I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Download 9,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/35
Sana01.02.2022
Hajmi9,37 Mb.
#421268
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
Илмий тадқиқот методологияси маъруза

 
Yana bir marta qaytaramiz!
1. Nazariy tadqiqot usullari bevosita kuzatib bo‘lmaydigan sifat, aloqa, xossa va 
bog‘lanishlarni aniqlash va tushuntirish imkoniyatini beradi. 
2. Ob’ektlarga xos shunday sababiy bog‘lanish va qonuniyatlar mavjudki, ularni 
faqat nazariy tahlil, mavhumlashtirish va sintezni amalga oshirish yo‘li bilan o‘rganish mumkin. 
3. Analiz ob’ektni qismlarga bo‘lish va ularni har birini alohida-alohida o‘rganish 
usulidir. 
4. Analizda ob’ekt unsurlari, ularning xossalari va miqdoriy o‘lchamlari aniqlandi, 
unsurlarga xos farq qiluvchi umumiy belgilar ajratiladi. Tadqiqot materiallari sintez 
(umumlashtirish) uchun tayyorlanadi. 
5. Analiz qilingan faktlar va materiallarni taqqoslash, birlashtirish va 
umumlashtirish jarayonida sintez amalga oshiriladi. 
6. Sintez-tahlil qilingan faktlarni, hosil bo‘lgan tasavvurlar va tushunchalarni bir-
biriga bog‘lab bir-butun mazmunga ega bo‘lgan g‘oya tushuncha va nazariyani ishlab chiqish 
usulidir. 
7. Analogiya ob’ektlar o‘rtasida mavjud bo‘lgan o‘xshashlikni o‘rganib,bir 
ob’ektga xos bulgan belgilar shu turdagi boshqa ob’ektda ham bo‘lishi mumkinligini 
asoslaydigan usuldir. 
8. Analogiya usulida tadqiq qilish predmetlardagi xossalar,strukturalar va 
munosabatlar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
9. Aniqlik jihatidan qat’iy, qat’iy bo‘lmagan va yanglish(nochin) analogiyalar 
farqlanadi. 
10. Analogiya usulidan foydalanganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: 1) 
ko‘proq o‘xshash elementlarni aniqlab olish; 2) taqqoslanayotgan xossalarni muhimlarini ajratib 
olish;3)asl ob’ektda qanday unsurlararo bog‘lanish bo‘lsa, o‘rganilayotgan ob’ektda ham 
shunday bog‘lanishlarni borligiga e’tibor qaratish lozim. 
11. Cheklangan faktlar asosida ob’ektning xossa va qonuniyatlari xususida ilmiy faraz 
qilish,asoslanishi kerak bo‘lgan g‘oyani olg‘a surish gipotetik usuldan foydalanishni bildiradi. 
12. Tushuntirish ko‘lami,qamrab olingan ob’ektlar miqyosiga qarab,gipoteza 
umumiy,juz’iy va yakka bo‘lishi mumkin. 
13. Formallashtirish usuli– bu ob’ekt xossalarini simvollar (belgilar) bilan ifdalab, 
keyinchalik shu simvollar bilan ishlash yo‘li va qoidalari tizimidir.Formallashtirish usulidan 
foydalanishning yorqin misoli iqtisodiy jarayonlarni matritsali modellashtirish apparati 
yordamida tadqiq qilishdir. 
14. Tadqiqot uchun zarur bo‘lgan tushunchalarni hosil qilish, shakllantirish, ularni 
mazmunini boyitishda mavhumlashtirish va umumlashtirish usullari katta rol o‘ynaydi. 
15. Ob’ektning o‘rganilayotgan xossalarini fikrda ajratib olish, ularni tahlil qilish va 
mavjud yoki yangi tushunchalarda ifodalash mavhumlashtirish usulidan foydalanishni bildiradi. 
16. Umumlashtirish – bu tahlil qilingan xossalar uchun umumiy bo‘lgan belgi va 
tomonlar xususida obraz va tasavvurlar hosil qilish, tafakkurda ularni birlashtirib, umumiy 
mazmunga ega bo‘lgan tushuncha, g‘oya yoki qoidani ishlab chiqish usulidir. 

Download 9,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish