I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari


Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot usullari (2s)



Download 9,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/35
Sana01.02.2022
Hajmi9,37 Mb.
#421268
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Илмий тадқиқот методологияси маъруза

Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot usullari (2s)
1. Model tushunchasi. Modellashtirish va uning turlari 
2. Modellashtirish: jarayon va usul sifatida. Matematik va kompyuterli modellashtirish. 
II. Nazariy tadqiqot usullari 
1. Analiz va sintez 
2. Analogiya va gipotetik usul 
3. Formallashtirish usuli 
4. Mavhumlashtirish va umumlashtirish usuli 
II. ILMIY TADQIQOTDA MODELLASHTIRISH 
1. Model tushunchasi 
Tadqiqotning muhim usullaridan biri modellashtirish usulidir. Bu usul ham empirik, ham 
nazariy izlanish darajalarida, tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar fanlarda qo‘llaniladigan 
umumilmiy usuldir. Modellashtirish usuli har qanday, atomdan tortib, to inson, jamiyat va 
kosmik tizimlargacha bo‘lgan ob’ektlarni samarali tadqiq qilish imkoniyatini beradi.
Modellashtirishda ob’ekt, uning qiziqish o‘yg‘otgan xossasini nusxasi, o‘xshash namunasi 
ishlab chiqiladi. Ob’ektning o‘rindoshi bo‘lgan bu model o‘rganiladi, olingan ma’lumot ob’ekt 
haqida bilim beradi yoki mavjud bilimga yangi faktlar, tasavvurlar va g‘oyalar qo‘shadi. 
Demak, modellashtirish usulidan foydalanishni asosida modelni qurish va uni tadqiq qilish 
yotadi. 
«Model» atamasi lot. modulus, frans. modile so‘zlaridan olingan bo‘lib, me’yor, namuna 
ma’nolarini anglatadi. 
Model moddiy yoki ideal (namoddiy) unsurlardan qurilgan bo‘lishi mumkin. Shahar 
transport yo‘nalishlarini namoyish qiladigan maket moddiy model turiga kiradi. Xayoliy 
eksperiment o‘tkazish uchun tasavvurda hosil qilingan ob’ekt obrazi ideal modelni bildiradi. 
Bulardan tashqari simvolik belgilardan, topologik shakllardan tuzilgan modellardan ham 
foydalanadilar. Matematik tenglamalar tizimi, kompyuter dasturi shunday modellar qatoriga 
kiradi. 
Biz ko‘rib chiqayotgan tushunchaga quyidagi ta’rifni berish mumkin: model – bu o‘rindosh 
– ob’ekt bo‘lib, asl, real ob’ektning qiziqish o‘yg‘otadigan xossa yoki funksiyalarini nusxa 
sifatida qaytaradi, shu bois uni almashtiradi va tadqiqot predmetiga aylanadi. Asl ob’ekt 
xususiyatlarini modelda qayta tiklash predmetli (maket, tuzilma), obrazli (tasvir, kompyuterli 
anmatsiya, golografik qurilma) va belgi (grafik jadval, sxema, tenglamalar tizimi) ko‘rinishida 
bajarilishi mumkin. 
Shunday qilib, model o‘xshash nusxa sifatida asl ob’ektning xossa va tomonlarini qaytarar 
(tiklar) ekan, u asl ob’ekt haqida bilim manbaiga aylanadi. Bunda model o‘zini borlig‘i (nisbatan 
mustaqil mavjudligi), xossalari va funksiyalariga ega bo‘lgan tadqiqot ob’ekti bo‘lib qoladi. 
Model va asl ob’ekt o‘rtasidagi munosabat gomomorfizm (shakliy o‘hshashlik) va 
izomorfizm (nuqtali, aynan, aniq o‘xshashlik) tushunchalari orqali izohlanadi. Gomomorfik 
munosabat deganda model va ob’ekt o‘rtasida to‘liq bo‘lmagan shakliy o‘xshashlik qayd 
qilinadi. Geografik harita biron-bir o‘lkaning gomomorfik modeli hisoblanadi. Izomorfik 
munosabatda ob’ekt va model, ularning parametrlari o‘rtasida katta aniqlikdagi o‘xshashlik, 
aynanlik mavjud.Mars planetasidan o‘zi yurar robot orqali yuborilgan foto suratlar planeta 
sathini izomorfik modeli sifatida tadqiq qilinadi. 
Tadqiqot olib borish maqsadida model ikki yo‘nalishda tuziladi va o‘rganiladi: 1) Oldin 
ob’ektni nusxa-modeli quriladi, keyin uni o‘rganish boshlanadi. Asosiy vazifa ob’ektni mumkin 
qadar aniq modelini ishlab chiqish. Kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan dinozavrlar hayoti 
haqidagi filmlar shu birinchi yo‘nalishga misol bo‘ladi. 2) Ikkinchisida bilish jarayoni modeldan 
ob’ektga qarab yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunda avvalambor model ishlab chiqiladi, uni tadqiq qilish 
samarali natija bergan taqdirda asl ob’ektning ma’lum bo‘lmagan hislatlarini tahlil qilish amalga 
oshiriladi. O‘tgan asrda EHM dasturlarini ishlab chiqish jarayonida sun’iy intellekt deb atalgan 


artefakt (inson yaratgan predmet) vujudga keldi.Sun’iy intellektni aqliy faoliyat modeli sifatida 
o‘rganish inson intellekti haqidagi bilimlarimizni boyitishga olib keldi. 
XX asr fanlarida ro‘y bergan inqilobiy yangilanishlar ko‘plab fan – texnik kashfiyot va 
ixtirolar qilishga olib keldi. Ularni ishlab chiqarishga tatbiq qilinishi natijasida murakkab va o‘ta 
murakkab texnologik tizimlar yaratildi. Bu tizimlarni shu vaqtgacha ishlatilayotgan an’anaviy 
bilish usullari vositasida o‘rganish mumkin bo‘lmay qoldi. Bunday vaziyatda modellashtirish 
usulidan foydalanish tadqiqot samaradorligini keskin oshirish imkoniyatini beradi . Oldin 
bo‘lajak texnologik tizimni modeli yaratiladi, u turli sharoitlarga qo‘yib o‘rganiladi. Shunday 
keyin asl ob’ekt bo‘lgan texnologik tuzilma yaratiladi. 
2. Modelashtirish va uning turlari 
Modellashtirish – bu nusxa – modelni o‘rganish orqali ob’ektni bilish va xossalarini 
bashorat qilish usulidir. Bunda ob’ektga o‘xshash namuna (model) quriladi, u tadqiq qilinadi, 
natijada asl ob’ekt o‘rganilgan hisoblanadi. 
Modellashtirish umumilmiy, universal bilish usullari qatoriga kiradi. Modellashtirish usuli 
ayniqsa matematik va eksperimental tadqiqotlarga yaqin turadi, ularni tarkibiga kiradi, samarali 
natijalar berish manbaiga aylanadi. 
Hozirgi zamon postnoklassik fanlar (global ekologiya, global evolyutsionizm, sinergetika, 
halokatlar nazariyasi, ko‘p ma’noli mantiq, globalistika, virtualistika va boshqalar) ko‘p sifatli, 
ko‘p tizimli, o‘z-o‘zini tashkillashtiradigan ob’ektlarni o‘rganishga o‘tishdi. Stoxastik
ehtimollik, nochiziqlilik, nomuvozanatli hislatlarga ega bo‘lgan, vaqt oralig‘ida evolyutsion va 
bufurkatsion o‘zgarishlarni namoyon etadigan bunday ob’ektlarni bevosita o‘rganish nihoyatda 
qiyin ish. Shu bois, postnoklassik fanlarda modellashtirish usuli asosiy tadqiqot usullaridan biri 
hisoblanadi. 
Global geosiyosiy muammolardan biri yadroviy urush havfi muammosidir. Urush havfi 
to‘la-to‘kis bartaraf etilgani yo‘q. Shu bois, o‘tgan asrni 80 yillarida global ekaologiya, 
kompyuter texnologiyasi va geosiyosiy muammolar chorrahasida turgan masali – virtual 
harakterga ega bo‘lgan jahon termoyadro urushi ssenariysi va oqibatlari kompyuterda 
modellashtirildi, tadqiq qilindi. Bunday izlanishlar AQSH va Rossiyada olib borildi, natija 
deyarli bir xil chiqdi. Xulosa shunday bo‘ldiki, yadro urushi sodir bo‘lgan taqdirda 
umumplanetar holokot yuz beradi, uzoq muddatli «yadroviy qish» deb atalgan global hodisa ro‘y 
beradi. 
Modellashtirish usulining universalligi (barcha sohalarda tatbiq qilinishi imkoniyati) va 
samarali tomoni shundan iboratki, u real, mumkin bo‘lgan va virtual (oraliq, ehtimolli holat) 
hislatga ega bo‘lgan har qanday ob’ektlarni o‘rganish imkoniyatini beradi. 
Hattoki ob’ekt haqidagi bilimimiz tadqiqot jarayonida obraz ko‘rinishiga ega bo‘lgan model 
rolini o‘ynashi mumkin. Bunda konkret ob’ektga oid bilim xayoliy eksperiment o‘tkazilganda 
yangi bilim manbai bo‘lgan modelga aylanadi. Masalan, atom strukturasi haqidagi dastlabki 
bilimlar (M.Plank, Rezerford, Nagaoki g‘oyalari) Nils Borning izlanishlarida model rolini 
o‘ynaydi. Bu modelni yanada takomillashtirar ekan, olim o‘zining atom strukturasini yangi 
modelini ishlab chiqdi. Modelda qayd etilgan gipotetik tamoyillar va qoidalar keyinchalik 
o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda to‘la tasdiqlandi. 
Modellashtirish strukturaviy tarkibi va tatbiq qilish sohalariga qarab bir qancha turlarga 
bo‘linadi. 
1. Predmetli modellashtirish. Ko‘p hollarda ob’ekt qanday 
jismlardan iborat bo‘lsa, uning hislatlarini takrorlaydigan model ham o‘sha materialdan yasaladi. 
Predmetli modellashtirishning sodda ko‘rinishi ob’ektning kichik hajmdagi maketi bo‘lib, u 
tadqiqot, ta’lim va madaniy – ma’naviy muassasalarda ilmiy va uslubiy vosita sifatida ishlatiladi. 
2. Fizik modellashtirish. Fan va texnikada keng qo‘llanilib, fizik 
jarayonlar, turli mexanizm va mashinalar, ularning struktura, xossa va funksiyalari modellarda 
o‘rganiladi, olingan natijalar yangi eksperimental namunalarni loyihalashtirishda tatbiq qilinadi. 


3. Mantiqiy modellashtirish. Tafakkurdagi mantiqiy amallarni 
bajarishga moslashtirilgan mantiqiy modellarni ishlab chiqish tarixi uzoq vaqtga borib taqaladi. 
R.Lulliy, Leybnits, U.Djevons va boshqalar tafakkur jarayonini modellashtiradigan qurilmalar 
loyihasi va mexanizmlarini ishlab chiqishgan. Hozir bu turdagi modellashtirish sun’iy intellekt 
muammolarini o‘rganish doirasida davom ettirilmoqda. 
4. Belgili (semiotik) modellashtirish. Bu yerda model simvollar, 
harflar, chizma, sxema, formula kabi vositalardan tuziladi. Geometrik shakl, algebraik 
tenglamalar tizimi, matn, mantiqiy sillogizm figuralari tadqiqotda model funksiyasini bajaradi. 
5. Matematik modellashtirish. Bir-biridan sifat jihatidan farq 
qiladigan ob’ektlarda o‘xshash xossalar va funksiyalar mavjud. Masalan, to‘lqin hodisasi, 
to‘lqinli tarqalish va tebranish tabiat va jamiyatda ko‘p uchraydigan xossalardan biridir. Xususan 
to‘lqin ko‘rinishiga ega bo‘lgan harakat mexanik, elektrik, suyuqlik xolatlarda, atmosfera va 
biosferada, iqtisodiy jarayonlarida munatazam namoyon bo‘ladi. Bularni barchasini differensial 
tenglamalar tizimi yordamida tavsiflash mumkin. Shuningdek, turli ob’ektlarga xos bo‘lgan 
tebranish hodisasini ham alebraik tenglamalar asosida modellashtirish mumkin. 
6. Kibernetika va kompyuter texnologiyasi fanlari doirasida 
axborotli modellashtirish usuli ishlab chiqildi. Tadqiqotda ob’ekt nusxasi axborotli model («qora 
yashik») sifatida olib qaraladi. Bunday modelga kirayotgan va undan chiqayotgan axborot 
nisbati, undagi axborot sig‘imi, axborotni qayta ishlash va uzatish tezligi kabi miqdoriy va 
funksional hislatlarni tadqiq qilish jarayonida hosil bo‘lgan axborotli natija konkret biologik va 
ijtimoiy tizimlarni o‘rganishda tatbiq qilinadi. Xususan, makro va mikro iqtisodiyotdagi tovar va 
axborot harakati qonuniyatlarini axborotli modellashtirish usuli yordamida o‘rganish iqtisodiy 
faoliyatni optimallashtirish yo‘llarini ishlab chiqish imkoniyatini berdi. 
7. Xayoiy (virtual) modellashtirish. Tafakkur kuchi bilan xayoliy 
eksperiment o‘tkazilganda, tasavvur qilingan obraz-nusxa (atom yoki molekula strukturasi, 
termodinamikada Karno sikli, jamiyatda ijtimoiy islohotlarni o‘tkazish loyihasi va boshqalar) 
model rolini o‘ynaydi. Obraz – nusxa tahlil qilinadi, tasavvurda turli sharoitga qo‘yiladi, 
ta’sirlar, oqibatlar ko‘rib chiqiladi. 
8. Kompyuterli modellashtirish. Bunda model funksiyasini dastur 
bajaradi. Shu bilan birga har qanday dastur model bo‘la olmaydi. Dastur ko‘rinishiga ega bo‘lgan 
algoritm bo‘yruq yoki yo‘l-yo‘riq beruvchi simvollardan iborat tizimidir. Faqat o‘zida ob’ekt 
haqida ma’lumotni saqlagan freym va slotdan iborat dastur model bo‘lishi mumkin. 
Kompyuterli modellashtirish ob’ektning xossa va o‘zgarish parametrlarini aniqlash va 
bashorat qilish maqsadida amalga oshiriladi. Maxsus dastur turi bo‘lgan ekspertli tizim esa 
tegishli sohalar va ob’ektlar uchun yaratilgan modellarni baholaydi. 
Modellashtirish usuli bilishning empirik va nazariy darajalarida o‘tkaziladigan tadqiqotlarda 
keng tatbiq qilinadi. Xususan, empirik bilish darajasida har qanday murakkab ob’ektning 
predmetli va hissiy-obrazli modelini ishlab chiqish mumkin. Biologik va tibbiy izlanishlar 
sohasida olimlar kompyuterli tomograf yordamida organizmdagi genetik va fiziologik jarayonlar 
modelini ishlab chiqishmoqda, sermahsul tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. 
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda ham modellashtirish usuli faol tatbiq qilinmoqda. Psixologik va 
pedagogika yo‘nalishlarda pedtexnologik va interfaol ta’lim modellari ustida tadqiqot olib 
borilmoqda. Bu zamonaviy ta’lim texnologiyaliriga o‘tish, ularning takomillashtirilgan 
modellarini ishlab chiqishda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 
3. Matematik va kompyuterli modellashtirish 
Matematik modellashtirish usulini ishlab chiqilishi va tatbiq qilinishi tadqiqot 
samaradorligini oshirishga olib keldi. Bir-biridan kelib chiqishi va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha 
farq qiladigan ob’ektlarni bir turdagi differensial tenglamalardan tuzilgan matematik model 
vositasi bilan o‘rganish mumkin bo‘lib qoldi. 
Tadqiqot matematik modelni ishlab chiqishdan boshlanadi. Ob’ektlar bir-biridan qanchalik 
farq qilishmasin, ularda mos, o‘xshash hislatlar mavjud. Bu hislatlar parametrlar, qiymatlar va 


raqamlarda ifodalanadi. O‘z vaqtida Quyosh sistemasi planetalari harkatining mexanik – 
matematik modeli yaratilgan edi. Keyinchalik bu model kosmik apparatlari harakatini 
o‘rganishga tatbiq qilindi. Natijada takomillashtirilgan kosmik ballistika modeli ishlab chiqildi. 
Hozir shu model asosida Yer orbitasiga uchirilgan barcha sun’iy yo‘ldoshlar trayektoriyasi 
aniqlanadi, raketalarni planeta atrofida uchish muddati bashorat qilinadi. 
Matematik modelni o‘rganish orqali ob’ektni tadqiq qilish bir qancha evristik qulayliklarga 
ega. Asosiy vosita matematik apparat, undagi tenglamalar tizimi. Ob’ektning qiziqish o‘yg‘otgan 
xossasi tafakkur kuchi bilan ajratib olinadi, tadqiqot vazifasi va unga mos keladigan matematik 
masala belgilanadi. 
Matematik model va ob’ekt o‘rtasidagi gomomorfik yoki izomorfik darajadagi moslik 
asosiy matematik masala hisoblanadi. Tuzilgan matematik model to‘lalik, ayniylik, aniqlik va 
tejamkorlik talablariga javob berishi lozim. 
L.V.Peregudovning fikricha texnikaviy ob’ektlarni modellashtirish va shu asosda uning 
optimal parametrlarini belgilash maqsadida tadqiqotchilar matritsa ko‘rinishiga ega bo‘lgan 
topologik matematik modellardan foydalanadilar. Bunda konstruktorlik va texnologik loyihani 
kompyuterlashtirishda binar munosabatlar, aralashlik, muvofiqlik va boshqa talablarga javob 
beradigan modellar keng qo‘llaniladi. Shu kabi matematik modellardan ob’ektlar tuzilishi va 
xossasalarini, ob’ektlararo aloqalarni tavsiflash, axborot ta’minotini formallashtirish va boshqa 
amallarni bajarish uchun keng foydalaniladi. 
Yana bir samarali usul kompyuterli modellashtirishdir. Bu turdagi modellashtirishda 
matematik modellashtirishga xos bo‘lgan ayrim cheklanish (J.Adamor qoidalari) deyarli yo‘q. 
Gap shundaki, ko‘p protsessorli kompyuterlarda dasturlar paketi asosida har qanday tizim va 
undagi jarayonni modellashtirsa bo‘ladi. 
Bu borada ixtisoslashgan dasturlar tuzish amaliyoti kompyuterli modellashtirishning ijodiy 
potensialini yanada kengaytirdi. Shaxmat o‘yini, tasviriy san’at, musiqa va hatto poeziya 
sohalarida dasturiy modellashtirish usulida asarlar yaratildi. Kornegi-Mellan Universiteti 
aspirantlari «Teran tafakkur» deb nomlangan komptyuterli shaxmat dasturini yaratdilar. Bu 
dastur shaxmat reytingida oliy kategoriya malakasiga muvofiq keladigan yuqori o‘rinni egalladi. 
Jahon chempioni Garri Kasparov bilan o‘tkazilgan ikkita matchda «Teran tafakkur» shaxmat 
dasturi mag‘lub bo‘ldi. Dastur mualliflari Kasparov kompyuterni adashtirishga, xato yo‘l 
yurishga majbur qilgan holatlarni vujudga keltirdi deb ta’kidladilar. Shunday bo‘lsada shaxmat 
o‘yini modelini mujassamlantirgan dasturni ishlab chiqishni o‘zi diqqatga sazovvordir. 
Bir guruh fransuz olimlari AVERROES (ijtimoiy tadqiqotlarda olingan xulosalarni tahlil 
qilinishi va baholanishi) loyihasini ishlab chiqdilar. Loyiha maqsadi G‘arb O‘rta yer dengizida 
mavjud bo‘lgan qidimgi yunon dengiz savdosi modelini ishlab chiqish edi. Empirik material 
sifatida topilgan sopol idish turiga mansub amforalar haqidagi ma’lumotlar dasturga kiritilib 
tahlil qilindi. Kompyuterli modellashtirishdan olingan bilimlar antik dunyo tarixini 
konkretlashtiradigan va boyitadigan xulosalar chiqarish imkoniyatini berdi. 
Kompyuterli modellashtirish yordamida matematik va matematik mantiq sohalarida ham bir 
qator muhim natijalarga erishildi. Xususan, ko‘p vaqtdan beri o‘z yechimini topa olmagan to‘rtta 
bo‘yoq topologik muammo hal etildi. Yechim ma’nosini shunday izohlash mumkin. Masalan, 
geografik haritani olaylik. Tahliliy dasturlash vositasi bilan haritada ifodalangan mamlakatlar 
chegaralarini farqlaydigan modelni ishlab chiqish uchun kamida 4 xil rangli bo‘yoq kerak 
ekanligi aniqlandi. 
Yana bir muammo ob’ektlardagi turli xossa va jarayonlarni ko‘rgazmali model shakliga 
keltirishdir. Bunda kompyuter grafikasi yordamida ob’ekt xossalarini ko‘rgazmali modellarda 
ifodalash, modellarni har qanday kombinatsiyasini tuzish va tahlil qilish mumkin. 
Mutaxassislarning ta’kidlashlariga hozir zamon ilmiy tadqiqot natijalarini ko‘p holda matn 
shaklida modellashtirib bo‘lmaydi. DNKdagi kodonlarning ketma-ketligi, molekula modeli
tomografda ishlangan tasvirlar, inson miyasi haritasi, samolyotni yasama (imtitatsion modelda) 
uchishini amalga oshirish, suyuqliklar oqimi modeli – bularni hammasini maxsus dastur asosida 
kompyuterli modellashtirish usuli yordamida tashkil qilish mumkin. 


Shunday qilib hozirgi zamon fanda o‘zining universalligi, samaradorligi va oqilonaligi 
tufayli tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar izlanishlar sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarda 
modellashtirish usuli keng qo‘llanilayotgan umumilmiy usullardan biriga aylandi. 

Download 9,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish