laman:
chol o ‘tk ir gazanlarni m endan yash irib ketgan
ekan. K ichkina, o ‘tm as gazan bilan ch arm larn i
ho‘llab, kunda u stig a qo‘yib, ko‘va bilan urib te-
kislashni juda sevaman.
M ahalla m achitining m inorasidan bobomning
baland, toza yangragan ovozi esh itilad i (u m uazzin
edi).
— Buvam! — deym an bird an qichqirib.
— M inoradan tusholm ay qoldi buvang. T ushirib
qo‘y! — deydi cho‘t i r xalfa.
Jah lim chiqadi, lekin indam asdan, ko‘vani kun-
daga uraveram an. Q uloqlari b itg a n shekilli, ko‘-
vani qo‘lim dan to rtib olishadi. Men ich k ari hovliga
kiram an. Ayvonda buvim — H u rm a t bibi bilan
onam choy ichib h a r vaqtdagiday, gaplashib o‘tiri-
shibdi. Buvim yum shoq semiz qo‘lla ri bilan bo-
shim ni silab, odaticha, peshonam dan o ‘pib qo‘yadi.
A yvonning pirom onidagi indan m o‘ltayib qara-
gan b ir ju f t m usicha bolasiga ko‘zim tu sh g an
hamon o‘rn im d an sapchiym an. U larni pastga tu-
shirm oq uchun uzun yog‘och q id ira r ekanm an,
buvim astoydil koyiydi meni:
— H a, sh u m tak a, onasi q a rg ‘aydi. M usicha aziz
qush, — deydi-da keyin, qush ch alarn i yutm oq
uchun s h ift orasida ilon paydo bo‘lganini, u larg a
achinib, k u n d u zlari ikki ko‘zi sh iftd a , kechalari
uxlam asdan poylab chiqqanligini so‘zlaydi. Haqi-
q a ta n k a m p ir jo n li m axluqqa z a rra c h a ozor
yetkazishdan qo‘rq ard i. Q urt-qum ursqa, kapalak,
qo‘n g ‘iz — ham m asini himoya qilardi.
Men quloq solm aym an. Nima qilib bo‘lsa ham
m usichalarning payiga tu sh am an . Lekin endi onam
meni q a rg ‘ay boshlaydi. U ning kichkinagina, etsiz,
lekin iliq yuziga qarab, sal haddim dan oshsam
meni tu tib olib urm oqqa tay y o r ekanini payqay-
man-da, ilojsiz qolaman.
12
* * *
E rtalab choy icham iz. Onam, opam , akam ,
bobom, buvim va men — ham m am iz ayvonda,
d a stu rx o n a tro fid a d a v ra q u rg a n m iz . Bobom
to ‘rd a , men u n in g p in jid a o ‘tira m a n . P a std a,
sam ovarning yonida onam choy quyib ulgurm ay-
di. Choy va non chakkaga tekkan! Na qand, na
tu rsh ak ! Men jizzali va piyozli non larn i juda
yoqtiram an, ammo bunday lazzatli nonlarni b u
vim ahyon-ahyonda yopadi.
B irpasda bobom ning yelkasiga osilib olam an,
quloqlarini ushlaym an, b u ru sh iq y u zlarin i silay-
man.
— Hoy, qo‘y bolam , tek o‘tir! Choyni to ‘kding-
ku, xum par! — deydi bobom koyinib.
Bobom m u n k illag an q a riy a odam . Q oshlari
o ‘siq, siyrak soqoli oppoq. B urushiq qo‘llarid a
to m irla r q a v a rg a n , y irik b a rm o q la ri qadoqli,
oriqligidan gavdasi ch o 'k k an , yelkasi chiqqan.
— Jim o‘tir deym an, sho‘xlig in g qursin! —
q a rg ‘aydi onam.
— Sho‘x-da ayni g ‘ay ra tg a kirgan! — m ening
yonim ni oladi bobom.
B uvim ning b u tu n gapi faq at tirik ch ilik d an .
U ning gapida m aqollar, tu rli ajoyib ib o ralar ustm a-
u s t quyilib kelaveradi. U novchadan kelgan, baquv-
v a t, pishiq, lekin cho‘pday oriq. Bobomga o‘xshash
m unkillagan em as, tirik k in a kam pir, hassa tu t-
m aydi. U hech tinm aydi: non yopadi, o ‘choqqa olov
yoqadi, hovlini q irtish lab su p u rad i, n am atlarn i
qoqadi.
H a r kuni ertalab d a stu rx o n u stid a o ‘tirganim iz-
da k a tta ko‘k it eshikdan a sta kirib keladi. U
ayvonga ju d a yaqin kelm asdan, n a riro q d a —
ham isha b ir joyda to ‘xtay d i va orqa oyoqlarida
tu rib , m o‘ltillag an ko‘zlari bilan m enga tik ilad i.
Bu qorovulning iti. K elishgan, gavdali, zo‘r it,
odatda shunday te n tib yuradi.
0 ‘rnim dan tu rib : «Ма, ma, K o‘ktoy» deb nonni
ko‘rsatam an va non bilan aldab tu rib , tokchadan
13
sekin g u g u rtn i olaman. N iyatim ni payqagan it tu ra
qochadi. U g u g u rtd a n juda q o 'rqad i. Orqasidan
nonni otam an, yu g u rib qaytadi-da, nonni olib,
g ‘izillaganicha chiqib ketadi. Ham m am iz kulgidan
qotib qolamiz.
— Bo‘yning cho‘zilm agur, — deydi kam pir, —
nonni otding-a, uvo l... Itg a xudoyim suyakni
chiqargan.
Opam qoziqdan jild in i olib bo‘yniga osadi-da,
m aktabiga jo ‘naydi. Akam shoyi qiyiqni hafsala
bilan taxlab, yax tak u stid a n beliga bog‘la r ekan,
am akim ning o ‘g ‘li Qodir shoshilib eshikdan kelib
kiradi.
— Tez yu r, Isavoy, kechikam iz, — deydi akam-
ni qistab. Q ayergadir borm oqchilar.
Men h a r vaqtdagiday u larg a ergashib, xarx ash a
qilam an.
— K o‘r bo‘lib ketm agur! — ran jiy d i onam. —
Zig‘ird ay san , o ‘zingdan k a tta la rg a erg ashasan,
bu lar uzoqqa ketyapti.
Bobom inqillab, bazo‘r o‘rn id a n tu ra d i:
— Qani y u r, bolam, ko‘chaga chiqam iz, — deydi
devorga suyangan jin g ‘il hassasini olib.
Men o‘ynab o‘tirg a n g u g u rt cho‘p larin i nari-
beri q u tic h a g a solib to k ch ag a ta sh lay m an -d a,
bobomning oldiga tu sh ib yuguram an.
Yelkasi chiqiq, m unkillagan q ari bobom h assa
sini do‘qillatib, b itta -b itta bosib boradi. Egniga
su rp yax tak u stid an eskigina chopon, boshiga
s a r g ‘aygan tam iy a kiy g an . Y alang oyoqlarida
qo‘pol, pishiq kavush.
— Qayoqqa boram iz, buva, M irahm ad buvaning
oldigam i? Y axshi ko‘ram an-da o‘rto g ‘ing izn i, —
deym an bobomning oldida pildirab.
— H a, xum par, bilasan o‘zing, — javob beradi
bobom kulim sirab.
— Tez-tez yuring-e, buva, m uncha im illaysiz, —
deyman to ‘xtab.
Bobom qotib kuladi-da oppoq soqollarini silab
deydi:
14
— Qanday qilay, bolam, qarib qoldim , misoli b ir
q u ru q d arax tm an -d a...
K o'chadan ozgina yurg an d an so ‘ng, to r, egri jin
ko‘chaga qayrilam iz. Qiyshaygan eski eshikni sekin
ocham iz-da, M irahm ad boboning keng hovlisiga
kiram iz.
Chol y irik gavdali, peshonasi keng, soqollari
qalin, u stid a bo‘z y ax tak , eskigina chopon; devor
ga suyanib, go‘yo uxlaganday ko‘zlari yum uq sokin
o ‘tirib d i.
— Ha, o ‘tirib sizm i oftobda m iriqib? — deydi
bobom m iyig‘ida kulib va hassasini devorga suyay-
di.
— E, kel-kel, zerikib o ‘tirib m an . Hech kim yo‘q,
M irm ahm ud bo‘lsa dalada, kam p ir rah m atlik d an
ajrag an im d an beri ahvol sh u , yolg‘iz qoziq b o iib
o ‘tirg an im -o ‘tirg a n , — deydi oyoqlarini uqalab,
keyin su rilib , eskigina ko‘rpachadan bobomga joy
beradi.
Chol b u tu n u m ri sipoh — jangchi bo‘lgan.
U ning y irik novcha gavdasi, hanuz q irg ‘iydek ko‘z
q arash lari yoshlikdan ja su r, polvon kishi bo‘lga-
nidan ish o ra t beradi. F a rg ‘ona vodiysida, Chim
k en t, T u rk isto n , Sayram a tro fi sah ro larid a sipohlik
qilib ko‘p kezgan. R u sla r kelgandan so‘nggina ten-
tira sh la rg a barham beriigan.
A lm isoqdan qolgan ko‘hna uyning to ‘kilib tu r-
gan ayvonida ikki chol — qadim do‘stla r, odatdagi-
day bitm as-tuganm as su h b atlarg a kirish ib ketadi.
Men d arro v ayvon oldida oftobda m udrab yotgan
zanjirband it oldiga yaqinlasham an. It ko‘zlarini
yalqovgina a sta ochib, b ir irillaydi. Men cho‘chib
o ‘zim ni ikki qadam orqaga tashlaym an. U juda
zo‘r, eshakday k a tta ta r g ‘il it. Men astag in a yana
yaqin boram an v a cho‘qqayib, «ma-ma-ma» deyman
tegajak lik bilan qo‘lim ni uzatib. I t indam aydi,
ammo shu on dum iga qo‘ngan b ir pashshani chay-
nam oqchi bo‘lib, g ‘ijin ib dum ini qayta-qayta tish-
laydi, keyin b u tin i ko ‘ta rib qashinadi. Men asto y
dil teg ajak lik qila boshlaym an. U birdan gurillagan
15
baland ovozi bilan vovullab yuboradi. Cho‘chib
yana o'zim ni orqaga tashlaym an.
— E, tegm a, it yomon, — deydi bobom meni
chaqirib.
Chollar nim an id ir gaplashib o‘tira d ila r. Men
bobom oldida birpasgina o ‘tiram an -d a, yana z eri
kib hovli yuziga tusham an.
Cholning yolg‘iz, b itta -y u b itta ko ‘r to v u g ‘i bor.
Tuxum qiladim i, qilm aydim i — bilm aym an, lekin
oriqqina, qari, yuvosh tovuq. Kesak otib, quvlay
boshlaym an.
— Bas, bas, tegm a, uvol-ku, ax ir, — qichqiradi
bobom ran jig an ohangda.
Men chollar oldidan a sta o‘tib uyning ichiga
suqilam an. N im qorong‘i xona ichi bo‘m-bo‘sh,
hech vaqo yo‘q. Taxm onda eski b ir sandiq, bur-
chakda cheti siniq zil xum cha. Y erda b ir parcha
eski nam at u stid a k ir ko‘rpacha bilan b ir yostiq
xolos. Yog‘och qoziqda k ir chopon o sig ‘liq.
U yning to ‘rid a , sh ip ig a yaqin baland yo g ‘och
d o r,
un d a
ham
esk ig in a
olacha
p a x ta lik .
Tokchada u ch ta-to ‘r t t a sopol piyola, qalin, og‘ir
sopol to v o q lar, besh -o lti qo‘pol-qo‘pol yo g ‘och
qoshiq. B ular cholning ko‘p, xilm a-xil hunarla-
rid an dalolat. X onaning h a r b ir bu rch ag i, h a r
b ir to k ch asin i tim irsk ilab y u ram an -d a, b ird an
sh ip d a eski qin g a tiq ilg a n qadim zam o n n in g
k a tta b ir qilichi osig‘liq tu rg a n ig a ko‘zim tu sh a
di, yuragim hapriqib ketad i. 0 ‘ym akor yog‘och
e sh ik li
p a sta k
d a rc h ag a
y u g u rib ch iq am an ,
yuqoriga osilam an. Bo‘yim yetm aganidan xunob
bo‘lib, darchadan cholga qichqiram an:
— Buva, qilichni olib bering! — yalinam an sabr-
sizlanib.
M irahm ad chol jah li chiqib b ir xo‘m rayadi,
keyin yum shab, kulim sirab, muloyim ohangda:
— Ey, o‘g ‘lim, qilich shipga o sig‘liq, g ‘alva
qilm a, — deydi yo‘talib va uzoq yoshligini ta-
sav v u r etganday b ir lahza xayolga beriladi, keyin
so‘zida davom etad i. — Lekin b ir zam onlar xo‘p
16
qiliclibozlik qilganm iz. Tulpor o tla rn i osmonga
sapchitib, qilich solardik. E-e, bu qilich ham endi
m enday keksa. Esiz-esiz, o‘tdi-k etdi yoshlik, yul-
duz oqqanday oqdi-ketdi.
— Jo n ota, b ir ushlab ko‘ray , — yalinam an
y ig ‘lam sirab. Bobom meni aldab-suldab chaqiradi-
da yoniga o ‘tqizadi.
— 0 ‘tir , o‘g ‘lim , o‘tir , qilich nim a degan gap.
Endi qilichbozlik yaroq zamoni o‘tib ketdi. 0 ‘qi,
o ‘g ‘lim , u lg ‘ayib, m ulla bo‘l! — deydi orqam ni
qoqib. — Qani boshlang, do‘stim , F a rg ‘onada
M a’dalixon ta x td a n tu sh irilg a n in i so‘zlang. Musa-
voy esh itsin , b ir yaxshilab hikoya qiling, — deydi
bobom o ‘rto g ‘iga qarab.
— Qani b o im a sa , tin g la , o‘g ‘ilcha, — deydi
chol va yo‘talib, ta rix n i boshlaydi.
Es-es bilam an, tush d ag iday qiziq voqealar, ajo
yib sa rg u z a sh tla r chol x o tirasid an buloqday quyilib
ketadi. F a rg ‘ona ja n g la ri, Buxoro g ‘azovoti. Qo‘-
qon va X orazm ta lo n la ri... keyin ru sla rn in g ke-
lishi. H ikoyaga men berilib quloq solam an, jim
tinglaym an. Chol ham m asini b irm a-bir eslab, uzoq
so‘zlaydi. X o tira la r ko‘p. B ular hanuz g ‘ira-sh ira
esim da.
— 0 ‘td i-k etd i um r, ey-voh, bevafo dunyo! —
deydi chol va yo‘talib , xayol og‘ushida yana uzoq
s u k u t etadi. — Y urgan daryo, o ‘tirg a n bo‘yra, dey-
d ilar. Q u tu rg an b ir daryo edik, m ana ko‘ribsizki,
bo‘y ra bo‘lib qolibmiz, — deydi chol xo ‘rsinib.
Bobom va chol endi h a r xil hazil-huzil gaplarga
o ‘tis h a d i, to ‘yib ezm alan ish ad i, men u la rn in g
h azillarin i tin g lash n i ham sevam an.
P e sh in
v a q ti
y a q in la sh g a n d a
a sta
uyga
jo ‘naym iz.
Ayvonda buvim bilan pochcham o ‘tirish ib d i.
D asturxon yozilgan, qand-qurs joyida, sam ovar
shaqirlab qaynab tu rib d i.
-Л '
*
*
Alisher Navoly
Ч}ЗЛд
1
-
nomidagi
„O'zbek'istqp МҚ
17
Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasalm and,
ran g p ar. T ishlari tu sh g an , soqollari oqargan, yuzi
buru sh iq , x u n u k k in a kishi. U stid a uzu n yax tak ,
boshida beso‘naqay o‘ralg an k a tta qo‘pol salla,
oyoqlarida ch u ru k m ahsi. Doimo eng a w a l uning
shu ch u ru k m ahsilariga ko‘zim tu sh ad i, bugun
ham y a lt etib avval unin g oyoqlariga qaraym an va
o ‘sha ch u ru k saxtiyon m ahsini ko‘ram an. H ayron
qolam an, naho tk i hech yangi m ahsi olmasa?
Pochcham Labzakda tu ra d i. U so ‘k fu ru sh lik q i
ladi. So‘kchilik g ‘oyat og ‘ir va iflos ish. Ehtim ol
sh u n in g u ch u n d ir, pochcham boyoqish ham isha k ir
va h o rg ‘in yu rad i. Oilasi ju d a k a tta . B irinchi xoti-
ni — k a tta ammam o‘lgan, keyin kichik am m am ga
uylangan. U ning ancha-m uncha m ayda bolalari
bor.
Bobom eshikdan k irish i bilan:
— K eling, keling, om onmisiz? — deydi va
pochcham bilan ko ‘rish ib , sihat-om onlik so‘raydi-
da, to ‘nini qoziqqa osib, to ‘rg a o ‘tira d i. — Bay-
bay, kun isib k e tip ti, — deydi chordana qurib.
Bobom darro v pochcham ning ish larid an , narx-
navodan s u ris h tira boshlaydi. Pochcham h a r v a q t
dagiday so 'k fu ru sh lik d an , tirik ch ilik n in g mashaq-
q atlarid an , hayotning og‘irlig id an shikoyatom uz
so ‘zlay boshlaydi. Men pochcham ning og ‘ziga
jim gina qarab o‘tiram an . A yniqsa unin g o ‘siq qosh
larin i, serto m ir bo‘ynining q altira sh in i, tom og‘i-
dan choyning q u it-q u it o 'tis h i va chirik tish la ri
orasida qandning k u su rlash in i tom osha qilam an.
Pochcham ni ju d a tez u n u tam an , dastu rx o n d ag i
qand, p arv ard a va tu rli m evalar ko‘zim ni oladi.
P atn isn i tiq -tiq etib, chetini ch ertib qo'yam an,
lekin qo‘l u zatish g a buvim dan qo‘rqam an. Buvim
ham m ening bezovtalanganim ni d arro v seza qoladi.
— M uncha g ‘ivirlaysan, jim o ‘tir , o ‘ynab kel-
sang boim aydim i! — deb tu rtib qo'yadi.
— 0 ‘zim ... P a rv a rd a n i sanayapm an ichim da, —
deym an izza bo‘lib.
Bobom qotib kuladi:
18
— 01, ol, h u v a ri, — deydi bobom p arv ard an i
ko‘rsatib .
Buvim b ir oq qand va b ir p arv ard an i uzatadi:
— Bor, ket, yo‘qol, ko‘chaga jo ‘na, yeganing
ham isha sh irin lik , issig ‘ing oshm aganiga hayron-
m an, — deydi noxush ohangda.
— Sandiqning k aliti o ‘zingizda-ku, qachondan
beri berm aysiz, toshday q attiq siz, — deyman
buvim ga qandni k u su rlatib .
Sam ovar yonida choy qo‘yib o ‘tirg a n oyim
lab larin i tish lab , eshikka ishora qiladi, men g ‘izil-
lab ko‘chaga yuguram an.
* * *
Oqshom. Oyoqlarim yalang, u stim da yangi chit
ko‘ylak, boshim da eskigina do‘ppi, m ahallada yura-
m an. B izning m ahalla — Govkush. Govjum ko‘cha,
k atta-kich ik h a r xil yoshdagi bolalar juda ko‘p.
Ham m am iz o‘yinda. 0 ‘yin n in g ham x illari k o‘p,
k a tta la r oshiq, chillak o‘ynaydi, biz — kich ik lar tol
kesib, ot qilib m inam iz-da, to r ko‘chaning changi-
ni b u rq ira tib chopam iz, charchashni bilm aym iz.
Tol otn i bezashda o ‘rto q larim d an qolishm aslikka
tirish am an , o‘zim cha tu rli popuklar, shokilalar
yopishtiram an. B olalardan b iro rtasi tegsam i, ha-
yiqm ay yoqalashib ketaveram an.
To‘satd an , lop etib, X um sondan otam kelib qola
di. Otam otdan tu sh g an hamon men uni quchoqlab
yopisham an.
— 0 ‘gTim , om onm isan? — deydi otam meni qu
choqlab, keyin otni yetaklaganicha hovliga kiradi-
da, egardan x u rju n n i oladi. Sevinishib yugurgan
buvim va bobom bilan ko‘rish ib , ayvonga o‘tirad i.
Oyim, uzoqda tu rg an ich a «assalom» deydi va
sam ovarga yopisha ketadi. Opam bilan Isa akam
ham , otam kelganini eshitib, d arro v allaqaydan
yetib keladilar.
O tam ning qovog‘i soliq, indam asdan nos chekib
o‘tira d i, gapirm aydi. Men ham , mum tishlaganday
su k u td a, bobom yoniga tiqilib o‘tiram an .
19
— Nima bo‘ldi, gap ir, qalay yum ushlaring? —
so‘raydi og‘ir su k u td an keyin bobom.
Dad am, Toshm uham m ad, baland bo‘yli, sariq-
dan kelgan, soqol-mo‘ylovi qora, ust-boshi qo‘pol-
gina kishi. U bobomga javob berm aydi. Yana
anchagina jim o‘tirg an d a n keyin nosvoyini tu p u rib
tashlaydi-da, qisqagina qilib to ‘ng javob beradi:
— Uch kun boTdi — do'konga o‘g ‘ri tu sh d i, qol
gan m ollarni nari-beri sotdim -da, do‘konni tashlab,
X um sondan ketdim . Ish shunday rasvo ...
Ham m a jim , qotib qoladi. Uzoq su k u td an so ‘ng
birdan bobomning fig ‘oni falakka chiqib ketad i, u
jah l u stid a to ‘lqinlanib gapiradi:
— X umson ham rasvo bo'ldi degin, ha, ax ir
odam lari insofli edi-ku?!
— X um sonning xalqi yaxshi, lekin o ‘g ‘rila r bor-
da, — deydi otam k alta qilib.
Bobom g ‘oyat x afa, boshini quyi solib o‘tirad i.
— Toleyimiz qursin! — ho ‘ng rab y ig 'layd i
buvim .
Onam asta, tovushsiz yigT aydi, faq at yuzlari-
dan oqib tu sh g an ko‘z yoshlari go‘yo bizning
y u rak lard an sirqiganday, akam , opam va men goh
otam ga, goh onam ga tik ilib , qay g ‘u og ‘ushida jim
qotib o‘tiram iz.
Bobom b ir so‘z qotm asdan o ‘rn id an qo‘zg ‘aladi.
Yelkasiga g ‘am yuki cho‘kkanday, gavdasini bazo‘r
ko‘ta ra d i va h a r kundagidan bukchayganroq holda
asta у u rib , m achitga — x u fto n nam oziga jo ‘naydi.
Endi buvim ning fig ‘oni to ‘g ‘oni buzilgan daryo-
day ko‘p ira boshlaganda otam d arro v kesib ta s h
laydi:
— Bas-bas, boTdi endi, xudodan ko‘r, — deydi
jah l bilan, keyin sal yum shoqroq ohangda: —
T irikchilikni b ir am allab o ‘tk azarm iz, x afa boTma,
daladan ovqat topiladi, — deydi k a ftig a nos to ‘kib.
Onam yig ‘lab yurib sam ovar olib keladi, das-
tu rx o n d a non burdalanadi. Ham m am iz jim , so‘zsiz,
ish tah asiz choy icham iz.
20
-л* * *
E rtasig a h a r kungidan ham vaq tlik choyga
o‘tiram iz. Dadam to ‘rd a , xafaligidanm i dasturxon-
ga qo‘l urm aydi, og‘zida nos, boshi quyi egilgan,
jim . Men dadam ga zehn solib, term ilib o ‘tiram an .
Soqoli siy rak , yuziga ajin tu sh a boshlagan, ko‘zlari
yirik . U h a r v aqt shunday, nos chekib, xayolga
berilib, uzoq o‘tirish n i yaxshi ko‘rad i.
Bobom choyni k a tta -k a tta h o ‘playdi, gapiradi,
o‘zi x afa bo ‘lsa-da, dadam ga n a sih a t qilishga
tirish a d i.
Dadam ha demay, be demay, b ir n u q tag a qarab
o‘tira d i.
— Bas, o ‘tg an ishga salavot, u n u t, — deydi
bobom yo‘talib. — H a rak a t qil. Toji aka kuni kecha
Y angibozordan keldi, oldiga chiqib m aslahat so‘ra.
K eyin
Y angibozorga
b o r,
qozoqlar
odobli,
sh afq atli, toza xalq.
— T irikchilik dardidam an, m ening ishim a lb a t
ta , cho‘lda te n tira s h , — to ‘n g ‘illaydi dadam va
nosni chekib bo‘ladi-da, achchiq choydan ichadi,
keyin indam ay ko‘chaga chiqib ketadi.
Bobom uzoq o ‘tirg a n d a n so‘ng: «Uh!» deb
og ‘ir
xo ‘rs in a d i,
h assa sin i
d o 'q illa tib ,
a sta
qadam bilan ko‘chaga jo ‘naydi. K arom at opam
ham
n o x u sh
holda
jild in i
qoziqdan
olib,
bo‘yniga osadi, kitobining yoniga y a rim ta nonni
tiq ish tira d i-d a, m aktabga ketadi. Demak, bugun
tu sh d a «nonxo‘rak »k a uyga kelm as ekan, deb
o‘ylaym an ichim da. U juda dono qiz, Navoiy,
M ashrab, H ofizlarni m ayin, yoqimli ovozi bilan,
chiroyli ohang berib, ju d a ravon o‘qiydi. Men
unin g pinjida jim quloq solib uzoq tin g lash n i
yaxshi ko‘ram an. Isa akam ham O qm achitdagi
m aktabga qatnaydi. U juda yuvosh, bo‘shgina
bola, bugun jim gin a m aktabiga jo ‘nadi.
Onam boyoqish bugun nihoyat xafa. U o‘rta
bo‘yli, oriqqina, rang-boshi d u ru stg in a , m ehnat-
kash xotin. Uy ishidan jindek bo‘sh vaq ti bo‘lsa
21
darro v jiyakm i, do‘ppim i tik ish g a o‘tira d i. Bugun
ham onam d astu rx o n n i chaqqongina y ig ‘ish tirad i-
da, ish tik ish g a o‘tirad i.
— D adam ning do ‘konini o ‘g ‘ri bo‘shatib ketgan
bo‘lsa, endi dadam X um songa borm aydim i? J u d a
ichim achishyapti, oyi, gap irin g , dadam o‘g ‘rin i
nim aga darro v qidirib topm aydi? — so‘raym an
onam ning yoniga o‘tirib .
— 0 ‘g ‘rila r ayyor bo ‘ladi, o‘g ‘lim . U lar tu n
q orong‘isida keladi-da, b irp asd a sh ip irad i-k eta-
di, — deydi onam xafa holda. Chaqqon qatim to r
tib, sekin g ap ira boshlaydi oyim. Tog‘lar-to shlar,
qoyalar, u ch irim lar, u la r orasida sh arq irab oqqan
su v lard an gapiradi.
— Yong‘oq, olcha, asal — ham m asi to g ‘dan
keladi, uqdingm i? E shitganm an, X um son to g ‘lari
ju d a baland, chiroyli em ish, b ag‘rid a k a tta daryo
ko‘pirib oqarm ish.
Men xayolim da o‘zimni to g ‘la r orasida tasav v u r
etam an. Esiz-esiz Xumson. Men dadam ning o 'rn id a
bo‘lsam o‘g ‘rin i darro v ushlardim -da, o‘xsh atib
do‘pposlab, m ollarni cho‘z derdim o‘g ‘rig a.
Hovliqib gapirgancha o‘rn im d an tu rib ketam an.
Oyim jilm ayib kulib qo‘yadi.
— Baqqolchilik yaxshi h u n a r, oyi. Do‘konda
ham m a n arsa bo‘ladi: b u g ‘doy, arp a, un , sabzi,
piyoz, choy, qand, yong‘oq, m ayiz. M ana, Oqma
chitda baqqol bor-ku, nim ani qidirsangiz topasiz
u n d a n .
0 ‘tg a n im d a
hav asim
k elad i,
qand-
q u rsla ri, biram jiy d alari b o rk i... H avasim kelib,
qarab o‘tam an , b ittay am berm aydi-ya. D adam
n in g d o ‘koniyam sh u n d a y d ir-a ,
oyi? Dadam
yozda m eni olib b oram an , degan edi. E siz...
Xayolim Xum sonda edi-ya!
Oyim ishpechni tokchaga qo‘yib, sam ovarning
ku lin i qoqadi-da, g ‘ivirlab, oshxonaga kirib ketadi.
O rqasidan qarab, xafalik d an oyim kuyib ketd i, dey
m an ichim da.
B ir necha kun o 'tg an d a n so‘ng dadam Y angi
bozorga jo ‘nashga tayyorlik ko‘ra boshlaydi. Qarz-
22
havola bilan am al-taqal qilib, ch it, tik , trin k a oladi
va b ir sah ar, qorong‘ida, otda jo ‘nab ketadi.
Bobom va buvim duo qilib yig ‘lab qoladilar.
Onam ancha tin ch ig an . U peshinga yaqin kichik
bobom nikiga — otasin ik ig a chiqmoqchi bo‘lib, me
n i oldiga soladi. Onam p a ra n jid a , baq q o llar
yonidan o ‘tib borayotsak soqollari oq, ta n ish Sarvi
baqqol sekingina esh itilar-esh itilm as: «Qurvaqa»
deydi. Jah lim chiqqanidan q altirab ketam an.
— Y ur, tez-tez... — deydi onam.
— «Qurvaqa» deyapti-ku, h a r ku ni meni ko‘r-
ganda «Qurvaqa» deydi, — deyman oyim ga ra n ji
gan ohangda.
— H a, qo‘yaver, erm ak qiladi-da, ham m aning
ham shunday b ir laqabi bo‘ladi, parvo qilm a, ham
m asi hazil, — deydi onam.
— Bu — bobom ning laqabi.
B urchakka yetganda jin d ak to ‘xtaym an. Bu
yerda xashak u stid a qish-u yoz b ir devona yotadi.
Soqollari o‘sgan, k iyim lari ju ld u r b ir keksa de
vona. H ar k uni sham у oqib, go‘sh tsiz qora sho‘rva
q aynatadi. H ozir esa b ir nim alar haqida xonish
bilan va’zxonlik qilm oqda. B irpas to ‘x tab tin g la y
m an. Onam anchagina ilg ari ketib qoladi.
M achit oldidan o ‘tib ketayotganda yana to ‘xtay-
m an. M achit m inorasi baland, savlatli. H a r o ‘tga-
n im d a lah zag in a to ‘x ta b , m in o ran in g ta g id a n
boshiga q ad ar b ir ko ‘z y u g u rtiram an .
B uvim larnikiga yetam iz, onam orqasiga b ir qa-
raydida, m ening qoram ni ko‘rg an d an so‘ng ich-
k arig a k irib ketadi.
Men tash q a rin in g to ‘ridag i do‘konga kiram an.
K atalak do‘konchada bobom, ikki to g ‘am, to ‘r tt a
xalfa m ahsi tikm oqdalar.
— E, kel-kel, kamnam osan?! — deydi kinoya
bilan s h a rtta -s h a rtta qatim to rtib , bigiz bilan
m ahsi tik ay o tg an E rgash xalfa.
— Assalom! — deym an va to ‘pp a-to ‘g ‘ri to ‘r-
dagi bobom nnig oldiga o ‘tam an.
23
Bobom meni q a ttiq quchib, qo‘li bilan orqam ni
b ir ikki qoqadi-da, ta g ‘in ishga tu tin a d i. Dam
to g ‘alarim ga, dam x a lfa larg a b ir oz teg ajak lik qil
gandan keyin ichkariga kirib ketam an.
T orgina hovli. Bobom ota-bobolaridan qolgan
ch u ru k uyni buzib, m ing m ashaqqat bilan yangi
im o rat solgan. K ichkina, nih o y at to r hovlida b ir
nav tu zu k k in a ik k i uy v a b ir ayvon. H ovlining
burchida k attak o n , yo‘g ‘on, tarvaqaylab o ‘sgan b ir
tu p olma. Buvim h a r bahor d a ra x t oldiga bolta
k o ‘ta rib boradi-da: «Kesaman, kesam an sen oTgur-
ni!» deb po‘pisa qiladi.
Ayvonda oyim bilan buvim so‘zlashib o‘tiri-
shibdi.
— Kela qol, bolam, kel, aylanay, — deydi buvim
quchoqlab ikki yuzim dan choTp-choTp o‘pib.
U sav latli, toT agina, oppoq, ko ‘zlari y irik ,
ziyrak va sh irin so‘z xotin.
Men darro v o‘yinga tu sh am an , erm ak a x ta ra
boshlaym an. Ayvonda g ir aylanib, bemalol kezib
y u rg an m usichalarni quvlaym an.
— Bay-bay-bay, sho‘xsan-e... — deydi onam
qoTini siltab.
Shipga ko‘zlarim tu sh ad i:
— Voy, bola ochipti, b itta s in i tu sh ira m a n ,
k altak yo'qm i? — 0 ‘choq boshiga, kelin oyim
oldiga yuguram an.
— Uvol-ku, a x ir, bermang! — deydi ayvonda
tu rib onam.
Yana dam am m am ning g ‘iy b ati, dam buvim dan
sh ik o y at, uzoq b itm a s-tu g a n m a s s u h b a tla rin i
davom e ttira d ila r.
— Y u r, ukam , m ashinada tik ish n i o‘rg atam an .
B iram m ashinaki, sh atillatib tik ib beradi. Y ur,
o ‘zing ko‘r, uch ku n b u ru n gorddan to g ‘ang olib
keldi.
K elin oyim meni uyga boshlaydi. Oldiga tushib
uyga chopaman. Y araqlagan yangi m ashina ekan.
K elin oyim ni n ari su rib , m ashinaning qulog‘ini
egallaym an, o‘ngu te sk a ri ay lan tiram an , u yoq-bu
24
yog‘ini ochib ko‘ram an. K elin oyim ning jah li ch i
qib «tegm a, bu nozik narsa» deydi va o ‘tirib mah-
silarn in g qo‘njiga m ashinada gul sola boshlaydi.
Bu yangilikdan ham tez zerikam an-da, tash q ariga,
do‘konga yuguram an.
Bobom peshin nam oziga ketg an , u ko ‘pdan beri
m ach itn in g ixlosli so‘fisi. U ning baland, gurillagan
ovozi m inoradan yangrab, uzoqlarga, allaqaylarga
k etadi. H a r gal u azon ay tark an , quloq solib tu ra-
m an-da, «mening bobom » deb qo‘yam an o‘rtoq-
larim ga. Bobom b iro r ku n n i kanda qilm aydi, h ar
kun besh m ahal m inoraga chiqib azon aytadi.
Men do ‘konda bobom ning yo‘qligidan sevina-
m an-da, d arro v kundaga m ukka tu sh ib olaman.
Qo‘lim ga tu sh g an eng yaxshi ch arm larn i ko‘va
bilan u rib -u rib , bizbizak kesishga k irisham an.
Lekin bizbizak o‘lg u rn i yaxshi o‘x sh ata olmayman.
Shu chog‘ to ‘sa td a n k a tta to g ‘am Egam berdi
qilm ishim ni ko‘rib qoladi-da, ran jib , meni koyiy
boshlaydi:
— E-e, jin n i bo‘lib qoldingm i? Voy-bo‘y, qiy-
malab tashlabsan-ku b u tu n ch arm larn i, te n ta k .
J o 'n a b qol hozir, buvang kaltaklaydi. — Qo‘lim dan
gazanni yirib oladida, qiym alangan ch arm larn i
y ig 'ish tira d i.
Lekin parvoyim yo‘q, pisand qilm asdan xalfa-
sh o g ird la r bilan h azillashib o‘tiram a n . Bobom
peshin nam ozidan qaytib, ishga o‘tirg a n ham on
m ening qilm ishlarim ni sezib qoladi:
— ly a , bu n im asi? U vol-ku, te n ta k ! —
Ozmuncha charmmi! J o ‘na ko‘chaga, — baqiradi
jah ld an qizarib.
Men qovog‘im ni solib, xafa o‘tiram an .
— Bor, suv olib kel, sh irach qoram iz, — deydi
bobom yum shagan to vush bilan kulim sirab.
Z arang tovoqni ko‘ta rib , d arro v ich k ariga yug u
ram an v a g 'iz illa g a n im c h a b irp a sd a z aran g n i
limmo-lim to ‘latib suv olib chiqam an.
—
B arak a lla ,
x u m p ar-e,
chaqqonsan-da
o‘zing, — m aqtaydi m eni bobom tu k li qulog'ini
25
jim jilo g ‘i bilan qashib. X alfalarg a x alaq it berm asin
deydi shekilli, buyu rad i: — T ur, b ir o‘ynab kel!
K o‘chaga chiqqim kelm aganidan g ‘iv irlab , uni-
buni o ‘ynab o‘tiram an . K a tta va kichik to g ‘alarim
boshlarini ко‘ta r may ish tik a d ila r. K a tta to g ‘am
m ahsi tikm oqda. U baland bo‘yli, qotm adan kelgan,
silnam o, oriqqina kishi. K o‘zlari y irik , qoshlari
payvasta, mo‘ylovi o‘ziga y ara sh g a n ... U bedana-
boz, bedanani ju d a yaxshi ko‘rad i va un in g tilin i
yaxshi biladi. H ar kun peshinda yoki kechqurun
B alandm achitga chiqib o ‘rto q la ri bilan sam ovarda
jin d ak gaplashib o‘tira d i. U st-boshi ozoda, boshida
ham isha yangi do ‘ppi, belida qo‘sh shohi belbog‘ —
oliftanam o yigit.
K ichik
to g ‘am
bo‘lsa
p a st
bo‘y lik k in a ,
m o‘ylovlari siy rak , zaif va ko‘rim sizgina. U erta-
dan kechga q ad ar siljim ay, biron so‘z qotm ay
m ahsi tik ad i.
Shogird va x a lfa lar besh kishi, ko‘zlari v a qo‘l-
la ri ishda, astag in a xirgoyi qilishadi yoki erm ak
uchun un d an bun d an , oldi-qochdi voqealardan
gaplashib, tu rm u sh d a n nolib, tu rli m ashaqqatlar-
dan zorlanib o‘tirish a d i. U larnin g qo‘llari juda
chaqqon, birpasda bigizni s h a rtta -s h a rtta tiqib,
ipni u yoq-bu yoqqa qulochlab, chok tik ad ilar.
Mana oriq, qotm agina, silnam o, soqoli juda
siyrak b ir xalfa sekin qo‘shiq aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |