EKOSISTEMALAR EKOLOGIYASI FANINING PREDMETI MAQSADI VA VAZIFALARI TOG'RISIDA
Reja:
1 .Ekologiya fani va uning mazmuni
2. Ekologiya fanining predmeti va ob’ekti
3. Ekologiya fanining rivojlanish tarixi
4. O’zbekistonda ekolog geograflar maktabining shakllanishi va rivojlanishi
5. Ekologiya faning bo’limlari va tadqiqot usullari
1.1. Ekologiya fani va uning mazmuni. Ekologiya, biologiya fanlari turkumiga mansub bo'lgan mustaqil fan hisoblanadi. U tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning o'zlari yashab turgan muhit bilan o'zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda tug'iladigan qonuniyatlarni o'rganadi.
Ekologiyaning juda ko`p ta'riflari mavjud. Ulardan birida shunday dеyiladi: «Ekologiya organizmlarning (har qanday ko`rinishlardagi, barcha darajada uyg`unlashgan) hayot faoliyati qonuniyatlarini ular hayoti kеchadigan tabiiy muhitga inson omilining ta'sirini hisobga olgan holda o`rganadigan fandir».
Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo’lib 1866 yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan. «Ekologiya» yunoncha so"z bo’lib uning ma'nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o'zaro munosabatini bildiradi.
1.2. Ekologiya fanining predmeti va ob’ekti. «Ekologiya»ning predmeti tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sir jarayonida yuzaga keladigan ekologik-iqtisodiy munosabatlar va ularni barqarorlashtirish, xo’jalik faoliyatining iqtisodiy oqibatlari, tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni saqlash, asrash, muhofaza qilishni tartibga solish usullaridir. Uning ob’ekti turli miqiyos va darajadagi ekologik-iqtisodiy tizimlardir. Ekologik tizim ekologiyaning bosh tadqiqot ob’ekti bo’lib, jonli va jonsiz tabiat elementlaridan tarkib topgan ma’lum chegaralangan hududiy birlikdir.
Iqtisodiyot (ekonomika-grekcha xo’jalikni boshqarish)ning asosiy masalalaridan biri resurslardan to’g’ri va oqilona foydalanishni asoslash bo’lganligi tufayli u tabiat muhofazasi va ekologiyaga juda yaqin turadi. Bu holda yagona turli miqyosdagi hududiy ekologik-iqtisodiy tizim vujudga keladi. O’z navbatida mazkur tushuncha hududiy “tabiiy-ekologik tizim”ga yaqin turadi. Hududiy ekologik-iqtisodiy tizimda tabiiy sharoit, resurslar, ijtimoiy va ishlab chiqarish tuzilmalari va jarayonlari bir-birlari bilan o’zaro bog’liq. Ishlab chiqarish hududining ekologik imkoniyatlari (mavjud tabiiy resurslar) negizida rivojlanadi, ekologik me’yor asosida ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot amalga oshiriladi.
Hozirgi ekologiyaning bosh vazifasi fan sifatida yagona nazariy negizda uning barcha bo’limlari bo’yicha haqiqiy voqealar haqidagi matyeriallarni to’plash, ularni bir tizimga keltirish va tizimli tahlil qilishdir. Bu sayyoramizning ekologik muammosini o’rganish, yangi ekologik g’oya va uslubiyotni ishlab chiqish, ekologik bilimni to’g’ri tashkil qilish, tabiatdan foydalanishda amaliy faoliyatni xolis amalga oshirish uchun zarur.
Umuman hozirgi zamon ekologiyasining vazifalari ancha murakkab bo’lib, hayotning vujudga kelishi qonuniyatlarini o’rganishda inson ta’sirini e’tiborda tutib o’rganish; biologik resurslardan to’g’ri foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish; insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida tabiatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni bashorat qilish va insonning yashash muhitini saqlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |